16
«yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari va
faoliyat yo‘nalishlari quyidagilar:
– yer resurslaridan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan davlat
yagona siyosatini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi ning
«yer kodeksi»ga va yer to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlari ga ri-
oya qilinishini nazorat qilish, davlat boshqaruv organlari, yu-
ridik va jismoniy shaxslarni yerlardan foydalanish, tuproq unum-
dorligini saqlab qolish, tiklash va oshirish sohasidagi faoliyatlarini
muvofiqlashtirish;
– bozor
iqtisodiyotini rivojlantirish, qishloqda mulkdorlar
sinfini shakllantirish ehtiyojlariga muvofiq yer munosabatlarini
tartibga solish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar tay-
yorlash;
– yer fondi holatini kuzatish, o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniq-
lash, yerlarni baholash, salbiy jarayonlarning oldini olish va ular-
ning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yer monitoringini
amalga oshirish;
– davlat yer kadastrini tashkil etish va yuritish, yerga bo‘lgan
huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish,
davlat boshqaruv organlarini,
yuridik va jismoniy shaxslarni yerning tabiiy xo‘jalik va huqu-
qiy rejimi, yerlarning toifalari, miqdorlari va sifat tavsiflari, joy-
lashgan o‘rni va yer uchastkalarining o‘lchamlari, ularning
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar
bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar va huj-
jatlar bilan ta’minlash;
– yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan dav-
lat nazoratini tashkil
etish va amalga oshirish, yuridik va jis-
moniy shaxslar, boshqaruv organlari, mahalliy hokimiyat organ-
lari tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilishni ta’minlash, yo‘l
qo‘yiladigan qonun buzilishlarini bartaraf etish va aybdor shaxs-
larni javobgarlikka tortish bo‘yicha o‘z vaqtida zarur choralarni
ko‘rish;
– yer fondidan foydalanishni yaxshilash, tuproq unumdor-
ligini saqlash, tiklash va oshirish milliy dasturini ishlab chiqish
va amalga oshirish;
– yer resurslarining holati to‘g‘risida har yillik milliy hiso-
bot tuzish;
17
– yer munosabatlari sohasida yagona ilmiy texnika siyosati-
ni o‘tkazish, yer tuzishni, davlat yer kadastrini yuritishning eng
ilg‘or jahon texnologiyalarini joriy etish hamda qo‘mita tasar-
rufidagi tashkilotlarni zamonaviy texnika vositalari bilan jihoz-
lash;
–
davlat hokimiyati organlari, mutasaddi tashkilotlar bilan
birgalikda viloyatlar, tumanlar, shaharlar, qishloqlar va ovul-
lar ma’muriy chegaralarini belgilash
ishlarini tashkil etish va
o‘tkazish;
– yer tuzish, davlat yer kadastri va umuman davlat kadastr-
lari, shuningdek, tuproqshunoslik sohalari mutaxassislarini tay-
yorlash va ularning malakalarini oshirishni tashkil etish;
– yer resurslarini boshqarish, tuproq unumdorligini oshirish
tizimini targ‘ib qilish maqsadida xorijiy davlatlar bilan aloqalarni
rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
– yer resurslaridan foydalanishning maqsadli dasturlari bo‘-
yicha xorijiy kompaniyalar, firmalar, ilmiy markazlar bilan ham-
korlik qilish.
yuqorida e’tirof etilgan vazifalarni bajarish uchun «yergeodez-
kadastr» davlat qo‘mitasiga quyidagi huquqlar berilgan:
– yer monitoringini, davlat yer kadastrini yuritish, yer
uchast kalariga bo‘lgan huquqni, turli cheklashlar va servitutlarni
ro‘yxatdan o‘tkazish, tuproq unumdorligini saqlab qolish, tiklash
va oshirish, yer resurslarini hisobga olish, yerdan foydalanish va
uni muhofaza qilish ustidan nazoratni olib borish, shuningdek,
«yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasiga yuklangan vazifalarning
bajarilishini ta’minlovchi boshqa maqsadlar uchun zarur bo‘lgan
yer tuzish, tuproq, geobotanika, topografiya, kartografiya va yer
baholash ishlari bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va o‘z
vakolatlari doirasida tasdiqlash;
– yuridik va jismoniy shaxslardan,
yerlardan foydalanish va
ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha zarur axborotlarni
so‘rash va tekin olish, tuproq, kadastr ma’lumotlariga ularning
muvofiqligini aniqlash uchun tuproqni analiz qilish;
– davlat boshqaruv organlariga korxonalar,
muassasalar va
tashkilotlar yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza
qilish masalalari bo‘yicha hisobot berish;