3-mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakllari. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari Reja


Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotidagi turli jabhalarni qamrab olmoqda



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana21.11.2022
Hajmi3,11 Mb.
#869942
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu

Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotidagi turli jabhalarni qamrab olmoqda
ya’ni: 
-
tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intelektual (aqliy) mulk obyektlarining milliy, xalqaro 
va jahon savdosi; 
-
ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati (tabiiy resurslar ishchi kuchi, kapital va 
texnologiyalar); 
-
xalqaro moliya-kredit va valyuta operatsiyalar kо‘lamining kengayishi (beg‘araz 
moliyalashtirish va yordam, xalqaro iqtisodiy munosabatlar subyektlariga kredit va zayomlar, 
qimmatbaho qog‘ozlar savdosi, maxsus moliya mexanizmi va vositalari); 
-
ishlab-chiqarish, 
ilmiy-texnikaviy, 
texnologiya 
va 
informatsion 
hamkorlikning 
chuqurlashuvi; 
- о‘zaro tovar almashuvidan ishlab chiqarish baynalminallashuviga о‘tilishi ya’ni bir nechta 
mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari ma’lum bir tayyor mahsulot yaratishda turli shakl va 
bosqichda ishtirok etishlari va pirovard natijada ishlab chiqarish baynalminallashuvining 
institusional shakli sifatida transmilliy korporatsiyalarning vujudga kelishi; 
- kapital baynalminallashuvi, ya’ni mamlakatlar о‘rtasida xalqaro kapital harakatining 
jadallashuvi (bevosita xorijiy investitsiyalarning tashqi savdo va ishlab chiqarishga nisbatan 
tez sur’atlar bilan oshib borayotganligi), fond bozori rivojlanish darajasining о‘sishi; 
- xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiya doirasida texnologik bilimlar, ilmiy-texnika va ishlab 
chiqarish vositalari almashuvining kuchayishi; 
- xalqaro hamkorlikni samarali amalga oshirishni ta’minlovchi global moddiy, 
1
Постиндустриал дунё ва глобаллашув жараёни. Жахон Иктисодиёти ва халкаро муносабатлар М.2000 №3 - 91 бет.
2
Р.Кох Менежмент и финансы от А до Я - СПб «Питер» 1999 г. - С 65


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
41 
41 
informatsiyaviy, tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish; 
- xalqaro savdo tizimidagi an’anaviy odatlarni sifat va kо‘lam jihatdan о‘zgartirish va xalqaro 
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi asosida tovar almashuvining baynalminallashish 
darajasini kuchaytirish, xalqaro hamkorlikning eng asosiy yо‘nalishi sifatida moddiy ishlab 
chiqarishga nisbatan tez sur’atlar bilan о‘sib borayotgan xizmatlar sohasini rivojlantirish; 
- ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarining atrof muhitga ta’sirining kuchayishi va mazkur 
yо‘nalishda xalqaro hamkorlikning kengayishi;
- va nihoyat, ishchi kuchi xalqaro migratsiyasi kо‘lamining haddan ziyod kengayishi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardan oqib kelayotgan ishchilar rivojlangan mamlakatlarda 
past yoki umuman malaka talab etmaydigan ishlarga jalb etilmoqdalar. Shu bilan birga yuqori 
malaka talab etmaydigan, kam ish haqi tо‘lanadigan ish о‘rinlarini tо‘ldirish uchun xorijiy ish 
kuchidan foydalanayotgan mamlakatlar immigratsiya miqdorini kerakli darajada ushlab 
turishga harakat qilmoqdalar.
Hozirgi kunda telekommunikatsiya texnologiyalari sohasining rivojlanishi immigratsiya 
jarayonlariga yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda
. Masalan biron-bir Yevropa, Shimoliy 
Amerika yoki Yaponiya kompaniyasi osonlik bilan dunyoning istalgan mamlakatidagi 
kompyuter mutaxassisiga ma’lum bir dastur yaratish yuzasidan о‘z joyidan turib topshiriq bera 
olishi mumkin. 
Globallashuv va integratsiyalashuv - bu murakkab jarayon bо‘lib, quyidagi darajalarda 
kuzatilmoqda: 
-
mintaqalar, mamlakatlar (makrodarajada); 
-
tovar, kapital, mehnat va valyuta bozorlari (mezodarajada); 
-
ma’lum kompaniya va korporatsiyalar (mikrodarajada). 
Mamlakatlar va mintaqaviy integratsion birlashmalar savdoni erkinlashtirish, investitsion 
va migratsion cheklovlarni olib tashlash hamda erkin savdo yoki umumiy bozor hududini 
barpo etish hisobiga о‘z chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faollikka intilishlari 
globallashuvning 
makroiqtisodiy darajasi
da kо‘zga tashlanmoqda. 
Kompaniyalar о‘z faoliyatini kengaytirgan holda ichki bozordan tashqariga yо‘nalganligi 
orqali globallashuv 
mikroiqtisodiy darajada namoyon bо‘lmoqda
. Aksariyat yirik transmilliy 
korporatsiyalar hozirgi davrda global sharoitda faoliyat yuritmoqdalar. Ular har qanday 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
42 
42 
chegara va milliylikdan qat’iy nazar, har doim iste’molchilarning talabini qondirishga 
intiladilar. Shu tufayli ular iste’molchilar talabi yuqori bо‘lgan barcha bozorlarni egallab 
olmoqdalar. 
Globallashuv sharoitida kompaniyalar xalqaro darajadagi iste’molchilar, texnologiyalar, 
xarajatlar, strategik raqobatlar haqida bosh qotiradilar. Ular о‘zlarining maqsad va rejalari 
doirasida ishlab chiqarish va sotuv bо‘linmalarini turli mamlakatlarga joylashtirib, global 
sharoitda vaziyatni о‘zlari uchun yengillashtirmoqchi bо‘ladilar. Transmilliy kompaniyalar va 
firmalarni tashkil etish va rivojlantirish esa turli tо‘siqlarni yengib о‘tishga imkoniyat yaratadi 
(ya’ni, transfer narxlar, qayta ishlab chiqarishga qulay sharoit, milliy bozor muhitini yaxshi 
о‘rganish, qо‘shimcha daromad va boshqalar hisobiga). 
Hozirgi davrning dolzarb masalasi erkin va samarali tadbirkorlik faoliyatini olib borish, 
global tovar va xizmatlar, kapital, ishchi kuchi bozori ishtirokchisiga aylanish, mamlakatlarni 
yagona jahon iqtisodiy xо‘jaligi majmuiga birlashtirish uchun umumbashariy iqtisodiy, 
huquqiy, informatsion va madaniy muhitni yaratishdan iborat. 
Bu vaziyatda, globallashuv jarayonining asosiy subyektlari sifatida transmilliy 
korporatsiyalar ichki xо‘jalik faoliyatiga nisbatan о‘zlarining tashqi iqtisodiy faoliyatlariga 
alohida e’tibor qaratib va globallashuvning moddiy asosi va harakatlantiruvchi kuchiga 
aylanib bormoqdalar. 
Bugungi kunda turli mamlakatlarda xо‘jalik muhitining xilma-xilligi globallashuv 
jarayonlarining yanada avj olishiga tо‘sqinlik qilayotgan omillardan biridir. 
Kapital aylanmasining intensivlashuvi va savdo tizimining umumiylashuvi yagona 
iqtisodiy xо‘jalik muhitini vujudga keltiradi. Xalqaro iqtisodiy tizimini tashkil etuvchi 200 dan 
ortiq mamlakatlar milliy xо‘jaliklarining har biri о‘ziga xos xususiyatiga egaligi tufayli jahon 
yalpi ichki mahsuloti rivojlanish kо‘rsatkichlari barqaror emas. 
Texnologiyalar bilan ta’minlanganligi nuqtai nazaridan, mamlakatlar orasidagi farq oshib 
borayotganligi sababli jahon iqtisodiy muhiti xilma-xilligicha qolmoqda.
Rivojlangan 
mamlakatlarda texnologiyalarining 4-5-avlodi qо‘llanilsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 2-
3-avlodi, qoloq yoki о‘tish davridagi mamlakatlarda esa sanoatlashuv davrining boshidagi 
texnologiyalardan foydanilmoqda
. Asosan rivojlangan mamlakatlar yuqori texnologiyalarga 
egaligi sababli ilmtalab tovar va xizmatlarni past va о‘rta darajada rivojlangan mamlakatlarga 
eksport qilib katta foyda olmoqdalar. 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
43 
43 
Globallashuvning zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi asosiy ziddiyatli jihati belgisi 
integratsiya va avtonomizatsiya jarayonlarning uyg‘unlashuvidir. 
muallifi fikriga kо‘ra, ushbu jarayon bir tomondan siyosiy mustaqillik va о‘zini о‘zi 
boshqarish, ikkinchi tomondan iqtisodiy uyushma va birlashmalar tashkil etilishiga olib 
kelmoqda («Chem vishe uroven globalizatsii ekonomiki, tem silneye yeye melchayshiye 
uchastniki». Paradoks Neysbita). 
Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash joizki, jamiyat qanchalik boy va baquvvat bо‘lsa, 
shunchalik uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi yuqori bо‘ladi, qanchalik resurslar 
oqilona va maqsadli ishlatilsa, shunchalik integratsion aloqalarning imkoniyatlaridan 
foydalanish va global bozor sharoitiga moslashuv darajasi yuqori bо‘ladi. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish