Ozbekistonning


Karimov I. 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/64
Sana23.11.2022
Hajmi4,83 Mb.
#871016
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64
Bog'liq
Milliy g`oya va O`zbekistonning taraqqiyot

1 Karimov I. 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. — Т.: 0 ‘zbekiston. 1997. 320—321-betlar.
206


ga ega bo‘ldi. 2003-yil 29-mayda tashkilotning Moskva sammiti- 
da 2004-yilning yanvar oyidan ShXTning Pekindagi Kotibiyati 
va Toshkentdagi mintaqaviy antiterroristik tuzilmasining ijroi- 
ya qo'mitasi ish boshlashi borasida qaror qabul qilindi. Bugungi 
kunda yadroviy, kimyoviy, biologik, axborot terrorizmi kabi ho- 
disalarga qarshi kurashga zarurat tug‘ildi. Bu holatni hisobga ol­
gan holda, ShXT doirasida mintaqaviy xavfsizlik tahdidlarining 
oldini olish va ta’minlash maqsadida mintaqaviy xavfsizlik tizimi 
vujudga keltirildi.
0 ‘zbekiston xalqaro terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqa­
ro hamjamiyat bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Zero, xalqa­
ro terrorizmga qarshi kurash milliy va mintaqaviy xavfsizlikni 
ta’minlashda ustuvor hisoblanadi. 0 ‘zbekiston bu borada xalqaro 
huquq me’yorlariga asosan faoliyat olib borish pozitsiyasida tura- 
di. Shu sababli 0 ‘zbekiston Respublikasi 2000-yil 15-dekabr kuni 
«Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonun qabul qildi.
Mazkur qonunning 2-moddasiga ko‘ra, terrorizm «kuch ish- 
latish, tahdid solish va turli salbiy ta’sir ko‘rsatish bilan shaxs ha­
yoti, sog‘lig‘iga xavf solish va davlat va jamiyatning manfaatlariga 
tahdid solish»dir. U siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsad- 
larda amalga oshiriladi. Shu sababli bunday sharoitda davlatning 
kuch ishlatishdan tiyilishi mushkul.
Bugungi kunda 0 ‘zbekiston Respublikasining xalqaro may- 
donda olib borayotgan ko‘p tomonlama munosabatlarida xavfsiz­
likni ta’minlash masalasi markaziy o‘rinni egallaydi. 0 ‘zbekiston 
tashqi siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri mintaqaviy 
xavfsizlikni ta’minlash va uning barqarorligiga tahdid solayotgan 
terrorizm, narkobiznes, diniy ekstremizm kabi tahdidlarning har 
qanday ko'rinishiga qarshi qat’iy kurash olib borishdan iborat.
Bu jihatdan, 0 ‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72-sessiya- 
sidagi nutqi hech mubolag‘asiz, g‘urur va iftixor bilan aytish 
mumkinki, mustaqillikka erishganimizdan buyon o‘tgan qis- 
qa davr ichida mamlakatimizning dunyo hamjamiyatida mu-
207


nosib o‘rinni egallaganini yana bir bor yaqqol namoyon qildi, de- 
yishimiz uchun barcha asoslar bor.
0 ‘zbekistonning butun dunyodagi o‘rni va nufuzini yaqqol 
namoyon etgan ushbu nutq, bir tomondan, mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning maqsad-muddaolari va 
yo‘nalishlarini yaqqol ifodalagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, 
davlatimizning ichki va tashqi siyosat tamoyillari, boshqa davlat­
lar va xalqaro tashkilotlar, jum ladan BMT bilan munosabatlari 
aniq-tiniq belgilab berilgan, ulkan nazariy va amaliy ahamiyatga 
molik tarixiy hujjatdir.
Prezidentimiz nutqida mamlakatimizning jahon hamjami- 
yati bilan hamkorligi, 0 ‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ta­
moyillari va uning ustuvor yo‘nalishlari, ushbu tamoyillar asosi­
da amalga oshirilayotgan faoliyatning maqsad-muddaolari bilan 
bog‘liq masalalarga alohida ahamiyat qaratilgan. Darhaqiqat, 
ushbu hujjatga tayanib fikr yuritadigan bo‘lsak, 0 ‘zbekiston Res­
publikasining istiqlol yillaridagi taraqqiyoti va bugungi rivojlanish 
davrining eng muhim xususiyatlaridan biri, mamlakatimizning 
jahon hamjamiyati, uzoq va yaqin davlatlar bilan do'stona muno­
sabatlar o‘rnatib, o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillariga asos­
langan tashqi siyosat olib borayotganidir.
Bu tamoyillar davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmas- 
lik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, hududlar va chegaralar- 
ning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa dav­
latlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning 
umume’tirof etilgan qoidalariga tayanadi.
Shu bilan birga, Prezidentimizning 2017-yil 19-sentyabrdagi 
nutqida mamlakatimizning bu boradagi siyosatining ustuvor ta­
moyili quyidagicha ifodalab berildi: « 0 ‘zbekiston hech qanday 
blokka qo'shilmaslik maqomini saqlab qolgan holda, ochiq mu- 
loqotga tayyordir. Biz barcha sheriklarimiz bilan tinchlik, taraq­
qiyot va farovonlik yo‘lida hamkorlikni kengaytirishdan manfaat- 
dormiz».
208


Ushbu tayanch fikrga asoslanadigan bo‘lsak, bugungi 0 ‘zbe- 
kistonning tashqi siyosatida, unga mos ravishda, quyidagi muhim 
tamoyillar asos qilib olinganini ta ’kidlash lozim:
— milliy manfaatlar ustuvorligini saqlagan holda, boshqa dav­
latlar bilan o‘zaro tenglik asosida manfaatli hamkorlik qilish;
— xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlik, turli mamlakat- 
lardagi ziddiyatlarni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori bo‘lish;
— hech qanday harbiy bloklarga kirmaslik, shuningdek, mu- 
nozarali muammolarni kuch yoki kuch orqali tahdid qilish yo‘li 
bilan hal qilishdan tiyilish;
— tashqi siyosatning boshqa davlatlarning ichki ishiga ara- 
lashmaslik, teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillari- 
ga asoslangan holda amalga oshirilishi;
— ichki davlat me’yorlariga nisbatan xalqaro huquq me’yorla- 
rining ustuvorligini tan olish va barcha xalqaro huquq normalari 
va umuminsoniy andozalarga rioya qilish;
— uzoq va yaqin mamlakatlar bilan o‘zaro ishonch asosida, 
ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tashqi aloqalarni o‘rnatish va 
xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilish.
Mustahkam xavfsizlik, barqaror iqtisodiy taraqqiyot uchun 
qulay shart-sharoitlar yaratish, aholi turmush darajasini ko‘ta- 
rish, konStitutsion tuzum asoslarini mustahkamlash, millatlar 
axilligini, xalqlar do‘stligini ta’minlash, fuqarolar erkinliklari va 
haq-huquqlarini muhofaza qilish respublikamiz tashqi siyosati­
ning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Bu nuqtayi nazardan, 0 ‘zbekistonning jahondagi obro‘-e’tibori 
yuksalib borayotgani, eng avvalo, quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda:
— mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo‘li- 
da «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan oddiy va 
aniq-ravshan tamoyilga asoslangan demokratik islohotlarni amal­
ga oshirish natijasida qo‘lga kiritilayotgan ulkan ijobiy o‘zgarish- 
larning xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotgani;
— davlatimizning jahon ahliga yaxshi ma’lum bo‘lgan, bu- 
tun dunyoda, ayniqsa mintaqamizda barqarorlik va xavfsizlikni
209


mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarining amaliy samarasi- 
da o‘z ifodasini topayotgani;
— 
mamlakatimizning xalqaro siyosat maydonida olib borayot­
gan har tomonlama puxta ishlangan, chuqur o‘ylangan tashqi si­
yosatining amaliy natijalari yuksalib borayotgani.
Mustaqillik yillarida ana shu maqsadlarni ro‘yobga chiqa­
rish jarayonida jahon hamjamiyati bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish 
uchun tashqi siyosiy faoliyatning milliy mexanizmlari yaratil- 
di. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida diplomatiya, xalqa­
ro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida malakali kadrlar 
tayyorlashning davlat tizimi yaratildi. Tashqi aloqalar sohasini 
malakali milliy kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Jahon iqti­
sodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil etildi. Ko‘plab qonun­
lar, shuningdek, Konsullik ustavi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Har­
biy doktrinasi, 0 ‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik 
konsepsiyasi kabi muhim hujjatlar qabul qilindi.
0 ‘zbekiston tashqi siyosatining bosh tamoyili — mamlakat 
suverenitetini himoya qilish va ta’minlashdan iboratdir. Ushbu 
tamoyillar 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 17-moddasi hamda 
« 0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy ta­
moyillari to‘g‘risida»gi Qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Kon- 
stitutsiyaga binoan, 0 ‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosa­
ti davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik va kuch bilan 
tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, nizolarni tinch, 
muzokara yo‘li bilan hal etish, boshqa mamlakatlar ichki ishla- 
riga aralashmaslik, xalqaro huquqning boshqa davlatlararo tuzil- 
malariga a’zo bo‘lish, shuningdek, davlat va xalqning oliy m an­
faatlari, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqib bunday 
ittifoq va tuzilmalardan chiqishi mumkin.
Prezidentimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh As- 
sambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida davlatimiz tashqi siyosatining 
bugungi ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilarni belgilab berdi:

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish