197
va sertifikatlashtirish birligini ta‘minlash maqsadida
milliy etalonlarni tekshirish, saqlash va
ishlatishni amalga oshiruvchi ilmiy-tekshirish davlat korxonasidir.
Nazorat savollar:
1.
Etalonlar klassifikatsiyasi ?
2.
Milliy boshlang‘ich etalonlar?
3.
Etalon nima?
Davlat metrologiya nazorati va tekshiruvini o‘rganish
.
Ishning maqsadi
: Talabalarga Davlat metrologiya nazorati va tekshiruvini o‘rgatish.
O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati
O‘zstandart
Agentligi
boshqaradigan
davlat
metrologik
xizmatiga
Qoraqalpog‘iston
Respublikasidagi, viloyatlardagi va Toshkent shaharidagi davlat metrologik xizmat idoralari kiradi.
Davlat metrologik xizmat idoralari davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini, shuningdek
qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini ham bajaradi.
Davlat metrologik xizmatga O‘zstandart Agentligi rahbarlik qiladi.
O‘zstandart Agentligi nomidan milliy idora vakolatlariga quydagilar kiradi:
–
metrologiya
sohasida,
metrologik
faoliyatni
hududlararo
va
tarmoqlararo
muvofiqlashtirishda yagona davlat
siyosatini amalga oshirish;
– milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va asrash qoidalarini o‘rnatish va ularning
xalqaro darajada taqqoslanishini ta‘minlash;
– o‘lchashlar vositalariga, metodlariga va natijalariga umumiy metrologik
talablarni belgilash;
– davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;
– metrologik masalalar bo‘yicha meyoriy hujjatlarni, shu jumladan O‘zbekiston
Respublikasining barcha hududlarida majburiy kuchga ega bo‘lgan hujjatlarni boshqa davlat
boshqaruv idoralari bilan birgalikda qabul qilish;
– metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik
kadrlarni tayyorlash;
– O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasida xalqaro shartnomalariga rioya
qilinishini tekshirish;
– xalqaro tashkilotlarning metrologiya masalalari bo‘yicha faoliyatida qatnashish;
– O‘z O‘BTT ning ishini va rivojlanishini, xalqaro o‘lchashlar
tizimi va boshqa
mamlakatlarning o‘lchashlar tizimlari bilan uyg‘unlashtirishni ta‘minlash;
– iste‘molchilarning huquqlarini, insonlarning sog‘ligi va xavfsizligini, atrof muhitni va
davlat manfaatlarini o‘lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy ta‘sirlaridan himoya qilish bo‘yicha
tadbirlarni amalga oshirish.
O‘zstandart Agentligi to‘g‘risida Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
05.08.2004 №373 Qarori bilan tasdiqlangan.
Davlat metrologik xizmatiga quyidagilar ham kiradi:
– Milliy
etalonlar markazi;
– Metrologik xizmat Bosh markazi;
– Standart namunalar Bosh markazi;
198
– Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMS ITI)
Malaka oshirish markazi (MOM) bilan birga;
–
sinash
va
sertifikatlashtirish
hududiy
markazlarining
(SSM)
ning
metrologik
laboratoriyalari;
– standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari (SMB);
– Axborot-ma‘lumotnoma markazi.
Milliy etalonlar markazi O‘zbekiston Respublikasi etalon zahirasini rivojlantirish va
mukammallashtirish, kattaliklar birliklarining
davlat etalonlarini yaratish, saqlash va qo‘llanish
bo‘yicha ishlarni olib boradi.
Metrologik xizmat Bosh markazining vazifalari SMS ITI ga yuklatilgan bo‘lib, o‘lchashlar
birliligini
ta‘minlash ilmiy-metodik, texnik-iqtisodiy, tashkiliy, meyoriy asoslarini yaratadi,
metrologiya sohasida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish ishlarini bajaradi.
Standart
namunalar Bosh markazi, buning vazifalari ham SMS ITI ga yuklatilgan, moddalar
va materialllar tarkibi va xossalarining standart namunalari davlat xizmatiga ilmiy-metodik
rahbarlik qiladi, yuridik shaxslarning standart namunalarini chiqarish va qo‘llanish tartibi bo‘yicha
faoliyatlarini
muvofiqlashtiradi,
mamlakatimizda
chiqariladigan
davlat
standart
namunalarini
ekspertiza qilish va attestatlashni amalga oshiradi.
Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha Markaz, hududiy SSM ning metrologik
laboratoriyalari, hududiy SMB o‘lchashlar birliligini ta‘minlash bo‘yicha
ishlarni muvofiqlashtiradi,
davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohada metrologik tekshiruv va nazoratni
O‘z DSt 8.002:2002 ―O‘z O‘DT. Metrologik tekshiruv va nazorat. Asosiy nizomlar‖ bo‘yicha
o‘tkazadi.
Axborot-ma‘lumotnoma markazimeyoriy hujjatlar jamg‘armasini saqlaydi va O‘z O‘BTT
qatnashchilarini axborotlar bilan ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: