Dav kad indd


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/48
Sana22.11.2022
Hajmi1,15 Mb.
#870138
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
Bog'liq
Kitob 1570 uzsmart.uz

Mustaqil o‘rganish uchun savollar:
1. yer uchastkasining kadastr syomkasi qanday hujjatlarga 
asosan tuziladi?


46
2. arizaga qanday hujjatlar va materiallar ilova qilinadi?
3. tayyorgarlik ishlari qanday tadbirlarni o‘z ichiga oladi?
4. Qanday hujjatlar o‘rganiladi va tahlil qilinadi?
5. texnik topshiriq nimalarni o‘z ichiga oladi? 
2.4. Yer uchastkalari chegaralarini aniqlash
huquqiy nuqtayi nazardan chegara bu mulkdorning yer uchast-
kasini barcha chekka chiziqlaridan o‘tkazilgan, nihoyatda ingich-
ka bo‘lgan vertikal tekislikdir. kimda-kim o‘sha vertikal tekislik-
dan mulkdorning ruxsatisiz o‘tsa, chegara noqonuniy buzilgan 
hisoblanadi. shaharlardagi ko‘p qavatli binolarda chegara gori-
zontal tekislikdan iborat bo‘ladi.
yer uchastkasining chegaralari qoziqlar, beton, temir ustunlar 
yoki bo‘lmasa devorlar bilan ajratiladi.
agarda chegara chiziqlarining joyda joylashishi unga qo‘shni, 
chegaradosh mulkning egalari bilan kelishilgan bo‘lsa, ular 
muayyan chiziqning joydagi joylashganlik holatiga rozi bo‘lsalar, 
ular tegishli hujjatlarga hamda kadastr ma’lumotlariga kiritilgan 
bo‘lsa, bunday chegara qayd qilingan chegara deyiladi. ushbu 
muddatdan boshlab eski chegara chiziqlari tan olinmaydi, yangi 
endigina tasdiqlangan chegara huquqiy kuchga ega bo‘ladi.
Qayd qilingan chegara mulkning egasiga o‘z yer uchastkasi-
ning qayerdan o‘tganligini aniqlab olishga, uni tegishli ka dastr 
hujjatlarida yoritishga imkon beradi. agarda chegara chiziqlari 
devor to‘siq, bino yoki jarning chekkasi kabi aniq tafsilotlar orqa-
li belgilangan bo‘lsa, bu holat keyinchalik vujudga kelishi mum-
kin bo‘ladigan munozaralarni kamaytiradi. 
yer to‘g‘risidagi axborotlar tizimi yer uchastkalari va ular-
ning chegaralari haqida to‘planadigan rang-barang ma’lumotlar, 
xohlagan paytda undan zaruriy axborotlarni olish mumkin 
bo‘ladigan tizimdir. ushbu tizimda yer uchastkalarining umumiy 
chega ralari bilan bir qatorda qayd qilingan chegaralar to‘g‘risida 
ham ma’lumotlar keltiriladi. ular orasidagi farq, zaruriy hollarda 
sudning talablari doirasida aniqlanadi.
Chegaralarni joyida belgilash, kelishish aniqligi mahalliy shart-
sharoitlardan va talablardan kelib chiqadi.
Chegara to‘g‘risida so‘z yuritilganda, albatta, birinchi galda, 
yer uchastkasi tushunchasini to‘la tushunib yetish, u to‘g‘risida 


47
ma’lum fikrga ega bo‘lish zarur, negaki har qanday yer kadas-
tri ishi (ro‘yxatga olish, hisob-kitoblar, baholash) aynan ushbu 
yer uchastkasida bajariladi. shunday ekan, yer uchastkasi degan-
da, yer yuzasida ma’lum bir chegara bilan belgilangan, muay-
yan joyga, o‘z maydoniga, huquqiy statusga va boshqa tavsiflarga 
ega bo‘lgan yer yuzasining bir bo‘lagi tushuniladi. huquqiy jihat-
dan olganda, yer uchastkasi o‘z tarkibiga muayyan yer yuzasi-
ning ostida joylashgan tabiiy boyliklar va yer ustida joylashgan 
boshqa narsalarni ham oldi. yer uchastkasi foydalanilishi nuqtayi 
nazaridan turlicha bo‘lishi mumkin. xususan, qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini yetishtirishda band bo‘lgan yer uchastkasi qishloq 
xo‘jaligi yer uchastkasi, aholi yashash uy-joylari, bino-inshootlar 
bilan band bo‘lgan yer uchastkasi, aholi yashash punktlari yoxud 
shahar yer uchastkasi, o‘rmonlar bilan band bo‘lgan yer uchast-
kasi va hokazo bo‘ladi. bular ichida aholi yashash punktlari, ya’ni 
shahar yer uchastkasini alohida e’tirof etish zarur.
shahar yer uchastkasi – bu shaharning manfaatlari doirasida 
foydalaniladigan, muayyan huquqiy statusga, o‘zining chegara-
si va maqsadli vazifasiga ega bo‘lgan yer yuzasining bir bo‘lagiga 
aytiladi. shahar yer uchastkasi tushunchasi anchagina murakkab 
tushunchadir, negaki bu yerda bir nuqta ustida bir necha yer-
dan foydalanuvchilar (masalan, ko‘p qavatli binolar, uy-joylarda) 
bo‘lishi mumkin. shahardagi yer uchastkasi yerning yuzasida, 
yerning ostida (yer osti garajlari, omborxonalar, metropoliten va 
hokazo) va yerning ustida turli sathlarda (ko‘p qavatli binolar) 
joylashgan bo‘lishi mumkin. shu sababli ham yer uchastkasining 
chegarasi uning burchaklarining, egilish chiziqlarida belgilangan 
nuqtalarning fazoviy koordinatalari orqali aniqlanadi. bulardan 
tashqari, shahar yer uchastkasi o‘zining huquqiy statusi bo‘yicha 
ham turli-tumanligi (doimiy foydalanish, merosiy mulk, ijara va 
hokazo) bilan ham murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. 
Odatda yer uchastkasi tashqi va ichki chegaralarga ega bo‘lishi 
mumkin. Jumladan, yer uchastkasining 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish