The economy of enterprise


III BOB. KORXONANI TAShKIL QILISh VA UNING



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/240
Sana29.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#86037
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   240
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

III BOB. KORXONANI TAShKIL QILISh VA UNING  
FAOLIYATINI TO’XTATISh 
 
3.1. Korxonani tashkil qilish tamoyillari 
 
Iqtisodiyotning  jadal  rivojlanishi  va  ishlab  chiqarish  kuchlarining  o’sishi 
faoliyat  yuritayotgan  korxonalardan  tashqari,  yangi  korxonalarni  tashkil  qilish  va 
ishga  tushirishga  tayanadi.  Bunday  qadam  iqtisodiy  jihatdan  maqbullikka,  resurslar 
imkoniyati  va  korxona  mahsulotlariga  bo’lgan  talabga  asoslanadi.  Biron-bir 
mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo’q bo’lishi ham, yangi korxona yoki ishlab 
chiqarishni tashkil qilishga sabab bo’lishi mumkin. 
  Yangi  korxonani  tashkil  qilish  quyidagi  tashkiliy  tamoyillar  asosida  amalga 
oshiriladi: 
•  korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo’lishi; 
•  korxona muassislarini tanlash; 
•  taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o’rganish; 
•  korxona Nizom jamg’armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash; 
•  korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash; 
•  davlat ro’yxatidan o’tish; 
•  muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash; 
•  soliq idoralarida ro’yxatdan o’tish. 
  
O’zbekiston  Respublikasining  qonunchiliga  asosan,  korxonalar  mulk  egasi 
(egalari)  yoki  u  (ular)  tayinlagan  vakillik  organi,  mehnat  jamoai  yoki  muassislar 
guruhining  qarori  bo’yicha  belgilangan  qonun-qoidalarga  asosan  tashkil  qilinishi 
mumkin. 
Shuningdek,  korxonalar  agar    korxona  mulki  egasi  yoki  u  tayinlagan  vakillik 
organining  roziligi  bo’lsa,  faoliyat  yuritayotgan  korxona  tarkibidan  bir  yoki  bir 
nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga 
ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin. 
Korxona  joriy  va  hisob-kitob  raqamlari  ochish  va  ular  to’g’risidagi  holatlarni 
tasdiqlash  huquqiga  ega  bo’lgan,  mustaqil  huquqiy  shaxs  maqomidagi  sho’’ba 
korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy bo’linmalarni tashkil 
qilishi mumkin. 
Korxona  qonun  hujjatlarida  belgilab  qo’yilgan  tartibda  maxsus  davlat 
organlarida  ro’yxatga  olingan  kundan  boshlab  tashkil  qilingan  hisoblanadi  va 
huquqiy shaxs maqomiga ega bo’ladi. 
  Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi: 
•  iste’molchilar  talab  qilayotgan  mahsulot  ishlab  chiqarishni  ko’paytirish  va 
uni sotishdan foyda (daromad) olish; 
•  ishlab chiqarishga ish bilan band bo’lmagan aholini jalb qilish va shu orqali 
ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish; 
•  ishlab chiqarishga mavjud qushimcha resurslarni jalb qilish; 
•  fan-texnika  yutuqlaridan  foydalangan  holda  yangi  sanoat  mahsulotlarini 
ishlab chiqarish; 
 
34 


•  yakka  tarzda  yoki  hamkorlikda  faoliyat  yuritish  uchun  kichik  korxona 
(o’rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining 
shahsiy ehtiyojlarini qondirish; 
•  ishlab  chiqarishni  mustahkamlash  va  rivojlantirish  hamda  bozor  muhitini 
kengaytirish. 
 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish