43
va tsivilizatsiyasining muhim elementini tashkil etadi. Uning rivojlanishi barcha
bosqichlarda fan-texnika taraqqiyoti darajasi, madaniyat va san’atning holati, siyosiy tuzum
va ijtimoiy institutlar - bir so’z bilan aytganda, ijtimoiy-tarixiy jarayonni shakllantiruvchi
barcha narsalar bilan bog’liq bo’lgan.
Barcha davrlarda kartaning tili nafaqat makon-zamon axborotni saqlash va uzatishni
ta’minlagan, balki Yer to’g’risidagi fanlar va u bilan bog’liq fan sohalarida umumiy til rolini
o’ynagan.
Kartografiyaning avtomatlashishi va kompbyuterlashishi bilan bog’liq holda karta
tiliga e’tibor ayniqsa kuchaydi. Kartosemiotik nuqtai nazardan kartaning tili toifalari va
elementlari, uning grammatikasi va tuzilishi, amal qilish mexanizmlari, belgilarni ishlatish
qoidalari o’rganiladi. Umumiy semiotika, mashina grafikasi, badiiy dizayn va qabul qilish
psixologiyasi bilan chambarchas bog’liq bu tadqiqotlar aniq amaliy yo’nalishga ega - ular
elektron kartalar sifatini oshirishga qaratilgan.
Tadqiqotlar ko’rsatishicha, karta tilida hech bo’lmaganda ikki qatlam (til osti) ni
ajratish mumkin: ulardan biri kartalashtirilayotgan obyektning joylashishi, uning makondagi
shakli, orientatsiyasini, boshqasi - bu hodisalarning tarkibiy mazmuni, ularning ichki
tuzilishini, sifat va miqdor tavsiflarini aks ettiradi. Ikkala qatlamlarning grammatikasi
kartografik semiotika qoidalari bilan aniqlanadi.
Kartaning tili - bu kartografiyaning obyekt tilidir. Uning asosiy funktsiyalari (umuman
kartografiya kabi) - kommunikativlik, ya’ni karta yaratuvchisidan o’quvchiga ayrim
hajmdagi axborotni uzatish va bilish - kartalashtiriladigan obyekt haqida yangi bilimlarni
olish.
Karta tili sohasidagi intensiv ishlanmalar kartografiya nazariyasida alohida til (yoki
karta tili) kontseptsiyasi shakllanishiga olib keldi, unga muvofiq kartografik tasvir alohida
matn sifatida qaraladi. Boshqacha aytganda, karta karta tilida yaratilgan tasvirdir. Ushbu
kontseptsiya tarafdorlari hattoki aynan karta tilini ishlab chiqish hamda uning xususiyatlari
va funktsiyalarini tadqiq qilish kartografiyaning fan sifatidagi mazmunini tashkil etadi, deb
hisoblashadi. Ehtimol, bunday nuqtai nazar kartografiyaning fan sifatida karta tili rolini
ancha oshirar, biroq, shubhasiz, bu jarayonning ahamiyatini ifodalaydi. Har qanday holatda
til konsepsiyasi tarafdorlarining asosiy fikri odilona ekanligini ta’kidlash joiz, chunki
kartaning tili - bu kartografiyaning mavjud bo’lish shaklidir.
10.3.
Kartografik belgilar, ularning funksiyalari
Do'stlaringiz bilan baham: