moddalar sarf bo`ladi. Shuning uchun vaqt va maydon birligiga to`g’ri keluvchi
biomassa bir oz
kam bo`ladi. ekosistemada to`plangan barcha mahsulot (nafas olishga sarf bo`lgandan tashqari)
jamoaning haqiqiy birlamchi mahsuldorligini tashkil etadi Haqiqiy birlamchi mahsuldorlikni
hosil qiluvchi organik moddalar geterotrof organizmlar uchun o`zlashtirilishi mumkin. Biomassa
deyilganda jamoadagi barcha tirik organizmlar umumiy og’nrlirinnng yig’indisi tushuniladi.
Konsumentlar ham haqiqiy birlamchi mahsulot hisobiga organik modda to`playdi. Ular hosil
qilgan mahsuldorlik ikkilamchi hisoblanadi. Hisoblashlarning ko`rsatishicha, 1 ga o`rmon
jamoasi yiliga o`rtacha Quyosh nurining 2,1-10
9
kJ energiyasini o`zlashtiradi. Agarda
shu erdagi
o`simliklar yoqib yuborilsa atigi 1D-10
6
kJ yoki to`plangan energiyaning 0,5% ni tashkil etadi.
Demak, produtsentlar tomonidan to`planadigan birlamchi mahsuldorlik juda kam ekan.
Ikkilamchi esa bundan ham kam miqdorda bo`ladi. Ozuqa zanjirining bir bo`g’inidan
ikkinchisiga o`tishi vaqtida 80—99% energiya sarf bo`ladi. 1 m
2
maydondagi o`simliklar bir
sutkada hosil qilgan moddalar ekvivalenti taxminan 84 kJ ni tashkil etsa,
birlamchi konsumentlar
hosil qilgani 8,4 kJ, ikkilamchi konsumentlarniki 0, 8 kJ dan oshmaydi. 1 kg mol go`shti hosil
bo`lishi uchun 90 kg ko`k o`t massasi zarur bo`ladi.
Emanzor (dubzor) o`rmonlarda yillik to`plangan organik moddalarda 9 milliard kkal
potentsial energiya yig’iladi. To`plangan organik moddalarning deyarlk yarmi o`simliklarning
nafas olishi uchun ketadi. O`simliklarning er ustki qismlaridagi organik modda yiliga gektariga
5-6 t (quruq vaznda), er ostki qismlarida esa 3-4 t ko`payadi, jami to`plangan
yillik birlamchi
biomassa 10 tonnani tashkil etadi. Bu massaning 4 tonnasi barglar, gul, meva va shunga
o`xshashlarga to`g’ri keladi. O`rmonda o`simliklarni iste`mol qiladigan hayvon turlari ularga
ozuqa bo`ladigan o`simlik turlariga niobatan ancha ko`p bo`ladi, hayvonlarning biomassasining
yig’indisi nihoyatda kam. Masalan, tuyoqlilar (bug’u, kiyik, yovvoyi cho`chqa) biomassasi
gektariga 2 kg, kemiruvchilar va sutemizuvchilar hamda mayda hayvonlarniki 5 kg, qushlar
biomassasi esa 1-3 kg.
Yuqorida energiyaning avtotrof organizmlar organik moddalari kimyoviy bog’larida
to`planishi, keyinchalik geterotrof organizmlarga em bo`lishi, hayvon tomonidan o`zlashtirilgan
energiyaning ko`p qismi uning hayot faoliyati uchun sarflanishi, ozuqadagi energiyaning faqat 5-
20%igina hayvonning o`sishi uchun sarflanishi to`g’risida fikr yuritildi. O`txo`r hayvonning
yirtqich tomonidan iste`mol qilinishida ozuqadagi energiyaning yana kattaroq bir qismi
yo`qoladi. Foydali energiyaning shunday ko`p sarf bo`ltani uchun
ham ozuqa zanjirlari uzun
bo`lmaydi.
Ozuqa zanjirlarining keyingi halqalarida massa tobora kamayib boradi. Masalan, 1 t
o`simlikdan o`rta hisobda 10 kg o`txo`r hayvon gavdasi massasi hosil bo`lishi mu.mkin. Ozuqa
zanjirining asosi hisoblangan o`simlik massasi o`txo`r hayvonlarning umumiy massasidan
hamisha bir necha barobar ko`p bo`ladi. SHunday qilib, tabiatda ekologik piramida hosil bo`ladi.
Dastlab ekologik piramida Ch. Elton tomonidan tuzilib, u sonlar piramidasi deb atalgan.
Piramidalar har bir ozuqa zanjiridagi biomassa va uning ekvivalenti
hisoblangan energiya
nisbatlarini yaxshi ifodalaydi va amaliy maqsadlarda undan foydalaniladi. Quruqlikdagi
ekosistemalarda biomaosa piramidalar qoidasi qo`llaniladi. Barcha ekosistemalar uchun esa
birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlikning nisbatlari, ya`ni mahsulotlar piramidasi qoidasi
xarakterlidir. Sonlar, biomassalar va mahsulotlar piramidalari grafik tarzida yaxshi ifodalanishi
mumkin. Unda har bir trofik darajadagi vaqt birligida to`plangan biomassa keyingisidan ko`p
bo`ladi. Turli ekosistemalarning mahsuldorligi bir xil emas. Mahsuldorlik bir necha omillarga
bog’liq bo`lib, birinchi navbatda iqlim omillariga bog’liqdir. eng mahsuldor ekosistemalar
qirg’oqlar bo`yi,
sayoz limanlar, suv bosib turuvchi o`tloqzorlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: