Razgrafka yoki karta kesimi bu ko’p varaqli kartani varaqlarga ajratish tizimidir


Ma’ruza 11. Kartalarda voqea-hodisalarni belgilar usulida tasvirlash



Download 4,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/23
Sana25.11.2022
Hajmi4,28 Mb.
#872232
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Ma’ruza 11. Kartalarda voqea-hodisalarni belgilar usulida tasvirlash
 
55
 
Reja: 
11.1.
Belgilar usuli va uning mohiyati 
11.2.
Belgilarning asosiy turlari 
11.3.
Voqea-hodisalarni kartada belgilar usulida tasvirlashning ahamiyati 
Tayanch iboralar: shartli belgilar, belgilar usuli, geometrik belgilar, harfli 
belgilar, ko 'rgazmali belgilar, legenda. 
11.1. Belgilar usuli va uning mohiyati 
Belgilar alohida tasvirlash usuli sifatida karta masshtabida ifodalanmaydigan yoki 
kartografik belgiga qaraganda kam (kichik) maydonni egallaydigan obyektlami o’rnashgan 
joyini ko’rsatish uchun va umuman aniq (konkret) punktlarga joylashtirilgan hodisalarni 
tasvirlab berish uchun qo’llaniladi. Masalan, topografik kartalarda belgilar bilan joydagi 
predmetlar; kilometr va yo’l ko’rsatkichlari, yakka o’sgan orientir ahamiyatiga ega bo’lgan 
daraxt (lar), radiomachtalar va hokazo. Mayda masshtabli mavzuli va umumgeografik 
kartalarda belgilar obyektlarni o’rnashgan joyini va turini ko’rsatishdan tashqari ko’pincha 
boshqa funktsiyalarni ham bajaradi. Masalan, obyektni miqdor ko’rsatkichlarini 
(katta-kichikligini), ahamiyatini, uni vaqt mobaynida o’zgarishini va hokazolarni 
tavsiflaydi. Masalan, aholi punkti belgisi shu punktdagi aholi joylanish tipini (shahar, 
shahar tipidagi posyolka, qishloq), aholi 
sonini, 
shuningdek 
ushbu 
punktni 
ma’muriy 
ahamiyatini 
ko’rsatishi 
mumkin. Shuningdek, belgilarni sanoat 
va qishloq xo’jalik korxonalarini, foydali 
qazilma konlarini tasvirlash uchun ham 
qo’llash mumkin. 
2.
Belgilarning asosiy turlari 
O’zining shakliga ko’ra ular uchta 
turga-geometrik, harfli va ko’rgazmali 
belgilarga bo’linadi. 
1-rasm. Belgilar usuli va ularning 
turlari: 
a- geometrik; b- harfli; v- badiiy 
(simvolik); g- strukturali; d- alohida- 
alohida ajratib berilgan; ye- o’sib


56
 
boradigan belgilar 
Geometrik belgilar aylana (doira), kvadrat, 
uchburchak, romb, to’rtburchak 
va boshqa shu kabi geometrik shakllarga ega bo’ladi 
(22-rasm, a). Ular chizish uchun qulay, oddiy, 
legenda bo’yicha yaxshi tanib olinadi, nisbatan kam 
joyni egallaydi, obyektni joylashgan o’rnini aniq 
ko’rsatadi, o’lchami bo’yicha oson taqqoslanadi. 
Elementar geometrik figuralarni soni unchalik ko’p 
emas, lekin belgilar uchun har xil ranglardan 
foydalanib va ularni ichki rasmlarini ko’rinishini 
o’zgartirib ularni sonini ko’paytirish mumkin (2- 
rasm). 
2-rasm. Ichki strukturasi bo’yicha farqlanadigan eng oddiy geometrik belgilar 
(E.Arnberger bo’yicha) 
Harfli belgilar - bu tasvirlanayotgan obyekt yoki hodisa nomini bitta yoki ikkita 
boshlang’ich harflaridir (1-rasm, b). Masalan, temir va fosfor rudalari uchun Fe va P. Harfli 
belgilarni qo’llash nisbatan chegaralangan, chunki ular obyektlarni aniq joylashgan o’rnini 
ko’rsatmaydi, kartani har xil harflar bilan to’ldirib tashlaydi, o’lchami bo’yicha yomon 
taqqoslanadi. Agar harflar birorta geometrik figurani, masalan, kvadratni ichiga olib 
yozilgan bo’lsa, ularni o’lchami bo’yicha bir-biriga taqqoslash va joylashtirish ancha 
yengil bo’ladi, bunday holda ikkala tipdagi belgilarni yaxshi tomonlari uyg’unlashadi. 
Kartada tasvirlanmoqchi bo’lgan voqea va hodisalarning nomlarini bosh harf- lari 
yoki kimyoviy belgilari bilan ifodalanadi; Foydali qazilmalardan alyuminiy Al, oltin Au, 
kaliy K deb yoziladi. Lekin harfli belgilarni ko’p ishlatib bo’lmaydi, chunki harflar 
yordamida faqat obyektlarning o’rni aniqlansa ham, ularning miqdorini aniqlab bo’lmaydi. 
Miqdorini aniqlash uchun doiraga tushirib tasvirlash mumkin. Bu usul ko’proq qazilma 
boyliklar kartalarida foydalaniladi. 
Ko’rgazmali belgilar - rasmi bo’yicha tasvirlanayotgan obyektlarni esga soladi. 
Ularni ichida ramziy (simvolik) va naturalistiklarini (asliga qarab olingan) ajratiladi 
(1-rasm, v). Ramziy belgilarni shakli tasvirlanayotgan obyekt bilan birorta bir-birini 
eslatadigan o’zaro bog’lanish borligini ko’rsatadi. Masalan, shahar planida teatr binosi 
joylashgan yerni maska bilan belgilash va hokozo. Naturalistik belgilar, masalan traktor 
ishlab chiqaradigan zavodlarni ko’rsatish uchun traktorni rasmi (surati)dan foydalaniladi. 
Bunday belgilar obyektlarni taqqoslash va joylashtirish uchun qulay emas. Lekin ular 
ommaviy nashrlarda, masalan targ’ibot va tashviqot maqsadlarida ishlangan 
karta-plakatlarda uchrab turadi. Tanlangan belgilar uzoqdan ko’zga tashlanib turishi, 
tushunarli (hammabop) va uzoq masofadan turib idrok qilinadigan bo’lishi kerak. 
Obyektlarni nisbatlarini belgilarni o’lchami (katta-kichikligi) orqali berish har xil asosda 
amalga oshirilishi mumkin (1-rasm, g, d, ye).


57
 

Машиностроение и 
металлообработка
О
©
Химическая
о
О Деревообрабатывающая
©
©
Целлюлозно-бумажная
о
©
Лесохимическая
*
©
Производство
строительных
материалов
*

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish