TAJRIBA ISHI № 5.
BIR CHO’MICHLI EKSKAVATORLAR TUZILISHI
VA ISHLASH
PRINSIPINI O’RGANISH.
Reja:
1)
Bir cho’michli ekskavatorlar konstruktiv
tuzilishi va asosiy qismlari.
2)
To’g’ri kurakli suriladigan zuriqmali dastakli bir cho’michli ekskavatorlar.
3)
To’g’ri kurakli tirsak-richagli zuriqmali dastakli bir cho’michli ekskavatorlar.
4)
Gidravlik to’g’ri va teskari kurak va cho’michli yuklagich.
5)
Draglayn, ekskavator- greyfer va ekskavator-strug konstruktiv sxemalari.
Ishdan maqsad:
Talabalar o`z bilimlarini, bir cho’michli ekskavatorlar
konstruktiv sxemalarini o’rganishorqali yanada mustahkamlash.
Bir cho’michli ekskavatorlar ikkita asosiy qismdan tashkil topgan: pastki yurish
qismi va yuqorigi burilish qismi.
Yurish qismi mashina og’irligini va ish vaqtida hosil bo’ladigan qo’shimcha
og’irliklarni
qabul qilib zaminga uzatadi, hamda ekskavator harakatlanishini
ta’minlaydi.
Burilish qismi kuch berish qismlari, mexanizmlar
va ishchi uskunalari
joylashgan buriluvchi platformadan tashkil topgan.
Buriluvchi platforma tayanch-burilish qurilmasi orqali yurish ramasiga o’tiradi
va vertikal o’qda gorizontal tekislik bo’ylab burilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Buriluvchi platformaning gorizontal tekislikda burilish burchagiga bog’liq ravishda
ekskavatorlar to’liq buriluvchi yoki to’liqsiz buriluvchi deb ataladi. Ochiq kon
ishlarida ishlatilayotgan barcha bir cho’michli ekskavatorlar to’liq buriluvchi
ekskavatorlardir.
Ochiq kon ishlarida ishlatiladigan bir cho’michli
ekskavatorlar ishchi
uskunalarining turlari asosan – to’g’ri kurakli ekskavator va draglayndir. Ba’zi
hollarda teskari kurakli ekskavator, greyfer va strug ishlatiladi.
To’g’ri kurakli ekskavatorlarning asosan to’rtta turi ishlab chiqariladi:
suriladigan rukoyat
bilan kuch beruvchi, tirsak-richag bilan kuch beruvchi,
“Superfront” ishchi uskunasi bilan kuch beruvchi va gidravlik kuch beruvchi
ekskavatorlar.
2.11. To’g’ri kurakli suriladigan rukoyat bilan kuch beruvchi –EKG-5A
ekskavatori
To’g’ri kurakli suriladigan rukoyat bilan kuch beruvchi –EKG-5A
ekskavatorining tuzilishini ko’rib chiqamiz (rasm-25). Ekskavator ishchi
uskunalardan, kuzov 1 bilan birga buriluvchi platforma 14 va gusenitsali 16 yurish
organidan tashkil topgan.
Ekskavator ishchi uskunalariga cho’mich 9, strela 5 va rukoyat 12 kiradi.
Cho’mich tagidan ochiluvchi. Strela platformaga
tayanchli sharnir orqali
o’rnatilgan va ikki oyoqli ustun 2 ga kanat 5 yordamida burchak ostida tortib
qo’yiladi.
Cho’mich kon jinsini qamrayotganda buriluvchi platformada joylashgan
ko’taruvchi baraban yordamida kanat 7 orqali ko’tariladi.
Rukoyat 12 ni zaboyga surish ya’ni rukoyatga
kuch berish uchun kuch
berish mexanizmidan foydalaniladi. EKG-5A ekskavatori tishli-reykali kuch berish
mexanizmi 4 ga ega bo’lib strelada joylashgan. Tishli reyka rukoyat pastki
tomoniga mahkamlangan. Kuch beruvchi shesternya esa kuch beruvchi valga
joylashtirilgan. Rukoyat kuch beruvchi val o’qida
burilish imkoniyatiga ega
bo’ladi.
25-rasm. EKG-5A ekskavatorining umumiy ko’rinishi
Buriluvchi platformada ko’tarish barabanidan tashqari burish mexanizmlari,
kuch berish uskunalari va ekskavatorni boshqarish mexanizmlari joylashgan.
Buriluvchi platforma rolikli aylana yordamida tishli venets 17 o’rnatilgan
yurish telejkasi ramasiga o’tiradi va 360 gradusga burilish imkoniyatiga ega
bo’ladi.
Tishli-reykali kuch berish mexanizmi bilan PO «Uralmash» (Rossiya)
zavodida ishlab chiqarilgan ekskavatorlar jihozlangan. EKG-8I, EKG-12,5 kabi
ekskavatorlar esa ‘O «Ijorskiy zavod» (Rossiya) zavodida ishlab chiqariladi va ular
kanatli kuch berish mexanizmi bilan jihozlanadi.
Ushbu ekskavatorlarda
rukoyatning oldinga va orqaga harakati kanat yordamida bajariladi. Kanatni tortish
platformada joylashtirilgan lebedka, rukoyat va strelada joylashtirilgan yarim blok
va bloklar orqali amalga oshiriladi.
Tirsak-richagli kuch beruvchi ekskavatorlarda rukoyat strela bilan kinematik
bog’lanmagan bo’lib strela ustunlari oralig’ida harakatlanadi.
2.12. To’g’ri kurakli «Superfront» ishchi uskunali ekskavatori
«Superfront» ishchi uskunalariga ega bo’lgan ekskavatorlarda cho’michning
ishchi trayektoriyasi uchta mexanizm (ko’tarish, kuch berish va burish) ning o’zaro
ta’siri natijasida amalga oshiriladi. Ishchi uskuna cho’mich, rukoyat va streladan
tashkil topgan. Ko’tarish mexanizmi ko’tarish lebedkasi 16, kanat 7 va bloklar 8,9
dan tashkil topgan. Kuch berish uchun ikkita gidrosilindr 14 lar xizmat qiladi.
26.-rasm. «Su’erfront» ishchi uskunariga ega bo’lgan ekskovator kinematik
sxemasi
Karyer gidravlik ekskavatorlari