1-
sh
akl
. «
y
er
ge
od
ez
ka
d
as
tr
» d
av
lat qo
‘m
it
as
in
in
g t
ar
ki
bi
y t
u
zi
lm
as
i.
Yer
geodezkadastr davlat qo‘mitasining markaziy apparati
O‘zbek davlat yer tuzish ilmiy loyihalash instituti «O‘zdavr
-
loyiha»
Geodeziya va kartogra-
fiya milliy
markazi
Kartografiya
DIICHK
Markaziy
agrogeodeziya
korxonasi
Tuproqshunos- lik va agrokimyo
davlat ilmiy
tadqiqot instituti
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent
shahri yer resurslari va davlat kadastri
boshqarmalari
Davlat geodeziya
nazorat
inspeksiyasi
Samarqand aerogeodeziya korxonasi
Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastrlari hududiy
xizmatlari
«Geoinformka- dastr» DUK
Hududiy filiallar
va bo‘linmalar
19
2-
sh
akl
.
«
y
er
ge
od
ez
ka
d
as
tr
» d
av
lat qo
‘m
it
as
i m
ar
ka
zi
y a
pp
ar
at
in
in
g t
ar
ki
bi
y t
u
zi
lm
as
i.
Rais
Raisning birinchi
o‘rinbosari
Iqtisod va moliya buxgalteriya hisobi
boshqarmasi
Rais o‘rinbosari
Rais o‘rinbosari
Yerdan foyda
-
lanish va uni
muhofaza qilishni
nazorat qilish
Geodeziya va
kartografiya Bosh
boshqarmasi
Kadrlar masalasi bo‘yicha bosh
mutaxassis
Yerdan foydala
-
nish
va
yer
tuzish
bo‘limi
Davlat kadastri boshqarmasi
Yurist
maslahatchi
Davlat
kadastrlarining yagona tizimi
bo‘limi
Geodeziya
bo‘limi
Yer munosabat
-
larini tartibga solish va tuzish
bo‘limi
Yer monitoringi
bo‘limi
Yerdan foy
-
dalanish va
muhofaza qilish
bo‘limi
Loyihaoldi,
loyiha ishlari va ekspertizalash
bo‘limi
Bino va inshootlar
davlat kadastri
bo‘limi
Davlat chegarasini demilitatsiya va demarkatsiya qilish
bo‘limi
Ishlar
boshqarmasi
Maxsus bo‘lim
Davlat yer kadastri bo‘limi
Kartografiya
bo‘limi
20
– yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qi lish
masalalari bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish, davlat boshqaruv
o‘rganlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi
majburiy bo‘lgan yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilish
sabablari va sharoitlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan yozma
ko‘rsatmalar berish;
– yer qonunchiligining buzilishida aybdor bo‘lgan mansab-
dor shaxslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish, yer
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zarar-
qoplash to‘g‘risida da’vo qilish, tegishli korxona va tashkilotlarga
hamda huquqni muhofaza qilish organlariga shaxslarni javobgar-
likka tortish uchun taqdimnomalar yuborish;
– yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish holatlari aniqlan-
gan taqdirda mahalliy davlat hokimiyati organlariga yer uchast-
kalarini olib qo‘yish, shu jumladan yer ijarasi shartnomalarini
muddatidan oldin bekor qilish, shuningdek, yerdan foydalanish-
ni cheklash va umuman to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida materiallar
taqdim etish;
– yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masala-
larini birgalikda ishlab chiqish uchun boshqa vazirliklar, idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi, hokimliklar,
muassasalar va tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartib-
da jalb qilish.
O‘zbekiston Respublikasi «yergeodezkadastr» davlat qo‘mi-
tasining tarkibiy tuzilmasi quyidagi, 1-shaklda keltiriladi.
«yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasini O‘zbekiston Respublikasi-
ning konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi prezi-
denti tomonidan tayinlanadigan, keyinchalik O‘zbekiston Res-
publikasi Oliy majlisi tomonidan tasdiqlanadigan rais boshqaradi.
u ayni paytda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni na-
zorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektori hisoblanadi.
«yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi raisining ikki nafar
o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Rais o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkama-
si tomonidan tayinlanadilar. ular ayni paytda yerdan foydalanish
va uni muhofaza qilishni nazorat qilish bosh davlat inspektori-
ning o‘rinbosarlari hisoblanadilar.
21
Quyida, 2-shaklda «yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi marka-
ziy apparatining tarkibiy tuzilmasi keltirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yer resurslari va davlat kadas-
tri boshqarmasi, yer resurslari va davlat kadastri viloyat boshqar-
malari, toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqar-
masi, tuman yer resurslari va davlat kadastri hududiy xizmatlari
O‘zbekiston Respublikasi «yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasiga
bo‘ysunadilar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar
kengashiga va viloyat hokimliklariga hisob beradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yer resurslari va davlat ka-
dastri boshqarmasining boshlig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi
vazirlar kengashi bilan, viloyatlar yer resurslari va davlat kadas-
tri boshqarmalarining boshliqlari esa viloyat hokimliklari bilan
kelishgan holda «yergeodekadastr» respublika davlat qo‘mitasi
tomonidan tayinlanadilar. ular ayni paytda tegishli hududlarda
yerdan foydalanish va uni muhofaza etishni nazorat qilish davlat
inspektorlari hisoblanadilar.
tuman yer resurslari va davlat kadastri hududiy xizmatlari-
ning boshliqlari tuman hokimliklari bilan kelishilgan holda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yer resurslari va davlat kadastri
boshqarmasi, viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqar-
malari tomonidan tayinlanadilar. ular ayni paytda tuman hudu-
dida yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat etish
davlat inspektorlari hisoblanadilar. viloyat va tuman yer resurs-
lari va davlat kadastri xizmatlarining tarkibiy tuzilmalari quyida-
gi, 3 va 4-shakllarda keltiriladi.
O‘zbek davlat yer tuzish ilmiy loyihalash institu-
ti «O‘zdavyerloyiha»ning bosh direktori va «tuproqshunoslik
va agrokimyo» institutining direktori O‘zbekiston Respublikasi
vazirlar mahkamasi bilan kelishilgan holda «yergeodezkadastr»
davlat qo‘mitasi tomonidan tayinlanadilar.
«yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasida qo‘mita raisi, uning
o‘rinbosarlari hamda qo‘mitaning boshqa rahbar xodimlaridan
tarkib topgan maxsus hay’at (kollegiya) tuzilgan. Qo‘mitaning
raisi ushbu hay’at raisi hisoblanadi. hay’at a’zolarining soni va
shaxsiy tarkibi vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
«yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasining raisi:
22
Do'stlaringiz bilan baham: |