Mustaqil o‘rganish uchun savollar:
1. «kadastr» so‘zining ma’nosi nima?
2. yer kadastrining umumiy ma’nosi nimani anglatadi?
3. yer kadastri ma’lumotlari qanday maqsadlar uchun zarur?
4. «yer kodeksi»da va «Davlat yer kadastri to‘g‘risida»gi qo-
nunda yer kadastriga qanday ta’rif berilgan?
5. nima uchun davlat yer kadastri deb yuritiladi?
6. yer kadastri qanday tarkibiy qismlardan iborat?
1.2. Davlat yer kadastrining yuritilishini nazorat qiluvchi
qonunchilik aktlari
ma’lumki, davlat yer kadastri ma’lum bir hududdagi may-
donlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, turli-
tuman subyektlarni, davlat boshqaruv organlarini hamda man-
faatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer to‘g‘risidagi axborotlar
bilan ta’minlash maqsadida yuritiladi. shunday ekan yer kadas-
tri davlat tadbiri sifatida qator qonunchilik hujjatlariga asosla-
nadi.
yer kadastri yer maydonlari bilan ish olib borganligi sababli
uni eng boshlang‘ich, asosiy qonunchilik hujjati bu O‘zbekiston
Respublikasining konstitutsiyasi (asosiy qonuni)dir. aynan
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 55-moddasida
e’tirof etiladiki, «yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik, hayvonot
dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar davlat mulki, umummil-
liy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadirlar». Davlat yer kadastri aynan ushbu moddaning
amaliy jihatdan bajarilishini ta’minlash uchun yuritiladi.
12
navbatdagi asosiy huquqiy hujjat – bu O‘zbekiston Respub-
likasining «yer kodeksi» (1998) hisoblanib, u mamlakatdagi
yer munosabatlarini huquqiy tartibga solishning asosiy manba-
si hisoblanadi. yer kodeksining 15-moddasi aynan davlat kadas-
triga bag‘ishlangan. xususan, ushbu moddada e’tirof etiladiki,
«Davlat yer kadastri – yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy tar-
tibi to‘g‘risidagi, ularning toifalari, sifat ko‘rsatkichlari va qiymati
to‘g‘risidagi, yer uchastkalarining joylashgan o‘rni va o‘lchamlari
to‘g‘risidagi, yer uchastkalarining mulkdorlariga, yer egalariga
va yerdan foydalanuvchilarga yer maydonlarining taqsimlanishi
to‘g‘risidagi zarur, ishonchli ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan
iborat.
Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish, yer-
dan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, yer tuzish ish-
larini tashkil etish, yer uchun to‘lanadigan haq miqdorlarini
asoslash, xo‘jalik faoliyatiga baho berish maqsadida yuritiladi
hamda u O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasini, ma-
halliy davlat hokimiyati organlarini, posyolka, qishloq va ovul-
lar o‘z-o‘zini boshqarish organlarini, manfaatdor yuridik va jis-
moniy shaxslarni yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga
mo‘ljallangandir».
ushbu moddada yuqoridagilar bilan bir qatorda davlat yer
ka dastrining iqtisodiyot tarmoqlari uchun ahamiyati, uning
ma’lumotlaridan foydalanish hamda uni yuritish davlat mablag‘lari
evaziga amalga oshirilishi ham qayd qilingan. Jumladan, «Dav-
lat yer kadastrining ma’lumotlari yerlardan foydalanish va ular-
ni muhofaza qilishda, yer uchastkalarini berish va olib qo‘yishda,
yer uchun mo‘ljallangan haq miqdorlarini belgilashda, yer tu zish
ishlarini o‘tkazishda, xo‘jalik faoliyatiga baho berishda hamda
yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan boshqa
tadbirlarni amalga oshirishda majburiy tartibda tatbiq qilinadi.
Davlat yer kadastrini yuritish yer tuzish xizmati tomonidan butun
respublika uchun yagona tizim asosida davlat budjeti mablag‘lari
hisobidan amalga oshiradilar».
Davlat yer kadastrini yuritishning eng asosiy huquqiy asosi
bu, albatta, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat yer kadastri
to‘g‘risida»gi qonunidir. ushbu qonun 1998-yil 30-avgustda Oliy
13
majlis tomonidan qabul qilingan bo‘lib, u davlat yer kadastrini
yuritishning huquqiy munosabatlarini respublikamiz hududida
tartibga soladi. Qonun asosan 26 moddadan iborat bo‘lib, unda
qonunning maqsadi, davlat yer kadastri to‘g‘risidagi qonunchi-
lik aktlari, turli darajadagi davlat hokimiyati organlarining yer
kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlari, davlat yer kadastrini
yuritish, yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobot, yer
uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish, yer
hisobi, yerlarni baholash, yer kadastri hujjatlari, yer kadastri ish-
larini moliyalash, shuningdek, yer kadastri to‘g‘risidagi qonun-
chilikning buzilishi bo‘yicha mas’uliyatlar haqidagi me’yoriy qoi-
dalar yoritilgan. Jumladan, qonunning 3-moddasida quyidagilar
qayd qilinadi: «Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xo‘jalik, hu-
quqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qiymati, yer uchast-
kalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularni mulkdorlar, egalik qi-
luvchilar va foydalanuvchilar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi
ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iboratdir.
Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatini
hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat ba-
holanishini, shuningdek, yer kadastriga doir axborotlarni bir ti-
zimga solinishini, saqlanishini va yangilanib turilishini o‘z ichi-
ga oladi».
Qonunda turli darajadagi davlat hokimiyati organlari, shu-
ningdek, maxsus vakolatli organlarning yer kadastrini yurit-
ish sohasidagi vakolatlari ayniqsa juda keng yoritilgan. xusu-
san, qonunning 8-moddasida O‘zbekiston Respublikasi vazirlar
mahkamasiga berilgan quyidagi vakolatlar keltiriladi:
– «yer resurslaridan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan ya-
gona davlat siyosatini ishlab chiqish;
– moliyalash va investitsiya sohasidagi masalalarni hal qi-
lishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;
– yer resurslarining holati to‘g‘risidagi har yilgi milliy hiso-
botni tasdiqlash;
– yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni va ular bilan
bo‘ladigan harakatlarni davlat ro‘yxatiga olish tartibini belgi-
lash;
14
– davlat yer kadastrini yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan topogra-
fo-geodezik, kartografik va boshqa ishlarni litsenziyalash tartibi-
ni o‘rnatish».
Qonunda davlat yer kadastrining tarkibiy qismlarining hu-
quqiy me’yorlariga, yer kadastri hujjatlari, shuningdek, yer ka-
dastri axborotlarining huquqiy me’yorlariga ham alohida-alohida
to‘xtab o‘tilgan.
Qayd qilish zarurki, «Davlat yer kadastri to‘g‘risida»gi qonunni
hayotga tatbiq etish maqsadida qator qonunosti me’yoriy hujjatlari
ham qabul qilingan. bularning asosiylaridan biri – O‘zbekiston
Respublikasi vazirlar mahkamasi tomonidan 1998-yil 31-dekabr-
da qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida Davlat yer ka-
dastrini yuritish tartibi to‘g‘risida»gi 543-sonli qaroridir. ush-
bu qaror mamlakat hududida davlat yer kadastrini yuritishning
yagona tartibini belgilab berdi. bugungi kunda davlat yer kadas-
trini respublikamizda yuritish aynan ushbu qarorga asosan amal-
ga oshirilmoqda. bundan tashqari, yer kadastrini yuritishda,
aniqrog‘i yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish-
da, O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2001-yil
31-dekabridagi 492-sonli «O‘zbekiston Respublikasi hududini ka-
dastrli bo‘lish hamda yer uchastkalari, bino va inshootlarga ka-
dastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi qarori ham
muhim ahamiyatga egadir. Respublikamiz hududidagi turli-tu-
man yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish-
da ularga beriladigan kadastr raqamlari ushbu qonunosti me’yoriy
hujjatga asoslanadi.
yuqoridagilar bilan bir qatorda ushbu qonunlar, qonunosti
me’yoriy hujjatlarini yer kadastri amaliyotiga tatbiq qilish, joylarda
yer kadastri ishlari bajarilishining yagona uslubiyatini ta’minlash
maqsadida «yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi hamda uning il-
miy-tadqiqot va ilmiy-loyihalash institutlari tomonidan tur-
li yo‘riqnomalar, uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar, shuningdek,
boshqa hujjatlar, ishlab chiqiladi hamda hayotga tatbiq qili-
nadi. bular qatoriga «O‘zbekiston Respublikasida yer uchast-
kalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi
yo‘riqnoma (1999)», «hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish ham-
da yer uchastkalari, bino va inshootlarga kadastr raqamlarini be-
15
rish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma (2002)», sug‘oriladigan may-
donlarni inventarizatsiya qilish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (2004)»,
«sug‘oriladigan maydonlardagi tuproqlar bonitirovkasini aniq-
lash va uni rasmiylashtirish to‘g‘risida yo‘riqnoma (2006)» va
boshqalarni keltirib o‘tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |