Baynalminallashuvning keyingi bosqichi “xalqaro iqtisodiy integratsiya”
bilan
izohlanadi. Bu davr xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, kapital harakati
jо‘shqinligining kuchayishi, ilmiy-texnik rivojlanish umumbashariy xarakterga ega
bо‘lganligi, milliy iqtisodiyotning ochiqligi va erkin savdo darajasi ortishi bilan izohlanadi.
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
38
38
“Integratsiya” (integratio) sо‘zi lotin tilidan olingan bо‘lib, ma’lum bir qismlarning
umumlashishi, yagona bir shaklga kelishi va birlashishini anglatadi.
Iqtisodiy integratsiya
jarayonlari ikki tomonlama, bir nechta mamlakatlar va hududlararo bо‘lishi mumkin. Hozirgi
zamonda integratsion birlashmalarning asosiy masalalaridan biri ularning hududiy darajada
rivojlanishini ta’minlash hisoblanadi. Bu masalada odatda davlatlararo boshqaruv tizimi joriy
etilib, yakka umumiy mintaqaviy xо‘jalik majmui tashkil etiladi. Hozirgi bosqichda xalqaro
aloqalar tizimining barcha jabhalarida izchil о‘zgarishlar sodir bо‘lmoqda. Uning aksariyati
globallashuv jarayonlarining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Mintaqalar doirasida ayrim
mamlakatlar
iqtisodiyotlarining
о‘zaro yaqinlashib, bir-birini tо‘ldirishi hamda
baynalminallashuv jarayonida yagona bir ishlab chiqarish va boshqarish tizimida faoliyat
yuritishi
deb ataladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya mehnat taqsimoti asosida ma’lum bir davlatlar
xо‘jaliklarining birlashishi hamda о‘zaro aloqalarining samarali rivojlanishi oqibatida milliy
iqtisodiyotlarga turli shakl va darajada ta’sir о‘tkazishi mumkin. Xalqaro iqtisodiy integratsiya
xо‘jalik munosabatlari baynalminallashuvining yangi va shu bilan birga murakkab bosqichi
bо‘lib, jahon iqtisodiyotining yuqori, samarali va kelajakka yо‘naltirilgan rivojlanish nuqtasi
hisoblanadi. Bunda faqatgina milliy xо‘jaliklar birlashibgina qolmasdan, balki iqtisodiy
muammolarning yechimi hamkorlikda hal etilishi ta’minlanadi. Shu о‘rinda aytish joizki,
iqtisodiy integratsiya mamlakatlarni birgalikda faoliyat yuritishga yetaklovchi jarayon sifatida
quyidagilarda namoyon bо‘ladi:
■
turli mamlakatlarning milliy xо‘jaliklari о‘rtasidagi hamkorlik hamda ularning tо‘liq yoki
qisman umumiylashuvi;
■
mamlakatlar о‘rtasida tovar, xizmat, kapital va ishchi kuchi harakatidagi tо‘siqlarning
qisman yoki tо‘liq bartaraf etilishi;
■
yagona bozor yaratish maqsadida ma’lum bir davlatlar bozorlarining bosqichma-bosqich
birlashuvi;
■
turli mamlakatlarga taalluqli bо‘lgan xо‘jalik subyektlari о‘rtasidagi farqlarning birin-ketin
bartaraf etilishi;
■
har bir hamkor davlatda iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi chet el subyektlarining
kamsitilishiga yо‘l qо‘ymaslik.
Globallashuv bu faqatgina inson va tovarlar harakatining kuchayishigina emas, balki kо‘p
jihatdan bilimlar va ma’lumotlar almashuviga asoslanadi. Globallashuvga atroflicha ta’rif
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
39
39
berilganda, aholining erkin migratsiyasi, tovar va xizmatlar, texnologiya va ma’lumotlarning
milliy chegaralardan tо‘siqsiz erkin о‘tishi, xorijiy investitsiyalar hajmining kengayishi,
hududiy va ixtisoslashgan bozorlarning о‘zaro integratsiyalashuvi, ekologik, demografik
muammolarning umumbashariy masalaga aylanganligi tushuniladi.
Aksariyat ekspertlar fikriga kо‘ra, hech bir jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,
huquqiy va boshqa soha yoki harakatlarni globallashuvdan tashqarida, atroflicha kо‘rib chiqib
bо‘lmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, jahon iqtisodiyotining globallashuvi jamiyat hayoti
hamda faoliyatidagi turli soha va jabhalarni bir-biriga ta’sir etishi hamda bog‘liq bо‘lib
qolishining kuchayayotganini anglatadi.
Globallashuv - bu iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishdagi jamiyat taraqqiyotining murakkab
bosqichi hisoblanadi. Globallashuv о‘zining boshlang‘ich bosqichidanoq barqaror
rivojlanishga yangi tahdidlarni vujudga keltirdi. Ular bir qarashda G‘arbiy davlatlardan boshqa
barcha mamlakatlarga taalluqli bо‘lib kо‘rinadi, aslida bu chaqiriq yer yuzidagi aksariyat
insoniyatga tegishli. Bu esa jahonda sodir bо‘layotgan barcha voqea-hodisalar hamda jahon
tizimini barqarorlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan harakatlarda hamma davlatlarning
mas’uliyatini oshirishga da’vat etadi.
Globallashuv jahon xо‘jaligida barcha hudud va sohalarni о‘z ichiga qamrab olib, milliy
xо‘jaliklar rivojlanishidagi tashqi va ichki omillar muvozanatini birinchisining foydasiga hal
etadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish omillariga, asosan texnologiya va kapitalga doimiy talab
mavjudligidan kelib chiqqan holda, hech qanday mamlakat о‘z milliy iqtisodining hajmi (yirik,
о‘rta, kichik) va rivojlanganlik darajasidan (rivojlangan, rivojlanayotgan yoki о‘tish davridagi)
qat’iy nazar о‘zini-о‘zi tо‘liq yoki yetarlicha ta’minlay oladi, deb ta’kidlab bо‘lmaydi. Jahon
xо‘jaligi tizimidagi asosiy ishtirokchilarning hatti-harakati va olib borayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatini hisobga olmasdan, hech bir mamlakat о‘zining iqtisodiy rivojlanish
strategiyasini maqsadli shakllantirib, samarali amalga oshira olmaydi.
Globallashuv
tushunchasi kо‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda uchraydi. Lekin hech birida ushbu terminga aniq
va tо‘liq ta’rif berilmagan. Maxsus adabiyotlarda mualliflar ushbu tushunchani turlicha talqin
qiladilar. Masalan, AQShdagi Kaliforniya universiteti sotsiologi, professor M.Kastels
globallashuvni
deb ta’riflab, uning quyidagi asosiy
kо‘rinishlariga e’tibor qaratgan: informatsiya (ma’lumot), bilim va informatsion texnologiya
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
40
40
ishlab chiqarish darajasi hamda raqobat о‘sishining asosiy manbai sifatida
1
.
Ayrim tadqiqotchilar globallashuvni oddiy jarayon kо‘rinishida, tor ma’noda tasavvur
qilishmoqda: dunyo bо‘yicha iste’molchilar hohishlari yaqinlashganligi va taklif etilayotgan
mahsulot turlarini umumiylashganligi sababli jahon mahsulotlari milliy mahsulotlarni
bozordan siqib chiqarmoqda
2
.
Mazkur kurs doirasida biz,
jahon iqtisodiyotining globallashuvi deb, turli mintaqa,
mamlakat tarmoq va sohalarda kechayotgan jarayonlarning bir-biriga bog‘liqlik darajasining
kuchayishi tufayli bosqichma-bosqich jahon xо‘jaligining yagona tovar, xizmatlar, kapital, ish
kuchi, ma’lumot va bilimlar bozoriga aylanib borayotganligini tushunamiz
.
Do'stlaringiz bilan baham: |