Reja:
Amaliy san'at haqida tushunchalar.
Xalq amaliy san'ati va uning turlari.
Amaliy san'at turlarining dizayn sohasidagi o'rni.
Amaliy san'atning O‘rta Osiyo davlatlaridagi o’tish bosqichlari.
XALQ AMALIY SAN'ATI VA DIZAYN
Amaliy san'at - bezak san'ati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo'lgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, o'yinchoqlar va boshqalar)ni badiiy ishlash bilan bog'liq ijodiy mehnat sohalarini o'z ichiga Oladi. Amaliy san 'at asarlari ko'z bilan ko'rish, his etish va anglashga mo'ljallangan. Amaliy san 'at asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini go'zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda o'zining ko'rinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta'sir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati bo'lgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning go'zalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining ko'pligi Amaliy san'atda estetik ta'sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalardir.
Amaliy san'at da narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi: 1) shakli oddiy, jo'n buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi; 2) shakli chiroyli qilib ishlanadi. Buyumda hosil bo'layotgan bezak uning obraz tuzilishiga ham sezilarli ta'sir etadi. Bezagi tufayli buyum Amaliy san'at asariga aylanadi, Amaliy san'atda bezak yaratishda naqsh bilan tasviriy san 'at (haykaltaroshlik, rangtasvir, ayrim hollarda grafika) qismlari (alohida yoki turlicha birikuvlari) keng qo'llaniladi. Ba'zan naqsh yoki tasvir buyumlarni shakllantiruvchi asosga aylanadi (panjara guli, to'r; gilam, mato gullari va h.k.). Amaliy san'at asarining uyg'unligi avvalo badiiy buyumning badiiy va amaliy vazifasining yagonaligida, Shakl va bezakning o'zaro birikuvida, tasvir va buyum tuzilishida namoyon bo'ladi.
Xalq amaliy san'ati va uning turlari. Uzbek xalqining ko'p asrlik tarixida xalq amaliy bezak san'ati turlari boy va rang-barang madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. Yaqin oÄmishda o'zbek amaliy bezak san'atining eng rivojlangan turlari bular ganchkorlik, yog' och, tosh va suyak o'ymakorligi, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo' zlik, gilamchilik, savatchilik, do'ppido'zlik, kulolchilik va boshqa turlari mavjud bo'lib, o' zigaxos bajarish texnologiyalari, usullariga qarab turli xil yo'nalishlar va maktablarga bo'lingan. Xalq amaliy san'atining o'ziga xos xususiyati shundaki undagi har bir tur va yo'nalish avloddan-avlodga meros bo'lib o'tadi va har bir ijod maktabining o'ziga xos ramziy ma'nolarni anglatuvchi belgilari mavjud
A maliy san'at turlarining dizayn sohasidagi o'mi. "Dizayn" so'zi italyancha "design" so'zidan olingan bo'lib, Renesans davrida loyiha, surat shuningdek asosiy ish g'oyasi degan ma'nolarni anglatgan. Keyinchalik XVIasrda Angliyada designo tushunchasi paydo bo'ldi, bizning kunimizga qadar etib keldi va rus tilida chizma, bezak, shuningdek loyihalash va yaratish ma'nosini anglatadi. XV-asrda minyatura va kitobot san 'ati, naqqoshlik kabi san'at sohalarida O'zbekistondan boshlanib XIX-asr oxirida ''Hunarmandchilikning san 'at bilan aloqasi me'moriy koshinkorlik, o'ymakorlik, kandakorlik xalq hunarmandchiligi san'atlari" degan mashhur harakatlar qisman olib borilgan, uning yo'lboshchilari mashhur ustalar, badiiy buyumlar ijodkorlari bo'lishgan. Xalq amaliy san'ati har bir soha dizayni bilan chambarchas bog'liq. Chunki biror bir narsaning yaralishida holl u buyum bo'lsin holl uy bezagi yokida libos bo'lsin albatta biror bir amaliy san'at turining ishtirokini ko'rish mumkin. Shunga binoan biz amaliy san'at va dizaynni quyidagi guruhlarga bo'lishimiz mumkin: amaliy san'at va arxitektura, amaliy san'at va interyer dizayn, amaliy san'at va libos dizayni va Ilk. Amaliy san'atning eng yorqin namunalarini arxitektura dizaynida ko'rishimiz mumkin. Hozirda qurilayotgan yangi bino va inshootlarning bezalish jarayonida amaliy san'atning ganchkorlik, o'ymakorlik, naqqoshlik turlaridan ulkan mahorat bilan foydalanilayotganini kuzatishimiz mumkin. Bu yo'nalishda nafaqat milliy-an'anaviy balki jahon dizayn maktablari uslublaridan ham foydalanilmoqda (l -rasm).
I -rasm 2-rasm
Ichki bezaklar yani interyer dizayn sohasida ham amaliy san'at bezaklarining yorqin namunalarini ko'rishimiz mumkin. Bu turda ayrim hollarda bezaklar haqiqiy tarixiy shaklda berilsa bazi hollarda zamonaviy ko'rinish usulida ham amalga oshirilayotganini kuzatish mumkin. Zamon talabiga binoan hozirda barcha bezaklar aynan qo'lda yaratilshi yaniki haqiqiy amaliy san'at uslubida olib borilshi urfbo'lmoqda (2-rasm).
Albatta amaliy san 'at va dizayn uyg'unligini biz eng ko'p hollarda kostum dizayni sohasida ko'rishimiz mumkin. Chunki ko'pchilik mashxur dizaynerlarning Ijod manbalari aynan amaliy san'at namunalri bo'lmoqda. Bunday ijod manbalariga biz zardo'zlik, kashtachilik, gilamdo'zlik va naqsh san 'atlarini misol keltirishimiz mumkin. Hozirda dizaynerlar o'z kolleksiyalarida aynan qo'l mehnatidan ko'proq foydalanishga va albatta milliy an'analarni yanada yuksaltirishga harakat qilmoqdalar. Nafaqat o'zbek dizaynerlari balki jahonning eng mashxur dizaynerlari kolleksiyalarida ham amaliy san'at bezaklarini hamda milliy matolarni ko'rishimiz mumkin (3-rasm).
3-rasm.
Bundan tashqarl yuqorida aytib o'tkanimizdek chet el dizaynerlarining ham kolleksiyalarida aynan xalq amaliy san'atidan foydalanilganini ko'rishimiz mumkin. Quyida rossiyalik mashxur dizayner Vicheslav Zaytsev ning kolleksiyasiga nazar tashlasak, unda milliy hunarmandchilikning kashtachilik va zardozlik turlaridan fo dalanil yanini ko'nshimiz mumkin (4-rasm).
4-rasm.
Mashhur dizayner V.Zaytsev fikricha, modelerlar o'z faoliyatida yangi mavzular-tarixga, xalq madaniyatiga, sandiqlarda changib yotgan bebaho milliy kiyim namunalariga, taqinchoqlariga murojaat qilib kelmoqdalar. O‘zbek xalqining amaliy me’morchilik san’ati o‘ziga xos boy an’analarga ega. Bizning davrimizga qadar yetib kelgan amaliy me’morchilik san’ati asarlari rang-barang va xilma-xildir. Bular kulollik buyumlari, ipakdan, jundan to‘qilgan gazlamalar, harxil gilamlar va palos-lar; yog‘och va metalldan ishlangan uy-ro‘zgor ashyolari, gul chekib o‘yilgan marmar tosh buyumlari, badiiy kashta bilan bezalgan so‘zanalar, guldor jiyaklar, zarhal kashtalar, turli xil do‘ppilar va boshqalardir.Amaliy san’atning bu qayd etilgan turlari har manzilning o‘ziga xos mahalliy xususiyatlariga ega bo‘-lib, shakl va naqsh bo‘yoqlarida aks ettiriladi. Bu esa usta-lar orasida o‘ziga xos ishlov buyumlari va xilma-xil bezash asboblari mavjudligidan dalolat beradi.O‘zbekistonda amaliy san’atning kashtachilik, gilam, palos to‘qish va zardo‘zlik kabi turlari tobora taraqqiy etib bormoqda.
O‘zbekiston o‘zining rang-barang shoyi, atlas, beqa-sam, xon atlas va boshqa turli buyumlari bilan uzoq asrlardayoq nom chiqarib kelgan. Hozirgi vaqtda badiiy to‘qimachilik san’ati Marg‘ilon, Farg‘ona, Namangan, Sa-marqand va Buxoro shaharlarida juda rivojlangan.
Badiiy to‘qimachilik sohasining asosiy shoxobchala-ridan bo‘lgan gilamchilik san’ati ham keng tarqalgan. Mohirlik bilan tayyorlangan gilamlar, paloslar, sholcha-lar xalq to‘qimachilik san’ati asosida har manzilda turli shakllarda to‘qiladi. Qarshi va Koson tumanlarida rang-barang bo‘yoq va geometrik shakldagi guldor sholchalar, Samarqand viloyati tumanlarida uzun patlik julqirs shakldagi paloslar, Andijonning Oyim qishlogida "qizil-oyoq" gilamlar to‘qiladi. Xiva esa tiqin texnikasi asosida to‘qiladigan gilamlari bilan mashhurdir.
Keyingi paytlarda O‘zbekistonda kulolchilik ishla-ri anchagina yo‘lga qo‘yildi. Sopol buyumlarni yasash va unga bo‘yoq berishda har bir shahar va tumanning o‘ziga xos uslubi mavjud bo‘lib, ustalar o‘zlariga xos an’analarga egadir. Buxoro va G‘ijduvon ustalari ko‘proq qizgish-jigar rang bo‘yoqlarda, Rishton ustalari ko‘kimtir, moviy-havo rang, Samarqand ustalari yashil-sariq rang tusda, Shahrisabz ustalari qizg‘ish bo‘yoqdan foydalanadilar.
O‘zbekistonning qo‘l-hunar san’atida mis buyumla-riga badiiy naqsh o‘yish kasbi alohida o‘rin tutadi. Asosan bu hunar ko‘proq Qo‘qon, Qarshi, Buxoro, Shahrisabz, Xiva shaharlarida rivoj topgan Naqqosh miskar ustalar tomo-nidan nozik shakllarda ajoyib ishlangan choy idish, qum-g‘on, choynak, barkash, kuldon, patnislar va xilma-xil bu-yumlarni har bir xonadonda uchratish mumkin.
Yeg‘ochdan sharq an’anasi asosida xilma-xil badiiy buyumlar ishlaydigan o‘zbek yog‘ochsozlari orasida alohida uslubga ega bo‘lgan ustalar ko‘p.
Orasida alohida uslubga ega bo‘lgan ustalar ko‘p. Yogoch o‘ymakorlik san’ati Xiva, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Toshkentda ko‘p-roq rivoj topgan. Uymakor ustalar o‘z hunarlarini aso-san eshik, ustun, darcha, tepa tuynuk va shu kabi binokorlik qismlarini yasashda namoyen etib kelganlar. Hozirgi vaqt-da ular o‘z san’atlarini aholi, jamoat binolarini beza-tishga baxsh etmoqdalar. Yogoch buyumlar do‘konida turli xil buyumlarning (kiyim ilgichlar, shifonerlar, divan, stol-stullar) yangicha shaklda ishlanganiga ko‘zingiz tushadi. Bularning ko‘rinishi chiroyli, sodda, ishlatishda ancha o‘n-g‘aylik tug‘diradi. Ular yangi yetishib chiqqan ustalarning ijodiy mahsulidir. Bu ishda yorqin bo‘yoqlarni tanlagan bo‘yoqchilarning ham hissasi katta.
Yogochga naqsh ishlash san’ati taxminan IV asrdan bosh-langan. Badiiy jihatdan bezalgan gulli naqshdor o‘rta asr yodgorliklari hozirgi davrga qadar saqlanib qolgan. Qa-dim zamonlardan boshlab madrasalarning to‘sini, araqi, ustunlari, boylar yoki jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan joy-lar, amaldorlar qurdirgan mehmonxonalar naqqoshlar to-monidan nafis (nozik) naqshlar bilan bezatib kelingan.
Madrasa devorlari va karniz oraliqlariga ganch usta-lari nafis gullarni o‘yib ishlashgan.
Naqqoshlik ayniqsa sabr-toqat, mustahkam asab, yuksak quntni talab qiluvchi hunardir. X asrda yashab o‘tgan Qobusning nabirasi Kaykovus ham kasb-hunar o‘rganish har bir yoshning burchi, deb hisoblagan.
Bola tarbiyasida hunar o‘rganishning ta’siri, halol mehnat kabi axloqiy tushunchalar shubhasiz yuksak ma’no kasb etadi. Bu bilan insonlar o‘rtasida do‘stlik aloqala-rini rivojlantirishga, turmush darajasini taraqqiy et-tirishga yaxshi dalillar keltiriladi.
Kaykovus o‘z zamonasining farzandlari mehnatsiz, ilm-hunarsiz na ilm cho‘qqisiga, na ma’rifatga ega bo‘li-shi mumkin emasligini o‘zining hayotiy tajribasi orqali tushuntiradi. U: "Bilimni egallamoq uchun mehnat qilish, badanni dangasalikdan qutqarish foydalidir. Chunki dan-gasalik, ishyoqmaslik badanning buzilishiga, kasallani-shiga sababchi bo‘ladi. Agar mehnat qilib badanni o‘zingga bo‘ysindirmasang, sog‘lom va baland martabali bo‘la ol-maysan..." - degan edi.
Kasb va hunar yoshlar vaqtining behuda o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Hunar va kasb o‘rganish yoshlarni har qanday nojo‘ya xatti-harakatlardan xoli qiladi. Hayotda uchragan qiyinchiliklar oqibatida tugilishi mumkin bo‘lgan yomon fikrlardan qaytishga o‘rgatadi.
Jahonga mashhur bo‘lgan buyuk olim va mutafakkirlar Aristotel, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Nosir Xisrav, Nizomiy Ganjaviy, Musli-hiddin Sa’diy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bedil, Bobur kabilar kishilik madaniyati taraqqiyotining rivo-ji uchun o‘zlarining ilmiy-badiiy ijodlari bilan katta hissa qo‘shganlar. Ular jozibador go‘zalliklar insonlar qalbiga doimo shodlik baxsh etib, har qanday g‘am-gussa, iztiroblarni yenga olishiga ishonganlar. Bobur o‘z zamo-nasidagi badiiy naqshli irmoqlar bilan gul soluvchi naq-qoshlar mehnatini yuksak qadrlab, ularni tez-tez o‘z huzu-riga chorlab, esdalik sovg‘alar taqdim etgan va ular ha-qida:"Mehnatda sinalgan elda aziz", -deb maqol yaratgan.
A.Navoiy esa, naqqoshlar hunaridan zavqlanib, ular-ga el oldida boqiy umr tilagan. Bu olimlar naqsh gulla-rining topilishi va takomillashishiga, o‘ymakorlik ish-larining davom etib rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘sh-ganlar.
VII-VIII asrlardagi hukmdorlarning Varaxsha shahri-dagi saroylarida amaliy san’atning xilma-xilligi jiha-tidan kishini hayron qoldiradigan namunalari saqlan-gan. GX-X1 asr boshlarida Urta Osiyo tarixida badiiy madaniyat, ayniqsa arxitektura tez rivojlangan. Arab bosqinchilarining bostirib kirishi tufayli bu davr O‘rta Osiyo madaniyatini uch bosqichga bo‘lish mumkin, ya’ni:
1. VIII va IX asr o‘rtalarida shahar ichkarisida olib borilayotgan qurilish ishlari juda susayib ketdi.
2. IX va X asrning ikkinchi yarmida mamlakat Bagdod xalifaligidan ozod bo‘lgandan keyin shahar ichkarisida xarob joylarni qayta tiklash ishlari avj olib ketdi.
3. XI - XII asrlar va XIII asr boshlarida Urta Osiyoda feodal tuzum hukmronligida arxitektura va shahar quri-lishlari yuqori darajaga ko‘tarildi.
XVII - XVIII asrlarda ko‘plab turar joy binolarini bezashda amaliy san’at asarlari qullanila boshlandi. XIX asrga kelib bezakning hamma turlariga xos qat’iy, aniq kompozitsiyalar ishlab chiqildi.
XIX asrning ikkinchi yarmigacha lojivor sarg‘ish, qizil-jo‘sha sabzi bo‘yoqlar ishlatilib kelindi. XIX asr oxirlarida ochiq rangli bo‘yok,lar, masalan, sariq sabzi, shingobi bo‘yoqlar topildi. O‘zbek naqshlarida bo‘yeqlarning tuslari doim bir tekisda: quyuq, tekis, o‘tkir tusli bo‘yoqlar ishlatiladi. Masalan, qora tusdan oq tusga, jo‘sha tusdan to‘q yashil tusga, yashil tusdan sariq tusga o‘tiladi.
Naqqoshlik san’ati haqida birorta ham kitob yoki maktab bo‘lmagan. Ustalar hunarni ustozlaridan yoki ota-laridan o‘rganganlar. Naqsh ustalari shogirdlari yorda-mida boylarning mehmonxonalari, saroy va madrasalar-ni bezatib tirikchilik o‘tkazganlar.
XX asrning 20-yillaridan boshlab O‘zbekistonning ko‘pgina shaharlarida badiiy san’at ishlarini rivojlantirish maqsadida artellar va kombinatlar ochiladi. Artellarda o‘quvchilar uyushmasi tuzilib, har bir uyushmaga bir ikki- tadan ustalar biriktiriladi. X,unar o‘rganuvchilar ish- ning murakkabligiga qarab 3 oydan 6 oygacha shogird bo‘lar va shogirdlik vaqtida har oyda oylik va o‘rganish uchun material hamda asbob-uskunalar bilan ta’minlanardi. Shogird- lik vaqti tugagandan keyin ular imtihon topshirib, qilgan ishlariga va bilimlariga qarab malaka darajasini olardilar. Toshkentda P.P. Ben-kov nomidagi Rassomlar tayyorlash maktabida 1952/53 o‘quv yilida amaliy san’at bo‘limi ochilib, bu yerda birinchi tashkil etilgan o‘quv ishlab chiqarish kombinatini biti-rib chiqqan ustalar va O‘zbekistonda nom chiqargan xalq ustalari dars berishdi. Bular orasida Yoqubjon Raufov, Muhiddin Rahimov, Jalil Hakimov, Mahmud Usmonov, Toir To‘xtaxo‘jayev va boshqalar bo‘lgan. 1949 yilda Ostrovskiy nomli pionerlar saroyida, 1954 yilda Lenin nomli pionerlar saroyida naqqoshlik va ganchkorlik to‘garagi ochilib, unda o‘quvchilar har ikka-la san’at turini zo‘r qiziqish bilan o‘rganadilar.
Toshkentda badiiy amaliy san’at sohasida kasb-tex-nika maktabi ochiladi. Maktab qoshida o‘ymakorlik, mis-karlik, zargarlik va gilamchilik ustaxonalari tashkil qilinadi.
Hozirgi vaqtda ustalar o‘z shogirdlari bilan bir-galikda teatr, klub va muzey binolarini naqsh bilan be-zab, mehnatlarini elga manzur etmoqdalar. Bundan tash-qari, ko‘rgazmalar uchun badiiy buyumlarini ishlab o‘z ma-horatlarini namoyish qilmoqdalar.
Keyingi yillarda xalq san’atiga bagishlangan qator kitoblar nashr etilmoqda. Masalan, o‘zbek xalqining atoqli naqsh ustasi Qosimjon Olimjonovning ijodiga bagishlangan "Toshkent naqshi", toshkentlik o‘ymakor usta Maqsud Qosimov ijodiga bag‘ishlangan "Toshkent o‘yma-korligi", xorazmlik usta Abdulla Boltayev ijodiga ba-gishlangan kitoblar shular jumlasidandir. Bunday ki-toblar yosh naqqoshlarni tarbiyalashda, o‘z hunar va mala-kalarini yanada takomillashtirishda, zamonaviy ijodiy ishlar yaratishda yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: Hunarmandchilikning paydo bo‘lishi, Xalq amaliy san'ati – sivilizatsiya sari tashlangan eng muhim tarixiy qadam. Toshkent 2019 yil.
2. M. Pritsa «Toshkent ganchkorligi»
3. Badiiy adabiyotlar nashriyoti. 1960 yil.
4. S.Bulatov. O‘zbekiston san’ati tarixi. Toshkent 1991 yil.
5. T.Abdullayev XIX-XX asrlarda O‘zbekiston kandakorlik san’ati. Toshkent 1994 yil.
6. R.Xasanov. Amaliy bezak san’ati metodikasi. Toshkent 2003 yil.
7. S.Bulatov. O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati. Toshkent-1991 yil.
8. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1 -tom. Davlat ilmiy nashriyoti, 2000 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |