9-mavzu. Tayyor mahsulotlar va uning sotilishini hisobga olish Reja


 Tayyor mahsulot (ish, hizmat)larni turkumlarga ajratish, baholash



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana07.12.2022
Hajmi0,55 Mb.
#880472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-mavzu Tayyor mahsulot va ularning sotilishini hisobi

 
2. Tayyor mahsulot (ish, hizmat)larni turkumlarga ajratish, baholash. 
Tayyor mahsulotlarning quyidagi turlari mavjud: 
"Ombordagi tayyor mahsulotlar"; 
"Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotlar"; 
"Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar". 
Mahsulot (ish, xizmat) odatda ma’lum bir qiymatda baholanadi va sotiladi. 
Baho – qiymatning puldagi ifodasidir. Uning asosini u yoki bu mahsulotni 
tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi.
Tayyor mahsulot (ish, xizmat) ning sotish qiymatini belgilashda «Tovar-moddiy 
zahiralar» nomli 4-son BHMSdan foydalaniladi. 4-sonli BHMSning 7-bandiga binoan 
tayyor mahsulotlar eng kam bahoda baholanishi kerak: tannarxda yoki sof sotilish 
qiymatida. 
Hisobot davri oxirida mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxini aniqlash 
mumkin. Lekin mahsulotlarning ishlab chiqarilishi har kuni sodir bo‘ladi, shu sababdan 
joriy hisobda mahsulotni shartli bahoda baholash kerak. Tayyor mahsulotlarning operativ 
hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida yoki shartnoma bahosida yoxud chakana bahoda 
yuritiladi. 
Ushbu standartda mahsulot (ish, xizmatlar)ning sotilishi (21-22 bandlar) tartibi 
quyidagicha bayon qilingan: 
Materiallar va mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishda foydalanadigan boshqa 
xom-ashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot bozor (kundalik) narxida sotilsa, 
qiymatidan past narxda arzonlashtirilmaydi. Biroq agar omborda mavjud bo‘lgan 
narxdagi materialdan tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotish sof qiymatidan 
oshib ketsa, materiallar sotish sof qiymatigacha arzonlashtiriladi. Bunday vaziyatlarda 
materiallar qiymatini o‘lchashning mavjud shakllaridagi eng yaxshisi bo‘lishi mumkin. 
Sotishning sof qiymati - ishlab chiqarishni tugallash va mahsulotni sotish bilan 
bog‘liq bo‘lgan butlash xarajatlarini chiqarib tashlagan holda TMZni sotishning hisob-
kitob narxidir. 
Demak, mazkur BHMSdagi baholashga muvofiq, agar korxona ishlab chiqargan 
mahsulotining tannarxi mahsulotni sotish rejasidan yoki bozordagi joriy narxlaridan 
oshib ketsa, korxona o‘zining mahsulotini sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi 
mumkin. Lekin quyidagi hollarda tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon 
baholanishi mumkin: 
1.
Zahiralarni sotish narxi arzonlashganda; 
2.
Zahiralarga zarar yetganda; 
3.
Zahiralar to‘la va qisman eskirganda. 
Korxonalarda mahsulotning reja va haqiqiy tannarxini hisobot davri yakunida 
tartibga solish kerak. Haqiqiy tannarx hisobot davri oxirida aniqlanadi. Reja tannarx esa 
oldindan belgilanadi. Hisobot davri oxirida haqiqiy tannarx reja tannarxdan kam yoki 
ko‘p bo‘lishi mumkin. 


Tayyor mahsulotlar qaysi hisobvaraqlarda hisobga olingan bo‘lsa, og‘ishishlar ham 
shu hisobvaraqlarda tejalgan bo‘lsa - qizil storno usulida, ortiqcha xarajat bo‘lsa - oddiy 
siyohda aks ettiriladi. 
Tayyor mahsulot harakati hisobini to‘g‘ri tashkil qilish korxona tomonidan ishlab 
chiqiladigan buyum turlari nomining ro‘yxati - nomenklaturasidan foydalanish katta 
ahamiyatga ega. Uni tuzish asosida tayyor mahsulotni turkumlash, ya’ni ushbu 
korxonada ishlab chiqariladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib turuvchi 
ma’lum belgilari g‘tadi. Nomenklatura ro‘yxatini tuzishda asos qilib quyidagi belgilar 
olinadi: model, fason, artikul, marka va hokazo. Har bir mahsulot turiga nomenklatura 
raqami biriktiriladi va u har xil sonlardan iborat bo‘ladi. Mahsulot nomenklaturasidan 
(ro‘yxatdan) korxonaning quyidagi xizmatlarida foydalaniladi: 

dispetcherlik xizmat turi mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini 
nazorat qiladi; 

sexlar ishlab chiqarilgan mahsulot assortimentini qilishda, omborga tayyor 
mahsulotni topshirishda yuk xati yozish uchun foydalanadi; 

marketing bo‘limi - jo‘natish bo‘limi shartnomalarini bajarish imkoniyatlarini 
nazorat qilish uchun; 

buxgalteriya - tayyor mahsulotning analitik hisobini yuritishda umumiy 
ma’lumotlar va hisobotlar tuzish uchun foydalaniladi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish