9-mavzu. Tayyor mahsulotlar va uning sotilishini hisobga olish Reja



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana07.12.2022
Hajmi0,55 Mb.
#880472
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-mavzu Tayyor mahsulot va ularning sotilishini hisobi



9-MAVZU. TAYYoR MAHSULOTLAR VA UNING SOTILIShINI 
HISOBGA OLISh 
Reja: 
1. Tayyor mahsulot, tovar (ish, hizmat) to‘g‘risida tushuncha. 
2. Tayyor mahsulot (ish, hizmat)larni turkumlarga ajratish, baholash. 
3. Tayyor mahsulot, tovar (ish, hizmat)lar hisobning vazifalari. 
4. Tayyor mahsulot, tovar (ish, hizmat)lar xarakatini hujjatlashtirish. 
5. Tayyor mahsulot, tovar (ish, hizmat)larini sotilishi hisobi. 
6. Ombordagi tayyor mahsulot, tovar (ishlar, hizmat)larini inventarizatsiya qilish va 
natijalarini buxgalteriya hisobi yozuvlarida aks ettirish. 
7. Tovarlar va savdo ustamalarni hisobga olish. 
8. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar sotilishi bo‘yicha moliyaviy natijalarni hisobda 
aks ettirish. 
 
Tayanch iboralar: tayyor mahsulot, tovar, ish va xizmatlar, sotish hisobi, sotishdan 
olingan daromad, tannarxni hisobdan chiqarish, sotish bo‘yicha moliyaviy natija.
 
1. Tayyor mahsulot, tovar (ish, hizmat) to‘g‘risida tushuncha. 
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xalq xo‘jaligi va aholining 
ehtig‘jlarini ta’minlashga qaratilgan har bir korxona ishlab chiqarish faoliyatining 
yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. 
Tayyor mahsulot deb - korxonadagi barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib bo‘lgan, 
tayyor holga keltirilgan belgilangan davlat standarti va texnikaviy shartlarning barcha 
talablariga javob beradigan hamda texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilingan 
yoki buyurtmachilarga topshirilgan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi 
korxonalar uchun bajarilgan ish, xizmatlar hamda ushbu korxonaga qarashli ishlab 
chiqarishdan tashqari xo‘jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar ham kiradi. 
Korxona mahsulotni iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomalar reja topshiriqlari 
asosida bozor talablarini o‘rganish kabi masalalarga katta e’tibor bergan holda ishlab 
chiqaradi.
Sanoat mahsuloti natura va qiymat ko‘rsatkichida hisobga olinadi. Natura 
ko‘rsatkichlari mahsulotni ularning tabiiy xususiyatlariga qarab, miqdori, soni va 
og‘irligini tavsiflab beradi, bu ko‘rsatkichlardan tayyor mahsulotni miqdoriy jihatdan 
hisobga olish uchun foydalaniladi. Tayyor mahsulot (ish, xizmat) ni natura 
ko‘rsatkichlarining puldagi ifodasi uning qiymat ko‘rsatkichini ifodalaydi. 
«Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMCga muvofiq (5.3-band) tayyor 
mahsulot xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda bo‘lgan aktivlar hisoblanadi va ular xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektning kundalik faoliyatida sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulot, 
tovarlar sifatida korxonaning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga kiradi. 
Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi, 
uning harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni aks ettiradi.
Ombordagi mahsulot deganda, ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan 
o‘tib, texnika nazorati bo‘limi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va 
asosan sotishga mo‘ljallangan tovar mahsuloti tushuniladi. 
Jo‘natilgan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga yoki iste’molchilarga jo‘natilgan, lekin 
uning uchun xaridorlar tomonidan hali puli to‘lanmagan yo‘ldagi mahsulotga aytiladi. 
Ma’sul saqlashga qabul qilingan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga jo‘natilgan tovar 
mahsulot har xil sabablarga ko‘ra (sifatiga ko‘ra xaridorning talabini qondirmaydigan,
xaridorlarga adashib borib qolgan, ya’ni bir korxonaning o‘rniga ikkinchi korxonaga 


shartnomadan tashqari borib qolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul 
qilinmay qolgan bo‘lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o‘z 
javobgarligiga qabul qilib olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar. 
Shuning uchun bunday mollar mas’ul saqlashga qabul qilingan mollar deb yuritiladi. 
Bunga qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmada qo‘yilgan tayyor mahsulotni ham kiritish 
mumkin. Chunki ko‘rgazmada qo‘yilgan tayyor mahsulot ham korxonada ishlab 
chiqarilgan va sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotlardir. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish