Yangi mahsulot
ishlab chiqarishni
yo’lga qo’yish
Realizatsiya
hajmini baholash
Ishlab chiqarish
vositalariga ehtiyoj
Aylanma
vositalar(mab-
lag’lar)ning
moddiy-tovar
boyliklari
zahiralariga
kiritilishi
Koordinatsiya va
vaqt muddatini
tanlash
majburiyatlar
Buyurtma qabul
qilinganini
tasdiqlash
Yuklashga sanktsiya
berish
Ishlab chiqarishga
buyurtma berish
Buyurtma hajmi
Buyurtmani bajarish
vaqtini tanlash
chiqarish
Tayyor mahsulot
zahiralari.
Bosh (asosiy)
kalendar dasturi
Detallar bo’yicha
kalendar dasturlar
Asbob-uskunalarni
ish bilan ta’minlash
yaroqliligi
Operatsiyalar oralig’ida
materiallarning detallar
dastgohiga
Jismoniy harakatlanish:
Ko’zda tutilmagan
to’xtab qolishlarni
bartaraf etish
To’xtab qolish va zaif
joylarni yo’qotish
To’xtab qolishlarning
oldini olish
Rejalashtirish tizimi maqbul yo’lga qo’yilganda rejada belgilangan
ko’rsatkichlarning raqamlarda belgilanishi kiritilgan mutlaq kattalik sifatida ko’rib
chiqilishi lozim. Rejalarning bajarilishi ustidan nazorat qilish ko’p hollarda chetga
og’ishlarga nisbatan yuritilib, ular tahlil qilinadi, chetga og’ishning sabablari
aniqlanadi hamda chetga og’ishlar salbiy xarakterli bo’lsa, ularga nisbatan zaruriy
choralar qo’llanadi. Rejalashtirishda mohiyatiga ko’ra, korxona oldida turgan ishlab
chiqarish vazifalari va korxonaning iste’molchilar talabiga munosabatiga tavsiflovchi
buyurtmalar “portfeli”ni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
5.5. Biznes-reja, uning mazmuni va ishlab chiqish tartibi
Tadbirkorlik - korxonalar xo’jalik yuritish faoliyatining uzluksiz qismi bo’lib,
foyda (daromad) olish va uni ko’paytirishga qaratilgan bo’ladi. Korxonalar hayotida
u, boqibeg’amlikka berilish, turg’unlik va isrofgarchilikni inkor qilishni anglatadi.
Korxona rahbari yoki mutaxassis tadbirkorlik va tashabbuskorlik “ruhiga” ega
bo’lmasa, demak, u bo’sh yoki yomon xodim, xizmatda belgilangan soatlarni
o’tkazib o’tiruvchi shaxs hisoblanadi. Aksincha, tadbirkorlik va tashabbuskorlik
“ruhiga” ega bo’lgan mutaxassis yoki mansabdor shaxslar ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish va rivojlantirish, mehnat sifatini ko’tarish va korxonaning
oladigan daromadlarini ko’paytirish yo’llarini izlab topadilar.
Tadbirkorlikni ko’pincha muayyan shaxsga “bog’lab qo’yadilar” hamda bu
shaxsni tadbirkor yoki biznesmen deb ataydilar. Bundan tashqari bir guruh
shaxslardan tashkil topuvchi jamoa tadbirkorligi ham mavjud. Bu holatni jamoa
biznesi yoki jamoa tadbirkorligi deb atash mumkin.
Agar yakka shaxs individual tarzda yoki kichik bir jamoa vositachilik, oldi-
sotdi, maslahat va boshqa xizmatlar bilan shug’ullansa, u holda biznes-reja talab
qilinmaydi. Boshqa hollarda
biznes-reja yangi korxona tashkil qilish yoki biron-bir
tijorat loyihasini amalga oshirish uchun mo’ljallanayotgan asoslangan xatti-
harakatlarni o’z ichiga oluvchi hujjat hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi, korxonaga
Do'stlaringiz bilan baham: