Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar:
•
Andragogika fani haqida umumiy tushuncha?
•
Kattalarga ta ’lim berishning o’ziga xos jihatlari?
•
Fanning maqsadi, vazifalarini sanang?
•
Andragogika fanini o ’rganishga qo’yilgan talablar,
muammolaming insonshunoslik tizimida qanday o ’m i bor?
•
Kattalar ta ’limi amaliyotini o’rganuvchi va umumlashtiruvchi fan
sifatida andragogikaning bugungi kundagi o’mini aniqlang?
•
Andragogik faoliyatning nazariy va metodologik asoslari xaqida
nimalarni bilasiz?
•
T a’lim berish tamoyillari, usul xamda vositalari kattalar xayotini
rivojlantiruvchi, ijtimoiylashtiruvchi va moslashtiruvchi ta ’lim bilan boyitadi
deb o’ylaysizmi?
M avzuni o ’rganish bo’yicha foydalanilishi mumkin bo’lgan
adabiyotlar ro’yxati:
1.Zmeev S. I. Andragogika: Stanovlenie i puti razvitiya // Pedagogika. —
1995.-№2.
2.Zmeev SI. Texnologiya obucheniya vzroslx. — М., 2002.
3.Metodik qo’llanma, “ DACUM kasbiy ta’limda”,N.S.Raximov, B.M,
Farshi-Vjalali, Toshkent ,2008
4. O.B.CHikurov —Pskov Metodik qo’llanma. “ M enga kim o ’rgatadi ?”
2-qism. 2004
5. A.X. Abdullaev, N.S.Raximov, M, O, Xadaev Katta yoshdagilarni
o’qitish markaziga: qadam-baqadam T;” CHASHMA” -2013
1.2. ANDROGOGIKANI NAZARIY VA AM ALIY
RIVOJLANISH TARIXI.
•
«Kattalarni o ’qitish» amaliyoti va nazariyasida butun jaxon
tajribalari, uning tarixiy bosqichlari.
•
XIX asrning 30 yillaridan so’ng Evropa va Amerika shaharlarida
kattalar o ’rtasida o ’qishga bo’lgan talablar.
•
«Andragogika» atamasi bo’yicha Germaniya olimlari o’rtasidagi
munozaralar.
•
Rossiya va boshqa chet mamlakatlarida kattalarni o ’qitish uchun
kechki maktablarni tuzilishi.
•
Daniyalik
Nikolay
Gruntvigning
Skandinaviyada
«Xalq
maktablarini» tashkil etishi.
•
«Qayta tayyorlov» kurslarining tashkil etilishi. «Ustoz-shogird»
tizimidagi ishlarning am alga oshirilishi.
10
Tayanch tushunchalar: kechki o’qishlar, yakshanba kunlari o’qish,
halq maktablari, kutubxona, muzeylar, o’quv dasturlari, institutlar, aloxida
kafedralar, malakali mutaxassislar, shart-sharoitlar, «Qayta tayyorlov» kurslari,
konferenstiyalar, o’quv qo’llanmalari.
«Kattalami o’qitish» amaliyoti va nazariyasi butun jaxon tajribalaridan
foydalangan xolda, keng ommaga kirib keldi. Bu tajribalar bir necha
bosqichlarga bo’lib o’rganiladi. Buning birinchi tarixiy bosqichi «Andragogika»
deb nomlanadi. Bu esa kattalami o’qitish amaliyotidagi ilk g ’oya sifatida
o ’rganiladi. Bu g’oya 100 yil davomida uzluksiz o’rganildi. Hususan, XIX
asming 30 yillaridan so’ng ko’plab Evropa va Amerika shaharlarida ishlab
chiqarish ko’p bo’lgani sababli kattalar o’rtasida o’qishga bo’lgan talab
kuchaydi.
«Andragogika» atamasining birinchi marta qo’llanilishi XIX asming 30-
yillarda Germaniya olimlari o’rtasida juda katta munozaralarga sabab bo’ldi.
Bunda aholining ongini rivojlantirishga, ulami bilimli bo’lishlariga katta e’tibor
qaratilgan.
XIX asming ikkinchi yarmida Rossiya va boshka chet mamlakatlarda
kattalami o’qitish uchun kechki o’qishlar, yakshanba kunlari o’qish, halq
maktablari, kutubxona, muzeylar va o ’quv dasturlari tashkil etildi.
XIX asr oxirida «Kattalami o ’qitish»ga bo’lgan e’tiborning ortishi bilan
aholining turli qatlamlarida mustaqil o’qishga bo’lgan harakatlar sezilarli tarzda
kuchaydi va kattalaming ongini o ’stirish maqsadida aholi uchun madaniy-
m a’rifiy ishlar olib borildi.
Ushbu davrdan boshlab bunday o’qish an’anaga aylanib bordi va turli
mamlakatlarda institutlar tashkil etildi. Buning natijasida yorqin shaxslar etishib
chiqdilar. Bunday ishlarni tashkil qilishda juda ko’p insonlar bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etdilar. SHunday o’qitish natijasida Daniyalik Nikolay
Gruntvig Skandinaviyada «Xalk maktablarini» tashkil etgan.
Kattalami o’qitish jarayonida turli xil muammolar yuzaga keldi va
muammolami xal etish uchun «qanday o’qitish kerak?, nima uchun o’qitish
kerak?» degan savollarga echimlar izlanaboshlandi.
XX asr boshlariga kelib «Kattalami o’qitish»dagi muammolar olimlaming
ilmiy ish mavzulariga kirib keldi, ya’ni katta odamlami o’rganish uchun birinchi
navbatda ulaming ichki-ruhiy olamini, katta yoshli shaxs psixologiyasini tadqiq
etish boshlandi.
SHu davr nuktai-nazaridan kelib chiqqan xolda, tadqiqotchilar insonlami
turli yoshda ham o’ziga xos qobiliyatlari bilan o’qiy olishlarini isbotlab bera
olishgan.
Amerikalik olim E.Torndaykning «Kattalami o’qitish psixologiyasi»
nomli kitobining nashrdan chiqishi olimlar, E.Erikson, R.Gould, O.Brim va
boshqalarda kuchli qiziqish uyg’otdi.
Andragogika rivojlangani sari institutlar, aloxida kafedralar, dasturlar,
malakali mutaxassislar tayyorlash uchun shart-sharoitlar, kattalami o ’qitish
11
uchun o’quv qo’llanmalar yaratildi va bir qator kongresslar, konferenstiyalar
tashkil etildi.
Asta-sekinlik bilan andragogikani rivojlantirish orqali mamlakatlar va
olimlaming o’zaro tajribalar almashinuvi yuzaga keldi.
SHunday qilib andragogikaning fan sifatida rivojlanishi uchun ijtimoiy
soxalarda o’qitishning quyidagi vazifalari ishlab chiqildi:
- kattalarni o’qitish amaliyotini kengaytirish hamda murakkab ijtimoiy va
shaxsiy extiyoj bo’lgan o’qitish soxasiga e’tibor qaratish;
- kattalarni o ’qitish uchun, uzluksiz o’qitish mazmunini rivojlantirishga
doir shart-sharoitlarni izlash va yaratish;
- kattalarning turli ijtimoiy vaziyatlarda bilimlarni chuqurroq o’zlashtirish
darajasining psixologik qonuniyatlarini aniqlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |