Mustaqil o‘rganish uchun savollar:
1. Davlat kadastrlarining yagona tizimi (Dkyt) nima?
2. Dkyt qaysi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga asosan yaratil-
moqda va yuritilmoqda ?
107
3. Dkyt obyektlariga nimalar kiradi?
4. Dkytga qaysi kadastlar kiradi?
5. Dkyt ma’lumotlari qaysi maqsadlar uchun foydalanila-
di?
6. Dkyt qanday tamoyillar asosida yuritiladi?
7. Davlat kadastrlarini yuritishga nimalar kiradi?
8. Davlat kadastlarini yuritish qanday turlarga bo‘linadi?
4.2. Davlat kadastrlari yagona tizimi xizmatining tuzilishi va
funksiyalari
yuqorida e’tirof etilganidek, davlat kadastrlarining yagona ti-
zimi (Dkyt) O‘zbekiston Respublikasi va ayrim hududlari tabi-
iy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumiy davlat hisob-kitobi
yuritilishini, baholanishini hamda ushbu axborotlarni bir tizim-
ga keltirish, zaruriy holda yangilab turish hamda iste’molchilarga
yetkazib berishni o‘z ichiga oluvchi tizimdir.
O‘zbekiston Respublikasi «yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi
davlat kadastlari yagona tizimini yaratish va yuritish sohasidagi
maxsus vakolatli organ hisoblanadi. Qo‘mita tarkibidagi «geode-
ziya, kartografiya va davlat kadastrlari» milliy markazi to‘g‘ridan
to‘g‘ri Dkytni yaratish va yuritish bo‘yicha ishlarga rahbarlik qi-
ladi. xususan:
– vazirlar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat
hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasida-
gi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
– vazirlar, davlat qo‘mitalari va idoralarni tegishli davlat ka-
dastrlarini yuritish uchun zarur bo‘ladigan plan-kartografik ma-
teriallar bilan ta’minlaydi;
– davlat kadastrlarini yuritishga doir me’yoriy hujjatlarni
belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
– mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini
oshirish ishlarini tashkil etadi;
– qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshi-
radi.
Dkytni yaratish va yuritishni tashkil etish bo‘yicha mahal-
liy davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga, xususan quyi-
dagilar kiradi:
108
– kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazishni tashkil etadilar;
– davlat yer kadastrini, bino-inshootlar davlat kadastrini
yuritish ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahal-
liy budjet hisobidan moliyalashtiradilar;
– tegishli hududlar kadastrlari yuritilishini tashkil etadilar;
– qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga
oshi radilar.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi asosiy kadastrlar
quyidagi vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladi:
– davlat yer kadastri – «yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi
hamda uning joylardagi vakolatli organlari;
– bino-inshootlar davlat kadastri – «yergeodezkadastr» davlat
qo‘mitasi hamda uning joylardagi vakolatli organlari, davlat suv ka-
dastri «gidrometeorologiya» davlat qo‘mitasi, Qishloq suv xo‘jaligi
vazirligi, geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi;
– qazilma konlar davlat kadastri – geologiya va mineral
resurslar davlat qo‘mitasi;
– davlat o‘rmon kadastri – Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi;
– o‘simlik dunyosi davlat kadastri – tabiatni muhofaza qi lish
davlat qo‘mitasi;
– hayvonot dunyosi davlat kadastri – tabiatni muhofaza qi-
lish davlat qo‘mitasi;
– alohida qo‘riqlanadigan hududlar davlat kadastri – tabiat-
ni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
– shaharsozlik davlat kadastri – arxitektura va qurilish dav-
lat qo‘mitasi;
– gidrotexnik inshootlar davlat kadastri – «Davlat suv xo‘jalik
nazorat» inspeksiyasi;
– Qishloq va suv xo‘jaliga vazirligi, «O‘zbekenergo» Dak;
– tarixiy-madaniy obidalar davlat kadastri – madaniyat va
sport ishlari vazirligi;
– avtomobil yo‘llari davlat kadastri – «O‘zavtoyo‘l» Dak;
– temiryo‘llar davlat kadastri – «O‘zbekiston temiryo‘llari»
Dak;
– energetika obyektlari davlat kadastri – «O‘zbekenergo»
Dak;
109
– geodeziya va kartografiya davlat kadastri – «yergeodezka-
dastr» davlat qo‘mitasi va hokazo.
yuqorida sanab o‘tilgan har bir obyekt kadastri tegishli vazir-
liklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining maxsus vakolatli organ-
lari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat kadastrlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublika-
si vazirlar mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. ularning
yuritilishini moliyalashtirish davlat budjeti tomonidan amalga os-
hiriladi.
kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga
bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan e’tirof etilishi va tasdiqlani-
shi yuridik hujjati bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish maxsus hujjat-
lar bilan tasdiqlangan axborotlarni davlat kadastrlariga kiritish
yo‘li bilan amalga oshiriladi. bunday ro‘yxatdan o‘tkazish kadas-
tr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir
boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.
kadastr obyektlarini hisobga olish vazirliklar, davlat
qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining
tegishli bo‘linmalari tomonidan kadastr obyektlarining chegara-
lari doirasida, shuningdek, aholi punktlari, tumanlar, mintaqlar
va iqtisodiy chegaralar hamda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha
ular ning holati va ulardan foydalanishiga ko‘ra olib boriladi.
ular ni sifat jihatdan baholash tabiiy va jismoniy tavsiflari asosida
bajariladi, qiymat jihatdan baholash esa ularning o‘ziga xos xu-
susiyatlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |