Jamoadagi o`zgarishlarning ikki asosiy turi ajratiladi: tsiklik va asta-sekin boradigan
o`zgarishlar. Tsiklik o`zgarishlar
tashqi muhitning sutkalik, mavsumiy va ko`p yillik davriy
o`zgarishlarida hamda organizmlardagi endogen maromlarida namoyon bo`ladi. Jamoaning
sutkalik o`zgarishi o`simliklar va ayniqsa hayvonlar uchun taalluqlidir. Nafas olish, fotosintez,
modda almashinishining o`zgarishi, gullarning ochilishi va yumilishi kabilar, hayvonlarda esa
turli sistematik guruhdagi vakillarning sutkalik faollikning almashinib turishi, gulli
o`simliklarning changlatuvchi hasharotlarda qo`nish intensivligi, yirtqich hayvonlarning
sutkaning har xil vaqtlarida ovga chiqishi va! hokazolar buiga misol bo`ladi. Jamoa uchun
mavsumiy o`zgarish ham xarakterli bo`lib, u jamoaning tashqi qiyofasi yoki ba`zi jih.atlarining
almashinishi bilan ifodalanadi. Tashqi qiyofaning o`zgarishi jamoadagi hayvonlar tarkibining
yoki o`simliklar mavsumiy holatlarining o`zgarishi bilan bog’liqdir. Ko`p yillik o`zgarishlar ob-
havoning bir necha yillar davomida o`zgarishi - fluktatsiya bilan bog’langan bo`lib, bunga
misol
qilib keng bargli o`rmonlarda turli yillardagi mevalarning hosilini olish mumkin. Odatda, yaxshi
hosil 2 - 4 yilda bir marta olinadi. Mevalar hosili kam bo`lgan yillari sichqonsimon
kemiruvchilarning soni ham kamayib ketadi. Qushlardaa soyka uchun hakalak (emanning
mevasi) va boshqa daraxtlarning mevasi sevimli ozuqa hisoblanadi.
Iste`molchilarning soni kamaygan yili odatda yuqori hosil olinadi. Natijada urug’lar
yalpisiga unib chiqadi, o`rtacha yoshdagi daraxtlar ham yaxshi rivojlanadi,. chunki urug’lar bilan
oziqlanuvchi hayvonlar soni kamayib ketadi. Mo`l hosil o`z navbatida hayvonlar va
qushlarning
jadal ko`payishiga sabab bo`ladi. Shunday qilib, yuqori hosildan bir yil keyin kemiruvchilar va
qushlar soni ortib ketadi. Ikkinchi yili esa kemiruvchilar qonini so`ruvchi kanalarning soni
ortadi. Hayvonlar soni ko`paygan yili yoki kelgusi yili hosildorlik tushib ketadi.
SHuning uchun
hayvonlarning son jihatdan o`sishi to`xtaydi. Shu davrda daraxtlar mo`l hosil beradi, bu o`z
navbatida hayvonlar sonining ortishiga olib keladi.
Jamoaning asta-sekin o`zgarishlari natijasida bir jamoa ikkinchisi bilan almashinadi.
Bunday o`zgarishlarnint sababi jamoaga uzoq vaqt davomida tashqaridan ma`lum bir
yo`nalishdagi omilning ta`siri natijasidir. Biotsenozlardagi bunday almashinish ekzogenetik
almashinish deb ataladi. Agarda jamoaning tuzilishi eoddalashib, turlar tarkibi kamayib,
hosildorlik ham pasayib ketsa, degression almashinish kelib chiqadi.
endogenetik almashinishlar
jamoaning ichidagi o`zgarishlar natijasida paydo bo`ladi. Agarda jamoa hayot yo`q joyda
rivojlana boshlasa, birlamchi suktsessiya deb ataladi. Bir jamoaning ikkinchisi bilan almashinishi
esa ikkilamchi suktsessiya hisoblanib, bu yashash sharoitining keskin o`zgarishi
yoki jamoa
tarkibida sezilarli o`zgarishlar sodir bo`lishi natijasida kelib chiqadi. Jamoaning hayot yo`q
joyda, ya`ni qurib qolgan jo`l va dengizlar, qumli yotqiziqlar, yalang’och qoyalar, tosh shag’alli
joylarda rivojlanishi uch bosqichda boradi. Hayot bo`lmagan joylarga tirik organizmlarning kelib
qolishi tasodifiy yoki substratning xususiyatlari bilan bog’liq bo`ladi. Tasodifiy kelib qolgan
ma`lum o`simlik urug’larining
ushbu maydonda unib, rivojlanishi qandaydir hayvon turlarining
ham kelishiga olib keladi. Bu erga kelib qolgan organizmlarning hammasi ham yashab
ketavermaydi. Dastlabki organizmlar o`simliklar hisoblanib, konsumentlar o`simliklarsiz yashay
olmaydi. Jamoaning rivojlanishidagi bu bosqich dastlabki bostsich deyiladi. Bu bosqich turlar
tarkibining turg’un emasligi, ayrim o`simliklarning tarqoq holda o`sishi
hamda bir-birlariga etarli
ta`sir ko`rsata olmasligi bilan tavsiflanadi. Ammo tashqi muhit bilan bo`lgan aloqa va unga ta`sir
etish kabilar ma`lum darajada amalga oshadi. Dastlabki bosqichdagi jamoaning o`zgarishi
o`simliklarning vegetativ yoki urug’ yordamida ko`payishi, yangilanishi bilan boshlanadi. Ana
shu vaqtda hayvonlar ham ko`paya boshlaydi.
YOSH
individlar egallagan maydon kengayadi,
o`simliklar qoplamida ma`lum turlardan iborat hududlar hosil bo`ladi. Jamoaning tarkibini shu
davrda ham barqaror deb bo`lmaydi. Yangi turlarning kelib qo`shilishi davom etadi. Jamoaning
tuzilmasi ancha sodda, ammo jamoada turlar o`rtasidagi raqobat ma`lum darajada rol’ o`ynaydi.
Jamoaning ushbu bosqichi guruhlanish deb ataladi. Nihoyat organizmlarning birgalikda hayot
kechirishi ekologik differentsiatsiyaning shakllanishiga olib keladi. Yorug’sevar o`simliklar ta-
gida soyasevar o`simliklar o`sa boshlaydi, har xil tartibdagi konsumentlar kelishi natijasida
ancha murakkab ozuqa zanjirlari va konsortsiyalar vujudga keladi, turlar tarkibi barqarorlashadi.
O`simlik va hayvonlarning jamoada bunday rivojlanish bosqichi shakllangan jamoa deb ataladi.
Keyinchalik jamoaning rivojlanishi yanada ham tashqi muhit bilan bog’laigan munosabatlar
uyg’unligi bilan davom etadi. Jamoaning tashqi muhit bilan uyg’unligi chet
el adabiyotlarida
klimaks deb ataladi.
Ikkilamchi suktsessiyalar jamoaning asta-sekin tashqi muhitga ta`sir etib uni o`zgartirishi
yoki to`g’ridan-to`g’ri tashqi taassurotlar natijasida kelib chiqishi mumkin. Tashqi taassurotlar
natijasida almashinish o`z-o`zidan yoky to`satdan bo`lishi mumkin. U iqlim, tuproq, tirik
organizmlar va yong’in hamda inson ta`siri kabilar bilan bog’lanishi mumkin. Asta-sekin
o`zgaruvchi ikkilamchi suktsessiyalarga misol qilib suv havzasining o`t bosishi, dasht
jamoasining o`rmon bilan almashinishi kabilarni ko`rsatish mumkin. Jamoaning to`satdan
almashinishi har xil xarakterdagi halokatli ta`sirlar natijasida sodir bo`ladi. Bular suv bosish,
surilish, yong’in, erni haydab yuborish, o`rmonlarni kesish va hokazolardir. To`satdan
jamoaning almashinishi turlarning halok bo`lishi va uning keyinchalik asta-sekin tiklanishida
kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: