Konfusiy – qadimgi ajdodlar donishmandligining
sharhlovchisi
Konfusiyning fikrlari o‘z shogirdlari bilan qilgan suhbatlari tarzida
saqlanib kolgan. Uning suhbatlari mazmuni o‘z ifodasini topgan “Suhbatlar va
hukmlar” (Lun yuy) kitobi eng ishonchli manbadir; Konfusiy o‘zini qadimgi
ajdodlar donishmandligining saqlovchisi va sharhlovchisi sifatida tanitgan. U
53
o‘z zamondoshlarini Qadimgi Xitoyning afsonaviy hukmdorlari bo‘lgan Yao,
Shun va Yuylardan o‘rnak olishga chaqirgan. Ularning xayrli ishlari haqidagi
hikoyalar avlodlardan avlodlarga o‘tib kelgan edi.
Ijtimoiy burchga sodiqlik va xolislik bilan nom chiqargan hukmdor Yao
xalqni ma’rifatli qilgan, barchaga mehr bilan qarab, fuqarolik va qonunchilikni
joriy etgan. Uning hukmronligi davrida uylarning eshigi qulflanmagan,
yuqolgan narsalar esa, egalariga qaytarilgan.
Yao tomi qamish bilan yopilgan kulbada yashagan. Uning taomi yovvoyi
o‘tlar va gurunch butkasi bulgan. Kiyimi nihoyatda oddiy bo‘lgan. Kulolchilik
idishlaridan ovqat yegan. Agar mamlakatda kimdir och qolgan bo‘lsa, Yao
albatta shunday degan: “Uning och bo‘lishiga men aybdorman”. Agar
mamlakatda kimningdir kiyimi bo‘lmasa, Yao albatta yana shunday degan:
“Uning kiyimi yo‘qligiga men aybdorman!” Agar mamlakatda kimdir jinoyat
qilgan bo‘lsa, Yao albatta shunday degan: “Men uni jinoyat qilishgacha olib
bordim”. U barcha uchun ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olgan. Mamlakatni ko‘p yil
boshqargan Yao, qarib qolganda hokimiyatni o‘g‘liga qoldirishni istamagan.
Chunki uning o‘g‘lining boshqarish iste’dodi yo‘q bo‘lganligidan, Yao o‘zidan
keyin xalqni qiynalishini istamagan. Shuning uchun salohiyatli kishilarni
atrofiga to‘plab, ulardan eng aqllisiga taxtni topshirmoqchi bo‘lgan. Shunday
odam Shun bo‘lib chiqqan. U yoshligidayoq ota-onasiga zo‘r hurmati bilan
mashhur bo‘lgan, dehqonchilik, baliqchilik va kulolchilikni o‘rgangan.
Shun Yaoga o‘xshab bir necha o‘n yillar podsholik qilgan va juda ko‘p
xayrli ishlari bilan dong chiqargan. Keyin u ham, Yaoga o‘xshab, ashula va
raqslar bilangina ovora bo‘lgan o‘z o‘g‘liga taxtni qoldirmagan, balki iste’dodli
va adolatli Yuyga hokimiyatni topshirgan.
Yuy o‘z hukmronligi davrida misli ko‘rilmagan suv toshqinini bartaraf
etgan. Toshqinga qarshi kurashda u o‘z qo‘liga savat va belkurak olib ishtirok
etgan. Shamol va yomg‘irga qaramasdan toshkinga karshi uzi oldinda borib,
butun xalkni uz ketidan safarbar etgan. U daryolar uzanini tozalagan, yangi okuv
yullarini ochgan.
Konfusiy
o‘z
tashviqotlarida
yuqoridagi
afsonaviy
hukmdorlar
faoliyatidan o‘rnak olishga chaqirgan. O‘zi to‘g‘risida u shunday degan: “Men
sharhlayman, ammo yaratmayman”. Men qadimgi davrlarga ishonaman va uni
sevaman”. Va yana boshqa joyda: “Mening ta’limotim, qadimgilarning bizga
qoldirgan va dars bergan ta’limotlaridan o‘zga narsa emas. Bu ta’limotga men
hech narsa qo‘shmasdan va hech narsani olib qolmasdan, avvalgidek, sof
holicha yetkazayapman. Bu ta’limot o‘zgarmasdir, osmonning o‘zi uning
ijodkoridir. Men o‘zim yerga urug‘ sepadigan va sug‘oradigan dehkonga
54
o‘xshayman, ammo u o‘z-o‘zicha sepilgan urug‘ni ko‘kartirib chiqaradigan va
o‘simlikning boshqa turi shakliga aylantira oladigan kuchga ega emas”.
Do'stlaringiz bilan baham: |