Ключевые слова: содержание обучения, знания, творческие способности, музыкально-
познавательная деятельность, общая музыка, песни, большая песня, эпос, вокал, хор, интервал.
Music is very important for creative children to develop musical thinking, research and creativity. This
activity is accomplished through creative practices such as circling the teacher, “conducting” the class
performance, finding actions that match the melody (especially the dance), and “starting” the melody on the
lion piece. This activity is especially important to focus on gifted students in the classroom to meet their artistic
needs. It is recommended to use a wide range of game techniques in the performance of musical movements
and creative activities. After all, these activities are more about game features.
Key words: educational content, knowledge, creative ability, musical cognitive activity, general music,
songs, great singing, epic, vocal, chorus, interval.
Kirish.
Ta’lim mazmuniga qoʻyilgan talablarning barchasi oʻquvchilarning bilimini, ijodiy qobiliyatini
oʻstirishda, ularda musiqiy idrokini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, musiqa ta’limining
barcha faoliyatlari umumiy musiqa ijrochiligi bilan bog’liqdir.
Asosiy qism.
Musiqa idroki (tinglash), kuylash, musiqa savodi, raqs va ritmik harakatlar, chapak va
cholg’u asboblarida chalish hamda musiqa ijodkorligi. Musiqa idroki dars mashg’ulotlarida yetakchi faoliyat
sifatida muhim rol oʻynaydi. U ikki holatda amalga oshadi. Birinchi holatda ma’lum asar tinglanib, idrok
etiladi va uning badiiy tavsiflari dars mavzusiga doir oddiy musiqiy-pedagogik tahlil etiladi. Eshitish orqali
asarni tushunish va ongli idrok etish, asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzlishi, ifoda vositalari, ijrochiligi)
hamda badiiy ma’lum bilimlarga ega boʻlinadi. Ikkinchi holatda musiqa asarlari avval tinglanib (idrok etilib),
soʻng u yoki bu faoliyati koʻproq kuylash orqali oʻrganiladi, uning badiiy mazmun xususiyatlari amaliy
faoliyatda ifodalaniladi. Masalan, oʻrganiladigan qoʻshiq avval oʻqituvchi ijrosida (tasma orqali ham) bir-ikki
marta tinglanadi, asar xususiyati haqida suhbat qilinadi, soʻng oʻrganishga kirishiladi, raqs musiqasi avval
tinglanadi, kuy tavsiflari anglab olingandan soʻng raqs harakatlari ifodasi oʻrganiladi. Koʻpincha asar bir necha
faoliyat uyg’unligida (tinglash, kuylash, raqs harakati va boshqa) oʻrganiladi. Bunday mashg’ulot usuli asarni
puxta oʻrganish va ayni holda kompleks malakalarining rivojlanishi uchun imkon yaratib oʻquvchilarni
mashg’ulotlar davomida musiqiy his-tuyg’usini rivojlantirib boradi. Musiqa darsida barcha faoliyatlar
muayyan mavzu zamirida mantiqan oʻzaro bog’lanadi, natijada darsning mantiqan bir butunligi vujudga
keladi. Musiqa savodi barcha faoliyatlarini nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi
faoliyat mashg’uloti (tinglash, kuylash, raqs va boshqa) qoʻllanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan
asar oʻrganiladi va uning xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochiligi va h.k.) haqida yangi tushunchalar hosil
boʻladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat boʻlib qolmay, balki
Do'stlaringiz bilan baham: |