Reja: 1 Bir cho’michli ekskavatorlar konstruktiv



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana29.11.2022
Hajmi0,82 Mb.
#875019
1   2   3   4
Bog'liq
бир чом

 
- bir balkali yumaloq kesim yuzali; 

- ikki balkali quvur shakldagi 
Bir balkali rukoyat balkasining (30-rasm, 
A) 
oldingi uchiga quyma yasalgan 
uchlik 5 payvandlanadi. Uchlikka cho’mich tagini ochuvchi mexanizm valikini 


o’rnatish uchun kronshteyn 7 o’rnatiladi. Kuch berish va qaytarish kanatlari 1 va 6 
yarim bloklari orqali rukoyatni oldinga yoki orqaga suradi. Balkada o’rnatilgan 
oldingi 4 va orqa 2 tirgaklar rukoyatning surilish yo’lini chegaralaydi. Orqa tirgak 
so’ndiruvchi apparat 8 korpusiga o’rnatilgan. So’ndiruvchi apparat rukoyat balkasi 
zaboy tomonga oxirigacha surilganda kuch berish mexanizmiga beriladigan zarb 
energiyasini so’ndirishga xizmat qiladi. Yechiladigan burchaklar ugolki 

lar 
kanatlarning yarim blok yo’lakchalaridan chiqib ketishiga to’sqinlik qiladi.
 
Ikki balkali tashqi rukoyat strelani tashqaridan qamrab o’tadi va egarli 
podshipnikning ikkita yo’naltiruvchi uyachalari orqali o’tadi. Ushbu yo’naltiruvchi 
uyachalar kuch berish valida strela konstruksiyasi tashqarisiga o’rnatiladi. 
Ikki balkali rukoyat (30-rasm, 
b)
bir uchlari quyma uchlik 2 bilan 
tutashtirilgan ikkita parallel balka 1 dan tashkil topgan.
Balka ustki qoplamasi 3 bo’ylab egarli podshipnik polzunlari sirpanadi. 
Qoplamalar yedirilganda ularni almashtirish mumkin. Balkaning ostki qismiga 
tishli reykalar 4 payvandlanadi. Rukoyat cho’mich bilan kronshteyn 5 va uzunligi 
o’zgaradigan tyag bilan bog’lanadi. 
Ko’pgina mexanik ekskavatorlar rukoyatlari balkalari tyag o’rniga 
gidrosilindrlar bilan jihozlangan bo’lib, bu konstruksiya cho’michning qiyalik 
burchagini o’zgartirish imkonini beradi (EKG-4U, EKG-8I).
Gidrosilindrlar ekskavator mashinistining masofadan turib tishlarning kesish 
burchagini cho’mich harakatining trayektoriyasi bo’yicha o’zgartirish imkonini 
beradi. Cho’michning o’rnatilish burchagi gidrosilindr shtoklarining surilishi 
hisobiga rukoyat o’qiga nisbatan 34-79

oraliqda o’zgartirilishi mumkin. 
Gidrosilindrlar nasos yoki gidro-pnevmatik akkumlyatorlarning energiyasi 
yordamida ishga tushiriladi. 
Cho’mich.
 
Mexanik 
kuraklar 
cho’michlari 
konstruksiyalari 
ishga 
belgilanishiga, uning tayyorlanish usuliga va yukdan bo’shatish usullariga bog’liq 
holda turli ko’rinishlarda ishlab chiqarilgan. To’g’ri kuraklar cho’michlari 
rukoyatga o’rnatilish usuliga qarab ikki guruhga bo’linadi: sharnirli va mustahkam 
bog’langan. Birinchi guruhdagi cho’michlar ko’pchilik karyer ekskavatorlarida 
mavjud. Ikkinchi guruhdagi cho’michlarning orqa devori rukoyatning cho’mich 
mahkamlanadigan otlivkasi hisoblanadi. 
Ekskavator cho’michlari ishga belgilanishiga qarab og’ir, o’rtacha va yengil 
turlariga ajratiladi. Bu cho’michlar mos ravishda og’ir, o’rtacha va yengil kon 


jinslarini qazib olish uchun, hamda ko’mirni qazib olish va yuklash uchun xizmat 
qiladi. 
Cho’michlarning turlari va hajmiy qatorlari 4 m
3
va undan katta hajmlarda 
ishlab chiqariladi. Rossiyada o’rnatilgan OCT 24.072.06—80 ga asosan 
cho’michlarning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: KOPL – juda yengil jinslar 
uchun (zichligi1,6 t/m
3
gacha); KPL – yengil jinslar uchun (zichligi1,6 t/m
3
dan 2 
t/m

gacha); KPS – o’rtacha jinslar uchun (zichligi 2 t/m
3
dan 2,5 t/m

gacha); KPT 
– og’ir jinslar uchun (zichligi 4 t/m

gacha). Cho’michlarning ishga belgilanishi 
uning tayyorlanish texnologiyasini aniqlaydi. 
31-rasm. 
Payvand-quyma cho’mich 
(a) 
va cho’mich 
tag qismi (b) 
Og’ir sharoitlarda ishlatish uchun (rudani, qattiq jinslarni yuklash va 
boshqalar) quyma cho’michlar, yengil jinslar uchun esa payvand cho’michlar 
qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan va ko’p ishlatiladigan cho’michlar payvand-
quyma usulda yasalgan cho’michlardir. 
Rossiyaning Ijorskiy zavodida payvand-quyma usulida ishlab chiqarilgan 8-
10 m
3
hajmdagi cho’mich quyidagi qismlardan tashkil topgan: korpus 1, tag qism 
2, travers 3, beshta tishlari va tag qismini ochuvchi-yopuvchi mexanizm 5. 
Cho’mich korpusi to’rtta quyma qismlar chetlarini bir-birlariga payvandlash 
orqali birlashtirishdan hosil qilinadi. Korpusning oldingi devori ko’proq 
yedirilishga ishlaganligi sababli 110G13L yuqori marganetsli po’latdan 
tayyorlanadi. Orqa devor esa past uglerodli po’latdan yaxlit quyma holatda 
tayyorlanadi. Orqa devor chetlari ikki yon devor chetlari bilan payvand usulida 
birlashtiriladi.
Orqa devor rukoyat bilan ulanishi uchun 6 zo’g’ota va tag qismini ochish va 
cho’mich traversini qotirish uchun 7 zo’g’ota mavjud. 


Tag qism zulfin yo’naltirgichi 1 va kronshteyn bilan birga 110G13L 
po’latidan quyiladi. Kronshteynga tag qismini tutib turish uchun balka 5 
mahkamlanadi. Zulfin richag 6 va zanjir 7 orqali tortiladi. Zulfinning surilish 
o’lchami palets 9 ga kiydirilgan shayba 8 bilan moslashtiriladi. 
Cho’michlar yukni bo’shatish usuliga ko’ra tag qismi erkin ochiluvchi 
(mayatnikli tabaqali), jag’simon ochiluvchi va ag’darilish bilan yuk bo’shatuvchi 
turlariga bo’linadi. To’g’ri kurakli ekskavatorlar cho’michlarida eng ko’p tarqalgan 
turi birinchi konstruksiyadagi cho’michlar bo’lib, yukni bo’shatish uchun eng kam 
harajat va kuch sarf qilinadi. Ikkinchi turdagi konstruksiyali cho’michlar to’g’ri 
kurakli gidravlik ekskavatorlarda keng tarqalgan. 
Zamonaviy mexanik ekskavatorlar cho’michlari orqa devori oldingi 
devoriga nisbatan past. Oldingi devor kon jinslarini yaxshi qamrashi uchun va 
cho’michni samarali to’ldirishi uchun tekis yoki katta radiusli silindr shaklida 
yasaladi. Qattiq jinslarda ishlatilishga mo’ljallangan cho’michlarning oldingi 
devori nisbatan aylana shaklda ishlab chiqariladi. Oldingi devor yuqori qirrasi 
yuqori marganetsli po’latdan quyma bo’g’ot ko’rinishida yasaladi. Bu cho’mich 
oldingi qirrasining mustahkamligini va uzoq ishlash muddatini oshiradi.
Bir cho’michli ekskavatorlar ishchi mexanizmlari turlari va ularning 
ishlash prinsipi 
Ekskavator platformasida ko’tarish, tortish va burilish mexanizmlari 
lebedkalari va yuritmalari joylashadi. 
To’g’ri kurakli ekskavatorlarda cho’michga zo’riqma kuchini berish kuch 
berish mexanizmlari yordamida bajariladi. Kuch berish mexanizmi yuritmasidan 
hosil qilinuvchi kuch kanatli-polispast tizimi yoki tishli-reykali mexanizm 
yordamida egarli podshipnik orqali suriluvchi cho’mich rukoyatiga uzatiladi. 
Kuch berish mexanizmining strelada joylashishi ekskavator burilish 
qismining inersiya momentini va ag’darilish momentini va natijada posangi 
og’irligini oshiradi, bu esa o’z navbatida cho’mich sig’imini yoki qamrash 
radiusini kamaytirishni talab etadi. Buriluvchi platforma bilan birga aylanayotgan 
massalar radiusi va inersiyasining dinamik momenti oshishi natijasida burilish 
mexanizmi detallaridagi inersion yuklamasi ortib ketadi. Bunday holatda 
platformaning tezlanish va tormozlanish vaqti oshadi, natijada ish sikli 
davomiyligi ko’payadi.


Kanat-polispast tizimida kuch beruvchi ekskavatorlarda kuch berish 
mexanizmining lebedkasi burilish platformasida joylashadi (EKG-10 va boshqalar). 
Strelada esa faqat yo’naltiruvchi bloklar va egarli podshipnik joylashadi.
Tishli-reykali kuch berish tizimi juda og’ir sharoitlarda ishlatiladigan ekskavator 
modellarida ishlatiladi.
Tirsak-richagli kuraklarda zo’riqma kuchi yuritish mexanizmidan kuch beruvchi 
shtanga orqali rukoyatga uzatiladi. Kuch beruvchi shtanga rukoyat va tebranuvchi ustun 
bilan umumiy sharnirda birlashgan egarli podshipnikda harakatlantiriladi (suriladi). 
Bunday holda mexanizm yuritmasi ( dvigatel va reduktor) ikki oyoqli ustunda yoki 
buriluvchi platformada joylashadi (EVG-35.65M). Kuch beruvchi balkaning siljishi 
kanatli-polispast tizimida yoki tishli-reykali tizimda amalga oshiriladi. 
32-rasm. EKG-5A ekskavatori strelasining yig’ilgan tasviri: 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish