2021, Maxsus son “pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal issn 2181-6883


“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/235
Sana03.12.2022
Hajmi2,05 Mb.
#877409
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   235
Bog'liq
362 1 A3011398477DCFCEC93564A0FB670C108DCB6C7A

“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
 
42 
3.
Xalq qoʻshiqlarining oʻquvchilarni umumiy dunyoqarashlarini kengaytirish uchun amaliy jihatdan 
ahamiyatliligi. Bu oʻrinda qoʻshiqlarni janr (alla, yalla, katta ashula, ashula, terma va h.k.) va mavzu jihatidan 
(tarixiy, harbiy, vatanparvarlik, mehnat va mavsumuy, marosimiy, diniy va h.k.) rang-barangligi, shuningdek, 
turli sanalar va bayramlar bilan bog’liqligiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. 
4.
Xalq qoʻshiqlarining oʻquvchilarni badiiy–estetik tarbiyalash bilan ularning boshqa fanlarni 
oʻzlashtirishlariga ijobiy ta’sir etishi. Bu oʻrinda qoʻshiqlarni oʻrganish va kuylash jarayonida musiqani boshqa 
fanlar bilan aloqadorlik xususiyatlari (oʻyin, ritmik harakatlar bajarish, adabiy, tarixiy ma’lumotlar, nazariy 
tahlil kabilar)dan foydalanishga e’tiborni qaratish kerak.
5.
Xalq qoʻshiqlarining oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirish uchun qulayligi va tushunarliligi. 
6.
Xalq qoʻshiqlarini tanlashda mahalliy manbalarga tayanish. Bu oʻquvchilarda mahalliy an’analarga 
qiziqish va ijodiy tashabbuskorlik fazilatlarini shakllantirishda muhim omil boʻladi . 
7.
Boshqa xalqlarga tegishli qoʻshiqlardan ham repertuarga kiritish. 
Bunday yondashuv turli xalqlar qoʻshiqlarini oʻzaro mushtarak va oʻziga xoslik jihatlarini qiyosiy tahlil 
qilish orqali oʻquvchilarda boshqa xalqlar madaniyati va san’atiga hurmat va ma’lum tushunchalarning 
shakllanishiga ijobiy ta’sirini koʻrsatadi. Musiqa madaniyati darslarida hamda musiqiy toʻgaraklari faoliyatida 
xalq qoʻshiqlarini tanlash va ulardan foydalanishda, estrada yoʻnalish orqali jamoa boʻlib kuylatishda ta’kidlab 
oʻtilgan pedagogik mezonlarga har bir oʻqituvchi oʻz imkoniyati, mavjud pedagogik shart–sharoitlarni hisobga 
olgan holda ijodiy yondashishlarini taqozo etadi. Ayni chog’da, musiqa ta’limiga xos boʻlgan mustaqil 
repertuar tanlash
imkoniyatlari bunday yondashuvlar zaruriyatini vujudga keltiradi . 
Bolalarni estetik ruhda tarbiyalashda musiqa fanining ahamiyati juda kattadir. Keyingi yillarda bolalar 
va oʻsmirlarning musiqaviy–estetik tarbiyasini rivojlantirishda ancha oʻzgarishlar boʻldi. Musiqa fani boʻyicha 
pedagog kadrlar tayyorlash kengaydi, bolalarning musiqiy badiiy–havaskorlik faolligi oshdi. Bolalarda estetik 
tarbiyani rivojlantirishda birinchi navbatda maktabning roli juda kattadir. Maktabda estetik tarbiyaning asosi 
boʻlgan musiqa, pedagog rahbarligida va yordamida muntazam ravishda olib boriladi . 
Musiqa oʻqituvchisi hamda toʻgarak rahbari boshchiligida oʻquvchilarning sekin–asta musiqiy eshitish 
qobiliyatlari oʻsa boradi. Berilgan asarni tahlil qilishni ya’ni, kuy, uning garmoniyasini oʻziga xos 
xususiyatlari, ritm, dinamik holatlar, lad tuzilishi va ularning oʻzaro bog’liqligini oʻrgana boradilar. Shuni 
aytib oʻtish joizki, oʻquvchilar musiqaviy malakalari, musiqaviy fikrlash doirasi qanchalik keng, ularning 
estetik hissiyotlari va musiqaviy idroklari qanchalik yorqin boʻlsa, umumiy musiqaviy darajalari uchun 
shunchalik keng imkoniyatlar yaratiladi . 
Ayni damda bu darajani bir–biri bilan bog’liq boʻlgan ikki yoʻl: 
1.
Umumta’lim maktablarida estrada jamoa qoʻshiqchiligini yoʻlga qoʻyish va sinfdan tashqari bolalar 
musiqaviy badiiy–havaskorlik toʻgaragi ishlari. 
2.
Ularning oʻzlari nimani ijro eta olsalar, shuningdek, ularning estetik hissiyotlari, tushuncha va 
qiziqishlariga yaqin boʻlgan, lekin biroz qiyinroq musiqani keng tanishtirish yoʻli bilan rivojlantirish mumkin 
boʻladi. 
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida estrada musiqiy toʻgaraklarni tashkil etish juda katta ahamiyatga ega. 
Chunki, bolalar musiqa va san’at maktablarida badal toʻlovlarini toʻlash uchun ayrim oilalarning imkoniyatlari 
chegaralangan. Farzandlarining esa qiziqishlari zoʻr va iqtidori ham yetarlichadir. Bunday imkoniyatni esa 
bolalar umumta’lim maktablarining dars jarayonlarida hamda uning uzviy davomi sifatida musiqiy 
toʻgaraklardan oladi. Shuning uchun ham musiqiy toʻgaraklar tashkil etish, ya’ni bolalar estrada ansambli 
hamda xor jamoalarini tuzish katta ahamiyat kasb etadi. 

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish