Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/129
Sana01.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#875832
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   129
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

3-jadval 
Kolloid zarrachalar 
< 0,25 mk 
Kolloid oldi zarrachalari 
0,25 -1 mk 
Loy zarrachalari 
0,001-0,01 mm 
Il zarrachalari 
0,005-0,01 mm 
Chang zarrachalari 
0,01-0,25 mm 
Qum zarrachalari 
0,25-1-2 mm 
Shag‘al zarrachalari 
2-40 mm 
Chag‘irtosh zarrachalari 
> 4-5 sm 
Toshlar 
20 sm 
Tuproqshunoslik, gruntshunoslik va muhandislar geologiyasida tuproq 
va uni hosil qiluvchi yotqiziqlar zarrachalarining mexanik tasnifi 
N.A.Kachinskiy va V.V.Oxotin tomonidan berilgan (4-jadval). 
4-jadval 
Tuproq va uni hosil qiluvchi yotqiziqlar zarrachalarining mexanik 
tasnifi 
Mexanik zarrachalar 
o‘lchami, mm 
N.A.Kachinskiy 
V.V.Oxotin 
> 20 
Toshlar 
CHag‘irtosh 
va shag‘allar 
yirik 
20-10 
o‘rta 
10-7 
mayda 
7-3 
juda mayda 
3-2 
SHag‘al 
Qum 
yirik 
2-1 
o‘rta 
1-0,5 
yirik 
mayda 
0,5-0,25 
Qum 
o‘rta 
qum-changli 
0,25-0,05 
mayda 
0,05-0,01 
yirik 
Chang 
0,01-0,005 
Chang 
o‘rta 
0,005-0,002 
mayda 
Il 
0,002-0,001 
0,001-0,0005 
Il 
dag‘al 
Loy 
dag‘al 
0,0005-0,0001 
mayin 
mayin 
< 0,0001 
kolloid 
> 0,01 
Fizik qum 
< 0,01 
Fizik loy 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
50 
Yevropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlarda tuproq granulometrik 
tasnifi quyidagicha berilgan: 
5-jadval 
Dag‘al shag‘al – 20-6 mm 
Mayda shag‘al – 6-2 mm 
Dag‘al qum – 2-0,6 mm 
Mayda qum – 0,6-0,2 mm 
Juda mayda qum – 0,2-0,05 mm 
Qumli chang – 0,06-0,02 mm 
O‘rtacha chang – 0,02-0,006 
mm 
Mayda chang – 0,006-0,002 
mm 
Il < 0,002 
Kolloidlar < 0,0002 
N.A.Kachinskiy tomonidan tuproq mintaqasiga binoan podzol, cho‘l, 
sho‘rtob toifadagi tuproqlarning mexanik tarkibiga qarab tasnifi ishlab 
chiqilgan: 
6-jadval 
Fizik loy < 0,01 mm, > 10:
0-5 – qum 
5-10 – bog‘liq qum 
10-20 – qumli 
20-30 – yengil qumoq 
30-45 – o‘rtacha qumoq 
45-60 – og‘ir qumoq 
60-75 – yengil loy 
75-85 – o‘rtacha loy 
> 85 - og‘ir loy 
Cho‘l mintaqasi uchun: 
fizik qum> 0,01 mm 
Qum (0,01) yig‘indisi 
100-95 – qum 
95-90 – bog‘liq qum 
90-80 – qumli 
80-70 –yengil qumoq 
70-55 – o‘rtacha qumoq 
55-40 – og‘ir qumoq 
40-25 – yengil loy 
25-15 – o‘rtacha loy 
< 15 – og‘ir loy 
Tuproqning granulometrik tarkibi mineral, organik va organo-mineral 
mahsulotlardan tashkil topadi. Uning asosi kristall yoki amorf holatdagi 
minerallar, organik moddalar (gumus) hamda organo-mineral birikmalardan 
iborat. Tuproq zarrachalarining 1 mm dan kattaroq qismi shag‘alli (skeletli), 
undan kichikroq yig‘indisi esa mayinligi bilan ajralib turadi. Tuproq 
zarrachalarining suv ta’siriga bardoshlilik xususiyatiga binoan, ya’ni 0,25 mm 
dan kichikroqlari mikroagregatlarga ajratilgan (13-rasm). Tuproq 
zarrachalarining o‘lchamiga qarab, uning mineralogik va kimyoviy tarkibi 
ham o‘zgaradi. Masalan, tuproqning yirik zarrachalari qum va undan katta 
bo‘lgan shag‘al va chag‘irtoshlarda (3-1 mm), asosan, birlamchi minerallar 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
51 
kvars, dala shpatlari va slyudadan tashkil topgan bo‘lib, tarkibi kremniy, 
alyuminiy va temir oqsidlaridan iboratdir. 
13-rasm
. Tuproq zarrachasining morfologik tuzilishi. 
Bu zarrachalar miqdori ko‘p bo‘lgan tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik 
qobiliyati yuqori bo‘ladi. 
Qum zarrachalarida (1-0,05 mm) tog‘ jinslarining bo‘laklari, kvars 
va dala shpatidan iborat bo‘lib, suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati yuqori, 
qovushqoq emas, platik emas, ammo ozgina kapilyar g‘ovakli va suv 
ushlab qolish xususiyatiga ega, suvda bo‘kmaydi. Mexanik tarkibida 
mayda qum ko‘p bo‘lgan tuproqlarda madaniy ekinlar yoki o‘rmonlar 
o‘stirilishi mumkin. 
Yirik va o‘rta o‘lchamdagi (0,05-0,005 mm) chang mineralogik 
jihatdan qumdan farq qiladi. Tarkibida birlamchi minerallardan tashqari 
xlorit, kaolinit, illit kabi ikkilamchi minerallar, kimyoviy tarkibida temir
kalsiy, magniy, natriy va biofil elementlarni saqlaydi. Plastik emas, ozgina 
bo‘kish xususiyatiga va suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega. 
O‘rta chang (0,01-0,005 mm) zarrachalarida slyudalar miqdori ko‘p 
bo‘lib, ular plastiklik va qovushqoqlikni oshiradi. Dispers holat mavjudligi 
tufayli suvni yaxshi ushlaydi, ammo suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati sust 
bo‘lib, donadorlik va koagulyatsiya jarayonida ishtirok etmaydi. Shuning 
uchun yirik va o‘rta changga boy bo‘lgan tuproqlar tez changlanadi, 
sernam sharoitda oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, zichlashtiradi va 
suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatini pasaytirib yuboradi. 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
52 
Mayda chang zarrachalari (0,005-0,001 mm) yuqori dispers 
xususiyatlarga ega, ular birlamchi va ikkilamchi minerallardan tashkil 
topgan bo‘lib, yaxshi donadorlik, koagulyatsiya, yutish qobiliyatini 
oshiradi va gumus moddalariga boy bo‘ladi. Biroq tuproq tarkibida bunday 
zarrachalar miqdorining oshiqligi, suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati, bo‘kish 
va cho‘kish, yopishqoqolik, qatqaloq hosil qilish va darz ketish 
jarayonlarining rivojlanishiga sababchi bo‘ladi.
Loy (< 0,001 mm) zarrachalari mineral, organik va organo-mineral 
moddalardan iborat bo‘lib, tarkibida oziqa moddalar - gumus, azot, fosfor, 
kaliy va mikroelementlarga boydir. Kolloid zarrachalar esa tuproq 
donadorligini oshirishda ishtirok etadi. Tarkibida gumus, kalsiy va temir 
birikmalarining ko‘pligi tufayli tuproqning yutish qobiliyati oshadi. Tuproq 
tarkibida chang va loy zarrachalarining ko‘payishi, uning fizik-mexanik 
xususiyatlarini tomomila o‘zgartirib yuboradi, bu esa tuproq mexanik 
zarrachalarini ikki guruhga: fizik qum (> 0,01 mm) va fizik loy (<0,01 
mm)ga ajratish imkoniyatini yaratib beradi.

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish