Korxona, uning mahsulot va xizmatlari tavsifnomasi bo’limida
korxonaning joylashgan manzili, bozorga chiqish shakli, bozordagi ulushi, asosiy
raqobatchilari va ularning kuchli tomonlari, texnologiya darajasi va xarajatlar tahlili
aks ettiriladi.
Mulkchilik shakli, xodimlarning malakasi, tashqi muhit bilan munosabatlar
“Boshqaruv” bo’limida ko’rsatiladi.
“Bozor tadqiqoti va tahlili” bo’limida tanlangan bozor asoslab beriladi,
xaridorlarni korxona mahsulotlariga jalb etuvchi raqobatchilik usullari hamda
bozorda bahoni shakllantirish va hokazolar ko’rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |