Yevropada vedalarga qiziqish
Ma’lumki, Sharq azaldan o‘zining jozibasi bilan dunyo xalqlarini qiziqtirib
kelgan. Xususan, hind madaniyati va falsafasi ham doimo tadqiqotchilar
e’tiboridan chetda qolmagan. Shunday tadqiqotlarning aksariyati G‘arbiy
Yevropa mamlakatlari olimlari tomonidan amalga oshirilgan. Yevropada
Vedalarga qiziqish XIX asr boshida paydo bo‘lgan (Angliyada G.T.Kolbruk,
keyinchalik R.Rot, T.Benfey, T.Aufrext), A.Veber (Germaniya), M.Myuller
(Angliya), D.Uitni (Amerika). XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida
yashagan yirik olimlar G.Grasman, G.Oldenberg, A.Xillebrand, R.Pishel,
K.Geldner, A.Lyudvig (Germaniya), A.Bergen (Fransiya), M.Baumfild
(Amerika), A.Kit, A.Makdonell (Angliya), oxirgi o‘n yilliklarda esa, L.Renu
(Fransiya), I.Xertel, G.Ertel, G.Lyuders, P.Time (Germaniya) va boshqalar
Vedalarni o‘rganishga muhim hissa qo‘shganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |