93
Sog’lom hayvonlarning oshqozonidagi narsalar o’ziga xos hidli, suvsimon-shilliqli bo’lib,
nisbiy zichligi 1,006-1,016, erkin xlorid kislotasi – 0-6 birlik, birikkan xlorid -2-8 birlik, umumiy
kislotaligi – 4-9 birlik bo’ladi. Qitiqlovchi modda berilgandan 1 soat 25 daqiqadan o’tgach erkin
xlorid kislota 5-9 birlik, birikkan xlorid kislotasi – 5-12 birlik, umumiy kislotaligi – 13-20
birlikkacha ko’tariladi. 2 soat 25 daqiqan o’tgach hamma ko’rsatkichlar avvalgi holatiga tushadi.
Mikroskop ostida yakka-yakka leykositlar va epitelial hujayralar ko’rinadi.
Oshqozon atoniyasida achigan tuxum hidi, yiringli-gemorragik yallig’lanishda sassiq yoki
o’limtik hidi keladi. Olingan narsalarning quyuq-suyuqligi kasaliklar natijasida to’plangan shilliq,
yiring yoki qon miqdoriga qarab o’zgarib turadi.
Kasalliklarda oshqozon bezlari qo’zg’alishining 4 xil o’zgarishi kuzatilishi mumkin:
1.
Geperasid shakli – hayvonni och saqlagandan keyin olingan narsalarda va qitiqlovchi
modda bergandan keyin olingan narsalarda kislotalilikning yuqori bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Kislotaligi och qoldirgandan keyin birinchi olingan narsalarda 25-45 birlik; qitiqlovchi modda
bergandan keyin olingan narsalarda kislotalik ko’tarilib boradi va oxirgi porsiyalarda 60-90
birlikkacha yetadi. Shu bilan birgalikda erkin xlorid kislotasi ham oshadi.
2.
Astenik shakli – och saqlagandan keyin olingan oshqozon narsalarida umumiy kislotaligi
(20-40 birlik) va erkin xlorid kislotasi yuqori bo’ladi. Oshqozon bezlari qitiqlovchi moddalarga juda
kuchli qo’zg’alish
bilan javob berganligi uchun, qitiqlovchi modda bergandan keyin olingan
narsalarda umumiy kislotaligi (20-80 birlik) va erkin xlorid kislotasi juda tez ko’tariladi. Keyingi
porsiyalarda birdan pasayib, oxirgi porsiyada hatto dastlabki ko’rsatkichdan ham pastga tushadi.
3.
Inert shakli – och qoldirgandan keyin olingan narsalarda umumiy kislotalik normada (10-
16 birlik) bo’ladi, erkin xlorid kislotasi yoki umuman bo’lmaydi, yoki juda kam (2-3birlik) bo’ladi.
Qitiqlovchi modda berilgandan keyin ham oshqozondan olingan narsalarning kislotaligi
o’zgarmaydi. Faqat oxirgi porsiyalardagi narsalarning kislotaligi ozroq ko’tariladi.
4.
Subasid shakli – berilgan qitiqlovchi moddaga oshqozon bezlari umuman qo’zg’almaydi
va javob ham bermaydi. Shuning uchun hayvonni och qoldirib, birinchi marta olingan narsalarning
kislotaligi qanday bo’lsa, qitiqlovchi modda bo’lgandan keyin olingan narsalarning kislotaligi ham
hidi shunday bo’ladi.
5.
gastrit kasalligida oshqozondan olingan narsalarni mikroskop ostida tekshirganda epitelial
hujayralar va shilliq
leykositlar va mikrob tanalari, gelmintlarning tuxumlari va boshqa narsalar
ko’rinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: