“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
51
51
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) ilk davlatlar bilan
bir paytda obyektiv reallik
sifatida paydo bо‘lgan keng kо‘lamdagi rang-barang aloqalar va munosabatlarning muhim
tarkibiy qismini ifodalaydi. Uzoq tarixga nazar tashlar ekanmiz, qadimgi sivilizatsiyalar
eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklardayoq iqtisodiy sohada о‘zaro aloqalar olib
borishganiga doir bir
talay misollarga duch kelamiz, chunki ular hoh Qadimiy Misr yoki
Shumer madaniyati bо‘lsin, xoh Ind vodiysi madaniyati yoki Shan-In davridagi Xitoy bо‘lsin,
kelib chiqishining avtonomligi va jug‘rofiy jihatdan ajralganligiga qaramasdan, bir-birlari
bilan xо‘jalik munosabatlarini о‘rnatishga va ularni keyin ham davom ettirishga intilishgan.
Juda kо‘p manbalar shundan guvohlik beradiki, ahyon-ahyonda
tartibsiz tabiatdagi
natural tovar ayirboshlash kо‘rinishdagi munosabatlar о‘rniga asta-sekin antik davr (eramizdan
avvalgi I minginchi yillar - eramizning I minginchi yillarining о‘rtalari)ga xos bо‘lgan tovar-
pul munosabatlarining rivojlanishi asosidagi doimiy xо‘jalik aloqalari vujudga keladi.
О‘rta asrlarning boshlanishi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ilgarilanma harakatida
iqtisodiyotning yalpi naturallashuvi, mulkning korporativ-tabaqalangan tuzilmasi va ijtimoiy
munosabatlarning sakralizatsiyasiga (osvyasheniye, priobsheniye k miru religioznogo,
svyashennogo) asoslangan orqaga chekinishni keltirib chiqardi. Biroq shaharlarning о‘sishi va
savdo-sudxо‘rlik kapitalining rivojlanishi Buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar ochilgan davrda
mamlakatlar о‘rtasida iqtisodiy sohadagi aloqalarning misli kо‘rilmagan darajada
kengayishiga va Yevropadagi yetakchi davlatlar: Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya, Fransiya
va Britaniyaning kolonial imperiyalari tashkil topishiga poydevor yaratdi.
Aynan ana shu omil, shuningdek, ishlab chiqarish, transport va aloqa vositalarida ulkan
olg‘a siljishni ifodalagan XVIII asrning oxiri - XIX asrning boshlaridagi sanoat tо‘ntarishi
(inqilobi) zamonaviy kо‘rinishdagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
shakllanishi uchun
zarur bо‘lgan muhit sifatida global iqtisodiy makrotizimni yuzaga kelish jarayoniga hal
qiluvchi ta’sir kо‘rsatdi. Shunday qilib, insoniyatni XIX-XX asrlar bо‘sag‘asida
taraqqiyotning industrial davriga о‘tishi an’anaviy kо‘rinishdagi hududiy xо‘jalik tizimlari
evolyusiyasidan oldingi davrga yakun yasadi, jahon miqyosida Yevropa (tо‘g‘rirog‘i, ingliz-
amerika) bozor iqtisodiyoti modelining g‘alabasini ifodaladi.
Boshqacha qilib aytganda,
bir tomondan Yevropa, Shimoliy Amerika va ma’lum
darajada, Yaponiya milliy xо‘jaliklarini, ikkinchi tomondan keng kо‘lamdagi mustamlaka
periferiyalarini о‘z ichiga olgan jahon iqtisodiy kompleksi (majmuasi)ning yuzaga kelishi
xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimining shunday kо‘rinishining yaralishiga olib keldiki, bu
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
52
52
kо‘rinish shu holatda ma’lum о‘zgarishlar bilan hozirgi kunda ham mavjud bо‘lib kelmoqda.
Albatta, о‘tgan о‘n yillik davr xalqaro iqtisodiy munosabatlar tabiati va tuzilmasiga ma’lum
о‘zgartirishlar kiritdi. Mustamlakachilik imperiyalarining tugatilishi va rivojlanayotgan
mamlakatlar (180 dan ortiq) deb atalmish guruhlarning vujudga kelishi natijasida iqtisodiy
aloqalar uch iqtisodiy markaz, ya’ni AQSH, Yevropa, Yaponiya bilan Osiyo, Afrika hamda
Lotin Amerikasidagi yosh davlatlar о‘rtasidagi aloqalar kо‘rinishini oldi. SSSRning tarqalib
ketishi va sobiq sotsialistik mamlakatlarning tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yо‘liga о‘tishi
rejali-buyruqbozlik xо‘jaligining samarasiz ekanligi va rivojlanishning bozor modeliga keng
kо‘lamda о‘tish muqarrar ekanligini namoyish qildi. Va, nihoyat,
ixtisoslashuv va
kooperatsiyaning
chuqurlashuvi
bilan
birga
kuzatiluvchi
ishlab
chiqarishning
baynalmilallashuvi bir qator integratsion guruhlar, shuningdek, universal va ixtisoslashgan
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar paydo bо‘lishini rag‘batlantirdi.
Davlatlarning yopiq tipdagi xо‘jalik tizimi (avtarkiya)
dan qutulishga intilishi haqida
gapirganda, yetakchi mamlakatlar о‘z siyosatlarida global bozor
makrotizimini qurishning
asosiy sharti bо‘lgan barcha uchun barobar raqobat muhitini saqlash yoki yaratishni ilgari
suruvchi «ochiq EShlar» va «teng imkoniyatlar» tamoyillarini amalda qо‘llaganliklarini qayd
etib о‘tish kerak.
Xalqaro mehnat taqsimotiga kelsak, iqtisodiy turmushning ushbu favqulodda hodisasi
xо‘jalik taraqqiyotining ilmiy-texnikaviy tarkibiy qismi birinchi darajali ahamiyat kasb
etganligi tufayli yangi sifatlarga ega bо‘ldi. Natijada, milliy iqtisodiyotlarning ixtisoslashuvi
va kooperatsiyalashuvi jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘lgan tabiiy-jug‘rofiy omil
ikkinchi darajali bо‘lib qoldi.
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
53
53
Ikkinchi jahon urushidan sо‘ng, transmilliy korporatsiyalar (TMK) nomini olgan xalqaro
monopolistik guruhlar davlat chegaralarini kesib о‘tish orqali
sayyoramizning barcha
mamlakatlari va hududlari bо‘ylab menejment va marketingning yangi uslublarini tarqatish
yо‘nalishida globallashuv jarayonlariga ta’sir etmoqda.
Xо‘jalik sohasida baynalmilal ayirboshlash mexanizmlari sezilarli darajada
murakkablashdi - kо‘plab yangi huquqiy meyor va tartiblar paydo bо‘ldiki, ular xalqaro
hamjamiyat tomonidan tan olindi hamda iqtisodiy masalalar bо‘yicha ikki va kо‘p tomonlama
bitimlarda mustahkamlandi.
Oxirgi ellik yil davomida bir necha rivojlanish bosqichlarini, ya’ni
avtomatlashtirish,
kompyuterlashtirish, biologizatsiya kabilarni boshidan kechirgan ilmiy-texnikaviy inqilob
global jahon bozorida tamomila yangi segmentning - axborotlar va texnologiyalar bozorining
paydo bо‘lishiga olib keldi.
Global xо‘jalik makrotizimi tuzilmasini tabiiy ravishda murakkablashuvi bozor muhiti
funksiyalarining tabaqalanishi bilan birga kuzatiladi. Bu funksiyalarning asosiylari qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
• indikativ – bozor agentlari, ya’ni ishlab chiqaruvchilar, vositachilar va iste’molchilarni
tovar va xizmatlarga talab va taklif tamoyillari yо‘nalishi tо‘g‘risida axborotlardan
xabardor qilish;
• tartibga solish – jahon narxlari harakatiga ta’sir о‘tkazish;
• kommunikativ – harakatdagi bozor agentlari о‘rtasida aloqalarni ta’minlash;
• sanatsiyalash – raqobat kurashi jarayonida bozorning «о‘z-о‘zini davolashi» jarayoni,
ya’ni iqtisodiy jihatdan samarasiz kompaniyalarni bartaraf etish va talabga ega bо‘lmagan
mahsulotlar ishlab chiqarishni tо‘xtatish.
Do'stlaringiz bilan baham: