The economy of enterprise



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/240
Sana29.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#86037
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   240
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Tezkorlik  (operativlik)  –  barcha  funktsional  bo’linmalarning,  zarur  hollarda 
ishlab  chiqarish  bo’linmalarining,  boshqaruv  qarorlari  o’z  vaqtida  va  sifatli 
bajarilishini ta’minlash uchun o’zaro aloqalar aniqlik bilan olib borilishi. 
Ishonchlilik  –  axborotlarni  o’z  vaqtida  olish  va  boshqaruv  qarorlarini 
bajaruvchilarga va bajarish joylariga o’z vaqtida etkazishni ta’minlaydi. Ishonchlilik 
va tezkorlik joriy va istiqboldagi boshqaruv tizimining samaradorligida muhim turtki 
hisoblanadi. 
Tejamkorlik  –  bu,  asosan  boshqaruv  tizimida  maksimal  samaraga  erishgan 
holda boshqaruv apparati va uning xarajatlarini kamaytirishga, ya’ni ishlab chiqarish 
samaradorligining o’sishiga erishishdir. 
Aytib  o’tish  kerakki,  korxona  jamoasi  va  ishlab  chiqarishni  boshqarishni 
takomillashtirish sohasida barcha uchun bir xil yo’l mavjud emas. 
Mazkur vazifa muayyan sharoit, holat va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda 
yuzaga  keladi  va  hal  qilinadi. Biroq  bunda  ham  o’zgarmas  bir  qoida  mavjud  bo’lib, 
unga ko’ra, har bir o’zgartirish, yaxshilanish va shakl o’zgartirishlar avvaldan o’ylab 
chiqilishi  hamda  ilmiy  jihatdan  asoslab  berilishi  zarur.  Masalan,  hozirgi  paytda 
korxonalarni  boshqarishni  takomillashtirishning  muhim  yo’nalishlaridan  biri  sifatida 
avtomatlashtirilgan  boshqaruv  tizimini  (ABT)  yaratish  va  amaliyotga  kiritish  hamda 
ish vaqt yo’qotilishining oldini olish, uskunalarning bekor turib qolishini qisqartirish, 
mehnat  va  moddiy  resurslardan  oqilona  foydalanishga  ko’maklashuvchi  kompyuter 
texnikasidan foydalanishni ko’rsatish mumkin. 
Amaliyotdan  shu  narsa  ma’lumki,  korxonalarni  boshqarishning  tsexsiz 
tuzilmasi yuqori darajada samarali bo’lib, boshqaruvni markazlashtirishni qisqartirish 
hamda  kichik  va  o’rta  korxonalarning  ijtimoiy  ishlab  chiqarishni  rivojlantirishdagi 
ahamiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Boshqaruv  tizimini  tkaomillashtirishning  muhim  yo’nalishlaridan  biri  - 
korxonaning  funktsional  xizmatlari  va  bo’limlari  faoliyatini  ortiqcha  tuzilmaviy 
bo’linmalarni  tugatish,  xizmat  ko’rsatuvchi  bo’limlarni  optimallashtirish,  birlamchi 
 
50 


hisobga olish hamda hisob-kitob va boshqa boshqaruv amallarini soddalashtirish yo’li 
orqali muvofiqlashtirishdir. 
Bu  erda  ishlab  chiqarishni  tezkor  boshqarishning  ko’plab  funktsiyalarini 
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish imkonini beruvchi, boshqaruvning yangi 
texnikasidan,  ishlab  chiqarish  ko’rsatkichlari  yuqori  bo’lgan  turli  xil  hisob-kitob  va 
tahlil vositalaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. 
Boshqaruv 
tizimini 
takomillashtirishda 
texnik 
vositalar, 
boshqaruv 
jarayonlarini  mexanizatsiyalashtirish,  jumladan,  ABT  asosidagi  faoliyat,  boshqaruv 
tadqiqotlari va loyihalari o’z-o’zidan yoki avtomatik ravishda kerakli natijalarga olib 
kelmaydi.  Bu  erda  ko’p  narsa  insonlarning,  ayniqsa,  menedjerlarning  faoliyatiga 
bog’liq  bo’ladi.  Shu  sababli  ijtimoiy  omillarning  rivojlanishi,  ishlab  chiqarish 
jamoasining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli kuchayishi, ayniqsa, korxonalarga 
boshqarishning  ratsional  shakllarini  tanlashga  keng  imkoniyatlar  yaratib  berilgan 
hozirgi paytda muhim ahamiyatga ega. Mustaqillikni kengaytirish va ishlab chiqarish 
jamoasining  ishlab  chiqarishni  boshqarishdagi  roli  o’sishi  iqtisodiy  fikrlashning 
kerakli  tomonga  yo’naltirilishiga  xizmat  qiladi  hamda  boshqarishni  yaxshilashni 
korxona rahbaridan tashqari butun jamoaning vazifasi qilib belgilaydi. 
Zamonaviy  texnika  vositalari  va  yangi  usullardan  tashqari  korxonalarni 
boshqarishda ishlab chiqarish jamoalarida zarur bo’lgan ijtimoiy-psixologik muhitni 
shakllantirish  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Amaliyot  ko’rsatadiki,  ijtimoiy-psixologik 
muhit  boshqaruvning  natijalari  va  amaliyligini  yo’qqa  chiqarishi  yoki  aksincha 
kuchaytirishi mumkin. 
Psixologik muhit nodir va qaytarilmas holatdir. Ikkita bir xil jamoa bo’lmagani 
kabi,  bir-biriga  mos  keluvchi  psixologik  muhitning  ham  mavjud  bo’lishi  mumkin 
emas: jamoadagi har bir shaxs jamoani boyitadi va  bir vaqtda o’zi ham boyib, unga 
nodirlik va qaytarilmaslikni baxsh etadi. Psixologik muhit orqali zarur bo’lgan ishlab 
chiqarish 
ruhiyati 
shakllanadi 
va 
boshqaruvning 
maqsadli 
funktsiyalari 
muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish