Upanishadlarda falsafiy muammolarning qo‘yilishi
Vedalar bilan aloqasi borligiga qaramasdan Upanishadlargina mohiyatan
falsafiy va diniy fikrlar rivojiga yangi yo‘nalish berib, keyingi vujudga keladigan
tizimlarga asos bo‘lgan. Agar Upanishadlarda asosiy e’tibor falsafiy
muammolarga qaratilgan bo‘lsa, Vedalar bilan bog‘liq sutralar (Shtrautasutra,
Prxyasutra, Dxarmasutra) avvalo diniy marosimlarga va qisman huquq
muammolariga (Dxarmasutra) bag‘ishlangan.
Qadimgi Hindiston falsafasi, dini va madaniyati tarixini o‘rganish bo‘yicha
birinchi darajali ahamiyat kasb etgan Vedalarni o‘rganishga qiziqish zo‘r bo‘lib,
bu sohada Hindistonni o‘zida 25 asrlik an’ana mavjud. Rigvedaning mashhur
sharhchilari Panini, Shankara, Sayanilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |