9-mavzu. Tayyor mahsulotlar va uning sotilishini hisobga olish Reja


 Tayyor mahsulot, tovar (ishlar, hizmat)larini sotilishi hisobi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana07.12.2022
Hajmi0,55 Mb.
#880472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-mavzu Tayyor mahsulot va ularning sotilishini hisobi

5. Tayyor mahsulot, tovar (ishlar, hizmat)larini sotilishi hisobi. 
Ombordan tayyor mahsulot xaridorlarga korxonaning sotish bo‘limi buyrug‘iga 
asosan jo‘natiladi. Mahsulotni sotish xaridor korxonalar bilan tuzilgan shartnoma va 
jo‘natish grafigiga muvofiq amalga oshiriladi. 
Sotish rejasini bajarishda xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot hisobini to‘g‘ri tashkil 
qilish muhim ahamiyatga egadir. Buni mahsulot ortib jo‘natishdan tortib to uning uchun 
xaridorlardan pul kelib tushguncha bo‘lgan tovar mahsulotning harakatini doimiy 
ravishda kuzatib turish kerak. Bunday nazorat har bir dastlabki hujjat bilan jo‘natilgan 
tovar mahsulot bo‘yicha alohida yuritilib, shu mahsulotning qachon va kimga 
jo‘natilganligi, uning yo‘ldagi harakatiga qancha vaqt ketishi kerakligi va haqiqatda 
qancha vaqt ketganligi, qanday xaridorlar mahsulotni qachon qabul qilib olganliklari va 
qachon pulni to‘lash kerakligi, qanday xaridorlar ularga jo‘natilgan mollar uchun pul 
to‘lamagan va nima uchun to‘lanmaganligini, xullas, yo‘ldagi barcha tovar mahsulotning 
taqdiriga doir masalalar haqida xabardor bo‘lib turish imkonini beradi. 
Mahsulotning ombordan ketishini rasmiylashtiruvchi hujjat asosida xaridorlarga 
jo‘natilagan tayyor mahsulotga schyot, to‘lov talabnomasi yoziladi va tovar oluvchi 
korxonaga xizmat qiluvchining bankiga topshiriladi. 
To‘lov-talabnoma. Mol yetkazib beruvchining schyot-fakturaga mos ravishda ortib 
jo‘natilgan mahsulot qiymati uchun xaridorning hisob-kitob schYotidan pulni o‘tkazib 
berish to‘G‘risida bankka bergan buyrug‘idir. Unda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati va 
sotish bahosi, soni, assortimenti qayd qilinadi (bu holatda schyot-faktura, albatta, to‘lov-
talabnomasiga ilova qilinishi lozim). 
Schyot-faktura yoki to‘lov talabnomasining alohida bo‘lmasida tara va qadoqlash 
qiymati hamda xaridor tomondan to‘lanadigan temir yo‘l bo‘yicha tarif summasi 
ko‘rsatiladi. Ba’zida xaridor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan temir yo‘l tarifi bo‘yicha 
summaga umumiy mahsulotning sotish bahosi qo‘shib ko‘rsatilishi mumkin. Qo‘shilgan 
qiymat soliG‘i summasi alohida bo‘lmada ko‘rsatiladi. Mol yetkazib beruvchi bilan 
xaridor o‘rtasida tuzilagan shartnoma vaqtida franko joy to‘G‘risida to‘xtalib o‘tiladiki,
bunda mahsulotni ortib jo‘natish bilan boG‘liq xarajatlarni mol yetkazib beruvchi o‘z 
zimmasiga oladi. Franko joyning quyidagi turlari mavjud: 
Franko-ombor mol yetkazib beruvchi. Bunda mahsulot ortib jo‘natish bilan boG‘liq 
bo‘lgan barcha xarajatlarini mol yetkazib beruvchi korxona to‘lov-talabnomasiga 
qo‘shadi (ombordagi ortib tushirish ishlarining qiymati temiryul tarifi va yetkazib berish 
xarajatlari). 


Franko-stansiya jo‘natish shunday narxki, u mol yetkazib beruvchi to‘lov-
talabnomasining summasi, temir yo‘l tarifi va mahsulotni vagonga ortish xarajatlari 
yig‘indisidan iborat. 
Belgilangan stansiyagacha franko vagon shunday narxki, bunda mol yetkazib 
beruvchi to‘lov talabnomasiga faqat temir yo‘l tarifi summasini qo‘shadi. 
Belgilangan stansiyagacha franko. Bunda jo‘natish bo‘yicha barcha xarajatlar temir 
yo‘l tarifi qo‘shilgan holda mol yetkazib beruvchi tomonidan to‘lanadi. 
Narxning franko ombor xaridor turida mol yetkazib beruvchi ko‘rsatilgan 
xarajatlardan tashqari xaridorning stansiyadagi ortib tushirish ishlari, uning ombordagi va 
omboriga yetkazib berish ishlari bo‘yicha xarajatlarni to‘laydi (qoplaydi). 
Bizning respublikamizda eng keng tarqalgan turi franko stansiya jo‘natish 
hisoblanadi. 
Xo‘jalik shartnomasi - bu korxonalarning xo‘jalik munosabatlari o‘rnatish haqidagi 
o‘zaro kelishuvidir. Shartnoma tomonlar majburiyati va huquqlarini belgilovchi asosiy 
hujjat hisoblanadi. Yuz bergan sharoitni hisobga olib vaqti-vaqti bilan shartnoma shartlari 
ko‘rib chiqilishi va ularga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Agar korxona belgilangan 
nomenklaturadagi mahsulotni jo‘natish yuzasidan shartnoma shartlarini buzsa, u holda 
ushbu korxonaga nisbatan jazo choralari qo‘llanadi. Demak, shartnoma bilan 
rasmiylashtirilgan har bir rejali buyurtma korxona xodimlari bajarishi shart bo‘lgan 
qonundir. Bunday tartib ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yuqori ish 
unumdorligiga erishishni ta’minlaydi. Belgilangan muddatda mahsulot sotish rejasining 
bajarilmaganligi uchun jarima to‘lash chorasi qo‘llaniladi. Jarima miqdori mahsulot 
sotish shartlariga qarab aniqlanadi. 
Tayyor mahsulotlarni xaridorlarga jo‘natish xaridor bilan tuzilgan shartnomalar 
asosida amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo‘natiladigan mahsulot muddati, miqdori, 
qiymati va hisob-kitob shartlari keltiriladi. Jo‘natilgan mahsulot schYot-faktura, chiqim 
hujjati, to‘lov talabnomasi va boshqa hujjatlarda rasmiylashtiriladi. 
Mahsulotlar xaridorlarga jo‘natilganida jo‘natilgan tovar qiymatiga quyidagicha 
provodka beriladi: 
D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi» 
K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot». 
Jo‘natilgan tovarlarning analitik hisobi o‘z vaqtida bank inkassasiga berilgan hisob-
kitob hujjatlari bo‘yicha, to‘lash muddati yetgan va to‘lash muddati yetmagan hisob-kitob 
hujjatlari bo‘yicha alohida hamda to‘lashga qabul qilinmagan, ma’sul shaxsda bo‘lgan 
jo‘natilgan tovarlar alohida hisobga olinadi.
Mahsulotni realizatsiya qilish bir qancha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bunday 
turdagi xarajatlar sotish xarajatlari deb yuritiladi. Ushbu turdagi xarajatlarni to‘g‘ri, aniq 
va o‘z vaqtida aks ettirish har bir korxonaning moliyaviy natijalarini aniqlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Sotish xarajatlarini hisobga olish «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan 
amalga oshiriladi. Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
- temir yo‘l, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari 
bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar; 
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining ish xarajatlari; 
- mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash 
xarajatlari, ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari; 
- ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari; 


- savdo ehtig‘jlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga 
olish, saqlash va tuzatish xarajatlari; 
- asosiy vositalar amortizatsiyasi va boshqalar. 
Yuqorida biz keltirgan xarajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvarag‘ida 
hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisobvaraq bo‘lib, qaysi davr bo‘lmasin, uning 
oy 
boshida 
qoldiq 
summasi 
bo‘lmaydi. 
9410-«Sotish 
bo‘yicha 
xarajatlar» 
hisobvarag‘ining analitik hisobi 15-sonli qaydnomada xarajatlarning debet va kredit 
oboroti bo‘yicha ko‘rsatiladi. Debet oborotining jami summasi №1, 2, 7, 10/1-jurnal-
orderlarida aks ettirilsa, kredit bo‘yicha oborot summalari esa №11-jurnal-orderda aks 
ettiriladi.
Sotish xarajatlari har oyda to‘liq summada quyidagi yozuv bilan moliyaviy 
natijalarga o‘tkaziladi: 
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» 
K-t 9410-«Sotish xarajatlari». 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish