M a’lumki H arakatlar strategiyasida fuqarolik jamiyati institut-
larini rivojlantirish sohasida aholi barcha qatlamlari manfaatlarini
aks ettiradigan fuqarolik institutlari va nodavlat notijorat tashkilot-
larini tashkil etish va samarali faoliyat yuritishi uchun institutsio-
nal, tashkiliy-huquqiy
baza yaratish, mazkur tashkilotlarni dav
lat va hokimiyat tuzilm alari faoliyati ustidan ta’sirchan nazoratini
amalga oshirishdagi rolini kuchaytirishga ham alohida e’tibor qa
ratilgan. M amlakatimizda demokratik bozor islohotlarini va iqti-
sodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish sohasida asosiy
e’tibor markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga bar
ham berish va bozor iqtisodiyoti asoslarini, avvalambor, qonunchi
lik bazasini shakllantirish uchun sharoit yaratish bo‘yicha dolzarb
chora-tadbirlarni ko‘rishga qaratilgani bejiz emas.
Mustaqillik davrida mazkur sohalarda erishilgan ulkan yu
tuq va natijalarni sarhisob qilib,
shu bilan birga, yutuqlarga mah-
liyo bo‘lib qolmaslik, xotirjamlik kayfiyatiga berilmaslik ham
da globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi
zamonda dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlar jarayonida egallab
turgan o‘rnimizni
xolisona va tanqidiy baholash, hayot talablari
ga javob berish, davr bilan hamqadam bo‘lish, istiqboldagi ustu
vor vazifalarni aniq-tiniq belgilab olish va ularni amalga oshirish
bo'yicha izchil choralarni ko‘rish masalalariga ushbu qo‘llanma-
da alohida o‘rin berilgan.
Qo‘llanmada 0 ‘zbekistonning hozirgi davrdagi strategiyasida
har tomonlama puxta o ‘ylangan, mamlakat milliy manfaatlariga
asoslangan tashqi siyosat strategiyasi shakllangani va jahon ham-
jamiyati tomonidan keng e’tirof etilib, mamlakatimiz obro‘-e ’ti-
borini mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlangan. Shu
bilan birga, 0 ‘zbekiston tashqi siyosiy
faoliyatining yangi mar-
ralarga chiqishi, mamlakatimizning hozirgi zamon xalqaro mu-
nosabatlar tizimidagi o ‘rni va rolini yanada mustahkamlash,
jahon siyosati va iqtisodiyotida yuz berayotgan shiddatli o‘zga-
rishlar davlatimiz tashqi siyosatining kontseptul asoslarini yana
da takomillashtirishni taqozo etmoqda.
227
Bu nuqtayi nazardan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning
2017-yil 19-sentyabrdagi Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasiining 72-sessiyasidagi nutqining mazmun-mohiyati-
ni o'rganish nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mazkur
qo'llanmada unga alohida mavzu bag‘ishlangan. Zero, 0 ‘zbekis-
tonning butun dunyodagi o‘rni va nufuzini yaqqol namoyon et
gan ushbu nutq, bir tomondan, mamlakatimizda amalga oshirila
yotgan islohotlar, ularning maqsad-muddaolari va yo'nalishlarini
yaqqol ifodalagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa,
davlatimizning
ichki va tashqi siyosat tamoyillari, boshqa davlatlar va xalqaro
tashkilotlar, jum ladan BMT bilan munosabatlari aniq-tiniq bel
gilab berilgan, ulkan nazariy va amaliy ahamiyatga molik tari
xiy hujjatdir.
Xullas, mamlakatimizning barqaror taraqqiyot tamoyillarini
yaqqol aks ettirgan 0 ‘zbekistonni rivojlantirishning 2017—2021-yil-
larga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiya-
ti va ahamiyatini har bir zamondoshimiz qalbi va ongiga singdi
rish bugungi ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizning asosiy yo‘nalishiga
aylandi. Bu esa,
aholining turli qatlamlari, ayniqsa, yosh avlod
tafakkurida mustaqil taraqqiyotimiz davomida erishilgan nati-
jalarni his qilib yashash, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan is-
lohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish borasidagi ishlarni
amalga oshirishda barchamizning zimmamizga ulkan mas’uli-
yat yuklaydi.
228