Gidrotexnika inshootlari asosiy texnik holatini natura kuzatish



Download 57,46 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi57,46 Kb.
#832958
Bog'liq
2-Amaliy


Gidrotexnika inshootlari asosiy texnik holatini natura kuzatish
Reja
1. Gidrotexnika inshootlaridan ekspluatatsiya davrida natura kuzatish
2. Gidrotexnika inshootlarini texnik holatini baholash ishlari
3. Gidrotexnika inshotining ishonchliliga ta’sir etuvchi turli nosozliklar
Gidrotexnika inshootlaridan ekspluatatsiya davrida natura kuzatish va texnik holatni baholash ishlarini amalga oshirish.
Gidrotexnika inshootlarini texnik holatini baholash ishlari, ularni loyihalash, qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatish davrilarida amalga oshirilishi mumkin.
Suv xo‘jaligi bo‘yicha respublikamiz mutaxassislarining tahlillariga asosan, gidrotexnika loyihalari bo‘yicha boshidan qo‘yilgan iqtisodiy va texnikaviy birlamchi talablar asosan amalga oshirilgan va erishilgan ijobiy natijalar salmoqlidir.
SHu bilan birga, gidrotexnika inshootlaridan uzoq muddatlardan 35-45 va undan ortiq yillar davomida foydalanib kelinishi natijasida, ularda joylashgan qurilmalarni, uskunalarni, jihozlarni eskirishiga, inshootlarning loyihalari bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiga va natajada ishonchlik foydalanishga sa’lbiy ta’sir etishiga sabab bo‘lmoqda.
Barcha foydalanilayotgan gidrotexnika inshootlarida, ularning ko‘rsatkichlaridan va funksional maqsadlaridan qat’iy nazar muntazam ravishda ham xavfsizlik nuqtai nazarida, ham funksional vazifalarni bajarilishi nuqtai nazarida naturada kuzatish va texnik holatini baholash ishlari olib borilishi shart.
Gidrotexnika inshotining ishonchliliga ta’sir etuvchi turli nosozliklarni, holatlar va hodisalarni belgilab borish maqsadida, gidrotexnika inshootlarini nazorat natura kuzatish ishlari takibida muntazam ko‘z bilan kuzatish ishlari olib borilishi lozim.
Natura kuzatish ishlarini va izlanishlarni tashkil etish.
Inshootlarda natura kuzatish ishlari foydalanish va xavfsizlik qoidalariga hamda boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan tashkillashtiriladi.
Inshootlarda natura kuzatish ishlarini va izlanishlarni tashkil etish va nazorat qilish ishlari vakolatlariga ko‘ra nazorat organlari, bosh loyiha, bosh pudratchi, iqtisoslashgan ilmiy-tadqiqot va foydalanish tashkilotlari tomonidan olib boriladi.
Bosh loyihachi tashkilot o‘z vakolatlari doirasida quydagilami amalga oshiradi:
a) inshootlarda natura kuzatish va NO‘A joylashtirish loyihasini ishlab chiqishni;
b) inshootlarda loyihani to‘liq va sifatli bajarilishini, NO‘A montaj qilish va saqlash ustidan mualliflik nazorati ishlarini amalga oshirishni;
v) qurilayotgan va foydalanilayotgan gidrotexnika inshootlarini ishlash va holat bo‘yicha ko‘rsatkichlarini nazoratini amalaga oshirish maqsadida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda avariyasi yo‘l qo‘yiladigan darajasiga muvofiq miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining cheklangan qiymatlarini (xavfsizlik mezonalari) belgilashni;
g) inshootlarni kuzatish natijalarini tahlilida, holatlarini baholashda va ularni loyiha va mezonlar ko‘rsatkichlari nazorat ko‘rsatkichlariga mosligini (ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda) tekshirishda ishtirok etishni;
d) inshootlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini va (yoki) xavfli shikastlanishlarini bartaraf etish bo‘yicha muhandislik talablarni tezkor ishlab chiqishni;
e) inshootlarda o‘rnatilgan NO‘A va ular bo‘yicha mutasaddi ijrochi hujjatlarni foydalanishga qabul qilishda ishtirok etishni.
Natura kuzatish va izlanishlarga jalb qilinadigan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, o‘z vakolatlariga ko‘ra quydagilarni amalga oshiradi:
a) inshootlarni natura kuzatish va izlanishlar dasturini va loyihasini ishlab chiqishda va kelishishda ishtirok etishni (yoki ularning ekspertizasi);
b) muayan qurilayotgan va foydalanilayotgan inshootlarda natura kuzatish va maxsus izlanishlarni olib borish, inshootlarni xavfsizligini va ishonchliligini kuzatish natijalari va baholash tartiblarini ishlab chiqishni;
v) inshootlarni natura kuzatish va izlanishlar ilmiy-uslubiy boshqarish, ularning natijalarini qayta ishlash va operativ baholash ishlarini amalga oshirishni;
g) inshootlarda, ularni qurilish, foydalanish va konservatsiyalash davrilarida natura kuzatish ishlari bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni (yo‘riqnomlarni) ishlab chiqishni;
d) foydalnish xodimlarini natura kuzatish ishlari va texnik hujjatlarni olib borish uslubi va texnik jixatlari bo‘yicha malakalarni oshirishni.
Bosh pudratchi qurish tashkiloti o‘z vazifalariga va vakolatlariga ko‘ra quydagilarni amalga oshiradi:
a) loyiha asosida inshootga NO‘A montajini sifatli bajarishni ta’minlashni;
b) NO‘A montaj davrida to‘liq, foydalanish tashkilotiga topshishga qadar, uskunalami, kabel liniyalarini, o‘lchash pultlarini soqlanishini hamda texnik xizmatini va remontini ta’minlab borishni.
Foydalanish tashkiloti o‘z vazifalari va vakolatlariga ko‘ra:
-natura kuzatish va izlanishlar uchun o‘z vaqtida NO‘A xarid qilishni va ishab chiqarishni, ularni qabul-nazoratini va montajga topshirish ishlarini ta’minlaydi;
-natura kuzatish va izlanishlar loyihalarini ekspertizasini amalga oshirib
boradi;
-tizimli asosida gidrotexnika inshootlarida natura kuzatishni (monitoring) olib borish bo‘yicha o‘z vaqtida maxsus tarkibiy tuzilmani tashkillashtiradi va tayyorlaydi;
-NO‘A sifatli montaj ishlarini texnik nazoratini, foydalanishga qabul qilishni, ishchi holatda saqlashni amalga oshirib boradi;
-gidrotexnika inshootlarini qurilish va foydalanish davirlarida, foydalanishdan chiqarilgunga qadar natura kuzatish (monitoring), ishlashlarini va holatlarini baholash ishlarini amalga oshirib boradi.
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organning vakolatlariga ko‘ra:
-gidrotexnika inshootlarini natura kuzatish loyihalariga vazifalarni va loyihalarni ko‘rib chiqib kelishishni amalga oshiradi;
-inshootni qurilishi va ularni holati ustidan texnik nazorat uskunalarnini montaji ishlarini sifatli bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
-inshootlarni nazorat kuzatish uchun NO‘A foydalanishga qabul qilishda ishtirok etadi;
-gidrotexnika inshootlarini foydalanish qoidalarini kelishishni, inshootlarni va materiallarni xavfsizligini baholaovchi texnik nazorat sifatini tekshirishni amalga oshiradi;
-gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan nazorat ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni beradi va nazoratini amalga oshirib boradi;
-gidrotexnika inshootlarini xavfsizligi deklaratsiyalarini va mezonalarini ekspertizasini va tasdiqlashni amalga oshiradi.
naturada kuzatish va izlanishlarni loyihalashning
asosiy qoidalari Natura kuzatish va izlanishlarni loyihalash inshootni va uni barpo etish texnologisini loyihasini ishlab chiqish bosqichida amalga oshiriladi.
Natura kuzatish va izlanishlarni loyihalashni birinchi bosqichlarida to‘g‘onning o‘ziga xos konstruktivligi, muhandis-geologik va fizika-mexanik xarakteristikalari tahlili amalga oshiriladi.
Inshootni konstruksiyasi, texnologik o‘ziga xos jixatlari va sinfi, muhandis- geologik, gidrologik va tabiiy-iqlimidan kelib chiqgan holda asosiy vazifalar va natura kuzatish va izlanish tarkibi ishlanib chiqiladi, inshootlarni konstruktiv elementlari va asalarni ishini va holatlarini xarakterlovchi nazorat (diagnostika) ko‘rsatkichlari tallanadi.
Tuproqli to‘g‘onlarni natura kuzatish yo‘llari bilan diagnostika ko‘rsatkichlarini nazorat qilish ishlari, to‘g‘onning ishlashi va uning elementlarining holatlarini izohlovchi o‘ta muhim bo‘lgan miqdor va sifat xarakteristikalari keltirilishi kerak. Bularning barchasi, birgalikda foydalanishni ishonchliligini va xavfsizligini belgilashi lozim. Bularning qatoriga ushbu inshootga va uning aloxida elementlariga barcha asosiy kuchlar va ta’sirlar ham kiritilishi lozim.
Ma’suliyatlariga ko‘ra yuqori bo‘lgan I - III sinf tuproqli to‘g‘onlariga quyidagilar kirishi lozim:
-to‘g‘onning turli elementlaridagi, asoslaridagi va tutash xududlaridagi kuchlanish va deformatsiyalar;
-inshootni va asoslarni cho‘kishi va gorizontal siljishi;
-to‘g‘on tansida, asoslarida va qirg‘oqlarda depressiya yuqoriligi, pezometrik bosimlari holati;
-filtirlanish sariflari;
-filtirlangan suvni xiraligi, xarorati (bir qator holarda esa - kimiyaviy tarkibi); -to‘g‘on tanasida va asosida gradientlar bosimi;
-filtirlanishga qarshi elementlarda bosimni yo‘qolishi;
-tuproqli filtirlanishga qarshi elementlarda va asosda bug‘ bosimi;
-to‘g‘on tansidagi tuproqda, asosda, suv omborda va drenaj qurilmalarida xaroratlar;
-yuqori va pastgi beflarning satxi va tezligi, ularni ishlanish tezligi va boshqalar.
O‘rnatilishi kerak bo‘lgan o‘lchash uskunalarining soni kuzatish takibiga, nazorat ko‘rsatgichlarning soniga, to‘g‘onning sinfi va hajmiga, uning konstruktivligini o‘ziga xosligiga va foydalanish shartlariga bog‘liq.
To‘g‘on tanasiga va asosiga o‘rnatiladigan uskuna va qurilmalarni inshootning ko‘ndalang yoki bo‘ylama kesimlari bo‘yicha, uning konstruktiv shakillanishini va geologik xususiyatlarini hisobga olgan holda joylashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
NO‘A eng ta’sirchan va kuchlanadigan nuqtalarda shunday joylashtiriladiki, unda inshootning xar-bir xavfsizlik mezoni holatiga hisoblar nazorat diagnostika ko‘rsatkichlarini o‘lchash yo‘llari bilana mutanosib bo‘lgan son hajmlarini aniqlash bilan belgilanadi.
Loyhalash bosqichida natura kuzatishni ishlab chiqarishni ko‘ndalang kesimlari nazorati qoidalarga ko‘ra quydagicha joylashtirish ko‘zda tutiladi:
-inshootning maksimal baland va shunga ko‘ra maksimal bosim ta’sirida bo‘lgan o‘zan xududida;

2.1 - rasm. Gruntli to‘g‘onlarda pezometrlarni joylashtirishning shartli sxemalari: a-
toshto‘kma to‘g‘on yadrosi bilan; b-bir jinsli to‘g‘on diafragma va drenaj bilan; v-toshto‘kma to‘g‘on ekrani bilan; g-bir jinsli to‘g‘on drenaj bilan; 1-pezometr; 2-suv bosimini ko‘rsatuvchi datchik.
XULOSA
Demak, barcha foydalanilayotgan gidrotexnika inshootlarida, ularning ko‘rsatkichlaridan va funksional maqsadlaridan qat’iy nazar muntazam ravishda ham xavfsizlik nuqtai nazarida, ham funksional vazifalarni bajarilishi nuqtai nazarida naturada kuzatish va texnik holatini baholash ishlari olib borilishi shart.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Ekspluatatsiya davri deganda nimani tushunasiz?
2.Gidrotexnika inshootlari texnik holatini baholash qanday amalga oshiriladi?
3.Natura kuzatish ishlarini amalga oshirishda qanday ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratiladi?
Download 57,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish