2021, Maxsus son “pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal issn 2181-6883


, Maxsus son “PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/235
Sana03.12.2022
Hajmi2,05 Mb.
#877409
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   235
Bog'liq
362 1 A3011398477DCFCEC93564A0FB670C108DCB6C7A

2021, Maxsus son “PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL
45 
oʻquvchilarning umumiy qismi, musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar 
majmuasini (musiqa shakllari, janrlari, cholg’uchilar ijrochiligi, xalq bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, 
milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi va boshqa) singdirib borishdan iborat. 
Shuni alohida e’tiborga olmoq zarurki, oʻquvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va 
takomillashtishda, musiqa idroki (tinglash) va musiqa savodi faoliyatlarining oʻrni alohidadir. Bu ikkala 
faoliyat bir-biriga uzviy bog’lanish bilan qolgan barcha faoliyatlar amaliyotiga yetakchilik qiladi. Kuylash 
faoliyati oʻquvchilarning musiqa – oʻquv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. 
Sinfda jamoa boʻlib kuylash jarayonida oʻquvchi oʻz ovoz ijrosini boshqaradi, oʻrtoqlari ijrolarini eshitib 
kuzatadi va ular bilan birga joʻr boʻlib kuylashga intiladi. Zotan, tinglash va kuylash oʻquv materiallari ta’lim 
mazmunini tashkil etadi. Ularni tinglash va kuylash faoliyatlari vositasida oʻrganish bilan birga, cholg’uchilik, 
musiqali harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari bilan ham har tomonlama oʻzlashtirish va musiqiy tavsiflarni 
ushbu faoliyatlar vositasida ifodalash imkoniyatlari yaratiladi.
Muhokamalar va natijalar.
Mashg’ulotlar jarayonida oʻquvchilarnig musiqiy qobiliyati, xususan, 
ritm-usul tuyg’usi va asar badiiyatini ifodalash malakalarini rivojlantirish bilan birga, ularning jismoniy 
rivojlanishlari uchun raqs va ritmik harakatlarni bajarish ijobiy samara beradi. Bu ayniqsa, boshlang’ich sinf 
oʻquvchilari uchun nihoyatda zarur. Darsda oʻrganiladigan raqs va harakatlar boshqa dars chog’ida (jismoniy 
madaniyat darsida, tanaffuslarda) keng qoʻllanilishi maqsadga muvofiqdir.
Chapak va cholg’u asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar singari oʻquvchilarning 
musiqa hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bu faoliyat boshlang’ich sinflarda milliy 
cholg’u asboblari bilan tanishish va ularning tovush tembrlarini anglab olishi bilan uzviy bog’lanib amalga 
oshirilishi zarur. Bunda doirachalar, qayroq, qoʻshiq, kichik sopollar kabi urib chalinadigan cholg’u 
asoblaridan foydalanib oʻqituvchi ijrosi va magnitafon tasmasi orqali taraladigan kuylarga ritmik joʻr boʻlish 
malakalari rivojlantiriladi. Shunday qilib, musiq faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni 
tashkil qiladi va oʻquvchilarda musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Asarni 
suhbat orqali musiqiy va badiiy-g’oyaviy jihatdan tahlil qilish, tinglash orqali asar zamiridagi mazmunni 
tasvirlay olish oʻquvchilarning qiziqishini yanada orttira boradi.
Xulosa.
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida oʻquvchilarning musiqiy 
his-tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishda dars faoliyatlarining oʻrni muhimdir. Bu faoliyat turlariga 
qoʻyilgan talab va vazifalar yangi dastur mazmunida toʻliq koʻrsatib oʻtilgan. Yangi dasturning asosiy faoliyati 
quyidagilar bilan belgilanadi, avvalo, darslarning muayyan mavzulari har bir chorak uchun belgilangan bosh 
mavzulardan kelib chiqadi va saboq chog’ida musiqaning muayyan mohiyatini tushunishga yordam beradi, 
qoʻshiq kuylash va musiqa savodi mashg’ulotlari darsning mustaqil qismi emas, balki dars mavzuini ochib 
beruvchi musiqa faoliyati sifatida qabul etiladi. Uchinchidan, dars mavzuining qiziqarli boʻlishi va ta’lim 
samaradorligini oshirish maqsadida raqs va musiqali ritmik harakatlar, chapak va bolalar cholg’u asboblari - 
shiqildoq, doiracha, qoʻshiq va boshqalarda musiqaga joʻr boʻlish hamda musiqa ijodkorligi kabi yangi musiqa 
faoliyatlari qoʻllaniladi. Ushbu faoliyatlar zamirida oʻyin xususiyatlari mavjudligi tufayli ular oʻquvchilarda 
katta qiziqish uyg’otadi. Oʻquvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishda musiqiy 
faoliyat turlarining barchasi birdek xizmat qiladi.

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish