55
namoyon bo‘ladigan umumiy orzudagi istak tufayli o‘rnatiladi. Tartib (li) tashqi
xatti-harakatni, ya’ni etiketni ham o‘z ichiga oluvchi axloqiy tushuncha sifatida
namoyon bo‘ladi. Tartibga asliy kelib chiqish jihatdan rioya etish burch
majburiyatlarini maqsadga muvofiq ravishda bajarishga olib keladi. “Agar
oliyjanob er (szyun szi) aniq ish tutuvchi va vaqtni bekorga sarflamaydigan
bo‘lsa, basharti u boshqalarga nisbatan hurmat bilan muomala qiladigan va
tartibga rioya etuvchi bo‘lsa, unda to‘rt dengiz orasida yashovchi kishilar unga
birodar bo‘ladilar”. Tartib (li) xayrli ish (de) bilan to‘ldiriladi: “Szichan haqida
gapirgan muallim, uning oliyjanob er kishiga taalluqli to‘rt xayrli ishini
ta’kidlab o‘tgan. Xususiy xatti-harakatida u muloyim, xizmatda-aniq ish
tutuvchi, insonparvar va odamlarga nisbatan adolatli”. Konfusiy fikricha, o‘z
vazifalarini ana shunday tartibga binoan bajarish zaruriy ravishda
odamgarchilikning (jen) namoyon bo‘lishiga olib keladi. Odamgarchilik –
insonga nisbatan qo‘yiladigan barcha talablarning asosidir. Insonning yashash
tarzi shunchalik ijtimoiydirki, u uni boshqarib turuvchi quyidagilarsiz yashay
olmaydi: a) o‘zing nimaga erishmoqchi bo‘lsang, boshqalarga ham shunga
erishishga yordam ber; b) o‘zing xohlamagan narsani, boshqalarga ham ravo
ko‘rma.
Odamlar oilaviy sharoitga bog‘lik ravishda, keyin esa, ijtimoiy holatlarga
nisbatan
bir-birlaridan
farqlanadilar.
Oilaviy
otasolorlik
(patriarxal)
munosabatlaridan Konfusiy o‘g‘illik va birodarlik oliijanobligi (syao ti) asosiy
qoidasini keltirib chiqaradi. Ijtimoiy munosabatlarga oilaviy munosabatlar
tengdirlar. Fuqaroning hokimga, boshliqning o‘z qo‘l ostidagi xizmatchiga
bo‘lgan munosabati o‘g‘ilning otaga va ukaning akaga bo‘lgan munosabati
kabidir. Xizmat yuzasidan boshliqqa nisbatan bo‘lgan muomala tartibiga rioya
etish uchun Konfusiy adolatlilik va ijrochilikning asosiy qoidalarini (i) ishlab
chiqdi. Adolatlilik va ijrochilik haqiqatni borliq sifatida tushunishga bog‘liq
bo‘lmaganligi tufayli, Konfusiy bu masala bilan maxsus shug‘ullanmaydi. Inson
tartib va uning holati taqozo etgandek, xatti-harakat etmog‘i lozim. To‘g‘ri
ijrochilik xatti-harakati – bu shunday odobki, unda tartib va odamgarchilikka
qatiy ravishda rioya qilinadi, negaki, “oliyjanob er qaysi narsa yaxshi
ijrochilikka kirishini, xuddi kichik lavozimdagi odamlar nima foydaligini
bilganidek, uning farqiga boradilar”.
Konfusiy aqidasicha, ma’lumotli kishilarning yo‘li (dao) shunday bo‘lib,
ular axloqiy kuchga (de) egadirlar va shuning uchun ham jamiyatni boshqarish
ularga ishonib topshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: