Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/129
Sana01.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#875832
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   129
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
45 
qo‘shilmalar sifatida yoki boshqa genetik qatlamlardan o‘tgan 
mahsulotlardir. Keyingi morfologik bosqich genetik qatlamlarda turli 
o‘lchamdagi organo-mineral va alohida minerallardan iborat agregatlardir. 
Ulardan kichik bo‘lgan qismi polyarizatsion mikroskoplar yordamida 
mikromorfologik usul orqali o‘rganiladi. 
Tuproq qoplamini tabiiy tana sifatida inobatga olgan holda tuproq 
tuzilishi, holati, donadorlik darajasi, agregatligi va tarkibini aniqlash 
maqsadga muvofiqdir. 
Har bir tuproq tipiga xos kesma profili shakllangan bo‘lib, tuproq 
qoplami, uni hosil qiluvchi ona jinsining vertikal o‘zgarishiga binoan, 
ya’ni tuproq hosil bo‘lishi jarayoniga bog‘liq holda, qonuniyat asosida 
granulometrik, mineralogik, kimyoviy va biologik xossalarining o‘zgarishi 
kuzatiladi. Kesmada genetik qatlamlarning tabaqalanishi moddalar va 
energiyaning vertikal holatda mavsumiy yillik, ko‘p yillik davrda 
shakllanishi bilan bog‘liq. 
V.V.Dokuchayev tuproqshunoslik fanining paydo bo‘lishi davrida 
tuproq profilini A - gumus akkumulyativ yuza qism, V - ona jins tomon 
o‘tuvchi, S-tog‘ jinsi yoki tuproq hosil qiluvchi yotqiziq kabi genetik 
gorizontlarga ajratdi. 
Tuproqning yuqori qatlami ham tabaqalanib – organik, noorganik
ishlov berish mobaynida hosil bo‘lgan qatlamchalar simvolik xarflar bilan 
beliganadi. Masalan, T - torf qatlami, O - o‘rmon yoki cho‘l to‘shami, Aal 
- suv o‘tlari qobig‘i, Ad - chim qatlami, A - gumus qatlami, Ar - haydalma 
qatlami va x.k. iboratdir. 
O‘tuvchi V - illyuvial qatlam, ya’ni Vt - loy illyuvial, Vf – temirli -
illyuvial, VN – gumusli - illyuvial, Bna - sho‘rtob, Vsa - karbonatli, Bsa - 
tuzli, Bcs - gipsli qatlamlarga ajratilishi mumkin. Bu qatlam o‘zining hosil 
bo‘lishi, shakllanishi va tuzilishiga binoan metamorfik, siollit - 
metamorfik, ferrallit-metamorfik illyuvial qismlarga tabaqalanishi 
mumkin. Namlik o‘ta rivojlangan gleyli qatlamlar bo‘linib, g harfi bilan 
belgilanadi. Tuproq hosil qiluvchi tog‘ jinslari yoki yotqiziqlar S, D, R 
harflari orqali ifodalanadi. 
Tuproq profili o‘zining kelib chiqishi, shakllanishi va tuzilishiga 
qarab bir necha qismga bo‘linadi:
1) oddiy primitiv; 2) rivojlanmagan; 3) normal; 4) kuchsiz 
tabaqalangan; 5) eroziyaga uchragan holatdagi. 
Shuningdek, genetik holatga nisbatan: 
1) akkumulyativ; 2) elyuvial; 3) sizot akkumulyativ; 4) elyuvial-
illyuvial; 5) tabaqalangan profillarga ajratilishi mumkin. 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
46 
B.B.Polinov tuproq morfologik tuzilishini uch guruhga ajratgan: 1) 
har bir genetik qatlamga xos va ularni aniqlashtiruvchi xususiyatlar; 2) 
butun profil bo‘yicha tarqalgan holatlar; 3) profilning ma’lum qismiga xos, 
ammo genetik gorizontlar chegaralamaydigan shakllar. Masalan, tuproq 
rangi, yoriqlik, gumus-akkumulyativ, karbonat-akkumulyativ jarayonlar 
misol bo‘la oladi (12-rasm). 
Tuproq profilining tuzilishi, shakllanishi va boshqa ko‘rsatkichlarga 
qarab ular tabaqalanmagan oddiy (primitiv), izogumusli, metamorfik, 
ellyuvial-illyuvial tabaqalangan, gidrogen tabaqalangan, kriogen va 
antropogen tabaqalangan kabi ko‘rinishlardan iborat. 
Genetik qatlamlar chegarasi aniq yoki bir-biriga o‘tuvchi holatlar 
bilan belgilanadi va ular quyidagi shaklda bo‘lishi mumkin: tekis, 
to‘lqinsimon, cho‘ntaksimon, tilsimon, oqimli, yuvilgan, changli va past 
ayvonli. Qatlamlarga chegaralash keskin, aniq, ko‘rinarli yoki asta-sekin 
holatlar. Eng asosiy tuproq morfogenetik xususiyatlari - uning rangi, 
strukturasi (donadorligi) va g‘ovakli xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. 
12-rasm
. Tuproq profilining morfologik tuzilishi 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
47 
Hozirgi paytda tuproqshunoslikda tuproqning morfologik 
tuzilishini takomillashgan zamonaviy polyarizatsion va elektron mikroskop 
hamda rentgen spektral jihozlar asosidagi mikromorfologik usullar 
yordamida genetik, evolyutsion, ekologik muammolarni hal qilish 
rivojlandi. Mikromorfologiya fanining asoschisi avstriyalik tuproqshunos 
V.Kubiena hisoblanadi. Mikromorfologiya fanining rivojlanishida 
I.I.Feofarova, 
Ye.I.Parfyonova, 
Ye.A.Yarilova, 
N.G.Minashina, 
G.Arg‘temyuller, 
A.I.Romashkevich, 
R.Broer, 
A.Yongersus, 
V.V.Dobrovolg‘skiy, G.V.Dobrovolg‘skiy, S.A.Shoba, K.N.Fyodorov, 
M.I.Gerasimova kabi tuproqshunos olimlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. 
O‘zbekistonda 
tuproq 
mikromorfologiyasi 
yo‘nalishi 
bo‘yicha 
H.X.Tursunov va P.A.Morozovalar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan. 
Tuproq namunalari dala sharoitida profil va genetik qatlamlar 
bo‘yicha tabiiy buzilmagan holatda, monolit sifatida olinib, yupqa shliflar 
tayyorlanib, polyarizatsion, elektron va skanerli elektron mikroskoplar 
yordamida 
tuproqning 
mineral, 
organik 
plazmasi, 
g‘ovakligi, 
mikroagregatlik holati o‘rganiladi, ular 100-10000 marta kattalikda 
fotosuratga tushiriladi. Tuproq mikromorfologiyasini o‘rganishda, uning 
asosini tashkil qilgan matritsa, plazma, skeletining shakli, holati, mineral 
tarkibiga katta ehtibor beriladi. 
O‘zbekiston tabiiy tuproqlarini tog‘ jigarrang, bo‘z, bo‘z-o‘tloqi, sur 
tusli qo‘ng‘ir cho‘l, taqir, qumli va ularning antropogen omillar - sug‘orish, 
agrotexnik, meliorativ tadbirlar natijasida mikromorfologik tuzilishning 
o‘zgarishi va genetik masalalarni hal qilishda muallifning olib borgan 
ilmiy tadqiqotlari katta ahamiyatga ega. Olim magmatik, metamorfik, 
cho‘kindi tog‘ jinslarining nurashi, surilmalar va erozion jarayonlarning 
rivojlanishining tuproq mikromorfologik tuzilishining o‘zgarishi va 
shakllanishiga ta’siri to‘g‘risidagi masalalarni ham hal qilishda o‘z 
hissasini qo‘shgan. 

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish