“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
50
jajjigina qushchaning serharakati murg’ak qalblarning hayotga boʻlgan intilishini, Vataniga muhabbat
tuyg’ularini uyg’otadi. Bolalar qaldirg’ochni erkalab, ba’zan doʻq-poʻpisa qilib, unga murojaat qiladilar.
Bolalarning bahor mavsumida aytiladigan qoʻshiqlaridan yana biri “Oftob chiqdi olamga” turkum
she’ridir. Qoʻshiq oftobning chiqishi, kunlarning isishi, pishiqchilik, toʻkin-sochinlikdan darak beradi. Qoʻshiq
orqali bolalar oʻz ichki kechinmalarini, araz-ginalarini ham ifodalaydilar. Qoʻshiq quvnoq ohangda, koʻtarinki
kayfiyatda aytiladi.
Bolar tomonidan ijro etiladigan marosim qoʻshig’i “Yo Ramazon”dir. Bu qoʻshiq faqat ramazon oyining
uchinchi kuni oʻg’il bolalar tomonidan uch kun aytiladi. Muqaddas ramazon oyida uch kun roʻza tutilgach,
bolalar toʻda-toʻda boʻlib, roʻzaning boshlanganidan xabar beradilar. Odamlarni bir oy roʻzada himmatli,
saxovatli boʻlishga, xayr-ehson qilishga chaqiradilar. Bu qoʻshiq milliy an’analarimizni oʻzida saqlaganligi
bilan ahamiyatlidir. Unda xalqona ruhiyat aks etgan.
Muhokamalar va natijalar.
Oʻzbek xalq og’zaki ijodi durdonalaridan bolalarga meros qoladigan
qoʻshiqlardan biri – bu mehnat bilan bog’liq mavzulardir. Bolalar taqlidchi boʻladi. Xususan, bobo-buvilari,
ota-onalari, aka-opalari bajaradigan ishlarni kuzatib, ularning xatti-harakatlarini oʻz oʻyinlari, qoʻshiqlarida
takrorlaydilar. Ularning qoʻshiqlarini oʻzlariga moslashtirib, oʻzlashtiradilar. Bolalar, xususan, 7 yoshdan
boshlab mehnat jarayoniga kirishadilar. Bajariladigan ishlarni anglay boshlaydilar. Bolalar kattalar bilan
birgalikda podaga chiqqanda, ekin yerlarni chumchuq, olaqarg’a va shunga oʻxshash qushlardan
qoʻriqlaydigan paytda oʻz qoʻshiqlarini aytadi. Mehnat bolani haqiqiy hayotning ichiga olib kiradi, turmush,
oila, roʻzg’or degan tushunchalarni mehnat orqali anglay boshlaydilar. Kattalar oʻzlari bajaradigan ishga
bolalarni jalb qilish yoʻli bilan bu jarayonni amalga oshiradilar. Bolalar kundalik turmushdagi turli mehnat
qurollari, vositalari, shakllari bilan tanishib boradilar. Bolalar koʻpincha toʻda boʻlib, poda boqqani chiqib
ketishadi. Bolaning bu qoʻshig’i podaning bir-biridan ajralib ketmasligi, qochmasligi, bir maromdagi
harakatini belgilaydi. Chunki uy hayvonlari ham yaxshi va yomon munosabatni his qiladi va shunga qarab
harakatda boʻladilar. Bolalarning meva daraxtlarini chumchuq va yovvoyi qushlardan asrashi, ularni tez-tez
quvib turishi ham ularning mehnati hisoblanadi. U endi tomoshabin emas. Mevalarni qoʻriqlasa, uzoq vaqt
saqlash mumkinligini tushunib yetadi. Ular oʻz qoʻshiqlarini yaratib, baland ovoz bilan qushlarni haydashga
urinadilar:
Koʻrinadiki, bola menhat orqali har bir narsaning qadrini tushunyapti. Uni asrab-avaylash kerakligini
anglab yetmoqda. Bolalarda mehnatga muhabbat ruhini uyg’otadi, halollik, poklikka undaydi.
Xulosa
qilib aytganda, xalq qoʻshiqlarini boshlangich sinf oʻquvchilariga pedagogik texnalogiyalar
asosida oʻrgatish bolaning aqliy qiziqishini oʻstirish bilan bir qatorda fikrlash doirasini oʻstiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |