2021, Maxsus son “PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL
45
oʻquvchilarning umumiy qismi, musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar
majmuasini (musiqa shakllari, janrlari, cholg’uchilar ijrochiligi, xalq bastakorlik musiqasi, ularning farqlari,
milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi va boshqa) singdirib borishdan iborat.
Shuni alohida e’tiborga olmoq zarurki, oʻquvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va
takomillashtishda, musiqa idroki (tinglash) va musiqa savodi faoliyatlarining oʻrni alohidadir. Bu ikkala
faoliyat bir-biriga uzviy bog’lanish bilan qolgan barcha faoliyatlar amaliyotiga yetakchilik qiladi. Kuylash
faoliyati oʻquvchilarning musiqa – oʻquv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir.
Sinfda jamoa boʻlib kuylash jarayonida oʻquvchi oʻz ovoz ijrosini boshqaradi, oʻrtoqlari ijrolarini eshitib
kuzatadi va ular bilan birga joʻr boʻlib kuylashga intiladi. Zotan, tinglash va kuylash oʻquv materiallari ta’lim
mazmunini tashkil etadi. Ularni tinglash va kuylash faoliyatlari vositasida oʻrganish bilan birga, cholg’uchilik,
musiqali harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari bilan ham har tomonlama oʻzlashtirish va musiqiy tavsiflarni
ushbu faoliyatlar vositasida ifodalash imkoniyatlari yaratiladi.
Muhokamalar va natijalar.
Mashg’ulotlar jarayonida oʻquvchilarnig musiqiy qobiliyati, xususan,
ritm-usul tuyg’usi va asar badiiyatini ifodalash malakalarini rivojlantirish bilan birga, ularning jismoniy
rivojlanishlari uchun raqs va ritmik harakatlarni bajarish ijobiy samara beradi. Bu ayniqsa, boshlang’ich sinf
oʻquvchilari uchun nihoyatda zarur. Darsda oʻrganiladigan raqs va harakatlar boshqa dars chog’ida (jismoniy
madaniyat darsida, tanaffuslarda) keng qoʻllanilishi maqsadga muvofiqdir.
Chapak va cholg’u asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar singari oʻquvchilarning
musiqa hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bu faoliyat boshlang’ich sinflarda milliy
cholg’u asboblari bilan tanishish va ularning tovush tembrlarini anglab olishi bilan uzviy bog’lanib amalga
oshirilishi zarur. Bunda doirachalar, qayroq, qoʻshiq, kichik sopollar kabi urib chalinadigan cholg’u
asoblaridan foydalanib oʻqituvchi ijrosi va magnitafon tasmasi orqali taraladigan kuylarga ritmik joʻr boʻlish
malakalari rivojlantiriladi. Shunday qilib, musiq faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni
tashkil qiladi va oʻquvchilarda musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Asarni
suhbat orqali musiqiy va badiiy-g’oyaviy jihatdan tahlil qilish, tinglash orqali asar zamiridagi mazmunni
tasvirlay olish oʻquvchilarning qiziqishini yanada orttira boradi.
Xulosa.
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida oʻquvchilarning musiqiy
his-tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishda dars faoliyatlarining oʻrni muhimdir. Bu faoliyat turlariga
qoʻyilgan talab va vazifalar yangi dastur mazmunida toʻliq koʻrsatib oʻtilgan. Yangi dasturning asosiy faoliyati
quyidagilar bilan belgilanadi, avvalo, darslarning muayyan mavzulari har bir chorak uchun belgilangan bosh
mavzulardan kelib chiqadi va saboq chog’ida musiqaning muayyan mohiyatini tushunishga yordam beradi,
qoʻshiq kuylash va musiqa savodi mashg’ulotlari darsning mustaqil qismi emas, balki dars mavzuini ochib
beruvchi musiqa faoliyati sifatida qabul etiladi. Uchinchidan, dars mavzuining qiziqarli boʻlishi va ta’lim
samaradorligini oshirish maqsadida raqs va musiqali ritmik harakatlar, chapak va bolalar cholg’u asboblari -
shiqildoq, doiracha, qoʻshiq va boshqalarda musiqaga joʻr boʻlish hamda musiqa ijodkorligi kabi yangi musiqa
faoliyatlari qoʻllaniladi. Ushbu faoliyatlar zamirida oʻyin xususiyatlari mavjudligi tufayli ular oʻquvchilarda
katta qiziqish uyg’otadi. Oʻquvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishda musiqiy
faoliyat turlarining barchasi birdek xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |