29
2.3. Kartografik proeksiyaning tashqi ko’rinishi, ramkalari va
komponovkasi
Razgrafka yoki karta kesimi - bu ko’p varaqli kartani varaqlarga ajratish tizimidir.
Ko’pincha razgrafkaning 2 turi ishlatiladi: trapetsiyasimon (varaqlar chegarasi bo’lib,
meridianlar va parallellar xizmat qiladi) va to’g’ri burchakli (bir xil kattalikdagi to’g’ri
burchakli yoki kvadrat varaqlar ajratiladi).
Ko’p varaqli kartani alohida varaqlarga bo’linishiga razgrafka deyiladi. Ko’p varaqli
kartani alohida varaqlarini ma’lum sistema bo’yicha belgilashga nomenklatura deyiladi.
Topografik kartalar varaqlarining razgrafkasi va nomenklaturasi 1:1 000 000 masshtabdagi
xalqaro kartaning razgrafkasiga va nomeklaturasiga asoslangan. Xalqaro nomenklatura
sistemasi 1909 yilda London va 1913 yilda Parij shaxarlarida o’tkazilgan Xalqaro geografik
kongresslarda qabul qilingan.
Minglab varaqlarni o’z ichiga olgan davlat topografik va mavzuli kartalari har bir
mamlakatda standart razgrafkaga ega bo’ladi. Masalan, Rossiyada topografik kartalar
razgrafkasi asosiga 1 : 1 000 000 masshtabli karta qo’yilgan bo’lib, uning istalgan varag’i
mos ravishda 6 va 4° orqali o’tkazilgan meridianlar va parallellar bilan chegaralangan
trapetsiyadan iborat. Yanada yirikroq masshtabli kartalar razgrafkasi millionli kartani
qismlarga bo’lib olinadi. Millionli kartaning bir varag’ida 1 : 500 000 masshtabli kartaning
to’rtta varag’i, 1 : 200 000 masshtabli kartaning 36 varag’i bo’ladi
a) 1 : 1 000 000 masshtabli kartaning razgrafkasi sxemasi; b) 1 : 500 000 va 1 : 200
000 masshtabli kartalar varaqlaridagi N-36 varaq razgrafkasi. N-36-A va N-36-XX varaqlar
shtrixlangan.
1 : 2 500 000 masshtabli xalqaro karta uchun alohida razgrafka usuli qo’llanilgan
(2-rasm). Yer shari yuzasi oltita zonaga (ekvatorda shimolga va janubga uchtadan)
ajratilgan. To’rtta zona teng oraliqli konusli proyeksiyada, ikkita qutbyoni zonasi esa teng
oraliqli azimutal proyeksiyada berilgan. Karta 224 ta asosiy varoq hamda alohida kompakt
rayonlar va mamlakatlarni yaxlit tasvirlash uchun 38 ta qoplash varaqlarini o’z ichiga oladi.
30
To’g’ri burchakli razgrafkada karta bir xil formatdagi varaqlarga kesiladi, bu kartani
chop etish, ulami umumiy ramkaga joylashtirish, kleylash yoki broshyurovka qilishda qulaydir.
Ayrim hollarda kartadan foydalanishda qulaylik bo’lishi uchun razgrafka varaqlarni
ko’proq yoki kamroq qoplash bilan beriladi. Masalan, dengiz navigatsiya kartalari kattaligi 10
sm gacha qoplanadi (3-rasm) - bu aralash varaqlarda kema kursi qulayligi uchun qilingan.
Razgrafka bilan nomenklatura, ya’ni ko’p varaqli karta seriyalarida varaqlarni izohlash
tizimi bevosita bog’liqdir. Topografik va obzor-topografik kartalar uchun milliondan
boshlanadigan va izchil ko’payuvchi yagona davlat nomenklatura sistemasi o’rnatilgan.
Mavzuli kartalar nomenklaturasi topografik kartalar nomenklaturasi bilan mos kelishi yoki
ixtiyoriy bo’lishi mumkin. Masalan, 1 : 2 500 000 masshtabli Rossiyaning qo’shni davlatlari
bilan gipsometrik kartasi varaqlari tartib raqamlari bilan beriladi.
Razgrafka sxemasi, odatda, maxsus to’plam varaqda berilib, unda ko’p varaqli karta
egallagan hudud konturi, alohida varaqlarga ajratilishi va bu varaqlarning nomenklaturasi
ko’rsatiladi.
Razgrafkaga mos ravishda karta ramkalari shakli ham o’zgaradi: ular trapetsiyasimon
yoki to’g’ri burchakli bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, karta ramkalari doira (masalan, yarim
sharlar kartalari uchun) va ellipslar (psevdosilindrik proyeksiyalardagi dunyo kartalari uchun)
shaklida berilishi mumkin.
Bevosita kartografik tasvirni chegaralovchi ichki ramka, kenglik va uzunlik bo’yicha
gradus va/yoki minutli ajratish ko’rsatilgan gradusli va minutli ramkalar, shuningdek, butun
kartani egallagan, boshqa barcha ramkalarni qamrab olgan va dekorativ ahamiyatga ega tashqi
ramkani ajratish qabul qilingan.
Topografik kartalarni varaqlarga bo’lish, hamda bu varaqlarni belgilash, ya’ni ularga
nom berish sistemasi nomenklatura deyiladi.
Topografik kartalarining nomenklaturasi 1:1000000 masshtabli karta nomenklaturasiga
asoslangan. 1:1000000 masshtabli karta varag’ining o’lchami meridian bo’yicha 4° va parallel
bo’yicha 6° ga teng. Kartaning varaqlariga nom berish uchun ekvatordan qutblarga tomon 4°
dan parallel o’tkazilib - qator, 180° li meridiandan boshlab 6° dan meridianlar o’tkazilib -
kolonnalar hosil qilinadi.
Qatorlar ekvatordan qutblarga tomon lotin alvafitining bosh xarflari (A dan Z gacha),
kolonnalar esa 180° li meridiandan boshlab 1 dan 60 gacha arab raqamlari bilan belgilanadi.
Shunda 1:1000000 masshtabli karta har bir varag’ining nomenklaturasi qatorni belgilovchi harf
31
va kolonna nomerini ko’rsatuvchi raqamdan iborat bo’ladi. Masalan, Toshkent shahri
joylashgan varaq (trapetsiya) ning nomenklaturasi K-42 bo’ladi.
1:500000
masshtabi
karta
varag’ining nomenklaturasini keltirib
chiqarish uchun 1:1000000 masshtabli
karta varag’ini 4 teng bo’lakka
bo’lamiz.
1:200000
masshtabli
karta
nomenklaturasini keltirib chiqarish
uchun 36 teng bo’lakka bo’lib I -
XXXVI gacha belgilab olamiz.
1:300000
masshtabli
karta
varag’ining nomenklaturasini keltirib
chiqarish uchun 1:1000000 masshtabli
karta varag’ini 9 ta teng bo’lakka
bo’lamiz I - IX gacha belgilab olamiz.
1:100000
masshtabli
karta
varag’ini nomenklaturasini keltirib
chiqarish uchun, 1:1000000 masshtabli
karta varag’ini 144 teng bo’lakka
bo’lamiz va 1-144 belgilab olamiz.
1:100000 masshtabli topografik
kartaning nomenklaturasi barcha yirik mashtabli topografik kartalar va planlarning
nomenklaturasi uchun asos qilib olingan.
1:50000 masshtabli karta varag’ini
nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun
1:100000 masshtabli karta varag’ini 4 ta teng
bo’lakka bo’lamiz; (A, B, V, G) - K- 42-102-B.
1:25000 masshtabli karta varag’ini
nomenklaturasini
keltirib
chiqarish
uchun
1:50000 masshtabli karta varag’ini 4 ta teng
bo’lakka bo’lamiz; (a, b, v, g) - K-42- 102-B-b.
1:10000
masshtabli karta varag’ini
nomenklaturasini
keltirib
chiqarish
uchun
1:25000 masshtabli karta varag’ini 4 ta teng
bo’lakka bo’lamiz (1, 2, 3, 4) - K-42- 102-B-b-3.
32
1:5000 va 1:2000 nomenklaturasi 1:100000 - 256 ta teng bo’lakka bo’lsak - 1:5000
kelib chiqadi. (K-42-102 (132));
1:2000 ni keltirish uchun 1:5000 ni 9 ta teng bo’lakka bo’lamiz ( a, b, v, g, d, ye, j, z, i)
K-42-102 (132-d).
33
Karta masshtabi
Kenglik
Uzunlik
Nomenklatura
1:1000000
4°
6°
K-42
1:500000
2°
3°
K-42-G
1:300000
1°20'
2°
K-42-IX
1:200000
40'
1°
K-42-XX
1:100000
20'
30'
K-42-102
1:50000
10'
15'
K-42-102-B
1:25000
5'
1'30"
K-42-102-V-g
1:10000
2'30"
3'45"
K-42-102-V-a-3
1:5000
1'15"
1'52,5"
K-42-102(132)
1:2000
0'25"
0'337,5"
K-42-102(132-d)
7-rasm.
34
Mamlakatimizda topografik karta va planlar tuzish uchun, asosan, quyidagi
standart masshtablar qabul qilingan:
1:1 000 000; 1:500 000; 1:300 000; 1:200 000;
1:100 000; 1:50 000; 1:25 000; 1:10 000;
1:5 000; 1:2 000; 1:1 000; 1:500.
1:100 000 va undan maydaroq masshtabdagi karta varaqlarining
nomenklaturasi 1:1 000 000 masshtabdagi karta varag’ining ichida bo’ladi, 1:50 000
va undan yirikroq masshtabdagi karta va plan varaqlarining nomenklaturasi esa
1:100 000 masshtabdagi karta varag’ining ichida. 1:1 000 000 masshtabdagi bitta
varaqda 4 ta A, B, V va G harflari bilan belgilanadigan 1:500 000 masshtabdagi
karta varaqlari to’g’ri keladi, bu varaqlarning nomenklaturasi 1:1 000 000 varaq
nomenklaturasiga ushbu varaq harfi qo’shib yoziladi.
Quyidagi jadvalda 1:1 000 000 dan 1:2000 gacha masshtablardagi karta va planlar
nomenklaturasi va ular ramkalarining o’lchamlari berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |