11
I BOB. Fuqarolik huquqida voyaga yetganlik tushunchasi va
emansipatsiya holatining kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari va uning
nazariy jihatlari
1.1 Fuqarolik huquqida emansipatsiya va voyaga yetganlik tushunchasi
hamda ularning ahamiyati
Voyaga yetganlik shaxs o’z mamlakatining fuqarolik huquq va
majburiyatlarini olishdan boshlanadi. Mamakatda yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy
o’zgarishlar davrda yoshlar erta kamolotga erishadilar hamda iqtisodiy va ijtimoiy
hayotda faol ishtirok
etishga harakat qiladilar, bu esa voyaga yetmaganlarning
emansipatsiyasi hamda muomala layoqatini huquqiy rasmiylashtirish zaruriyatini
keltirib chiqaradi.
Fuqaroning huquqiy mustaqilligi uning voyaga
yetgan vaqtidan boshlab
vujudga keladi. Voyaga yetganlik - bu qonunchilik normalariga ko’ra, shaxs to’liq
muomala layoqatiga ega bo’lgan yoshdir. Voyaga yetganlik yoshi har doim ham
bir xil bo’lmagan hamda asrlar davomida o’zgarib kelmoqda. Misol uchun, o’rta
asrlarda Yevropada erkaklar uchun nikoh yoshi 14 yosh bo’lgan bo’lsa,
ayollar
uchun esa 12 yosh bo’lgan. Hozirgi vaqtda voyaga yetganlik yoshi har bir davlatda
har xilligini ko’rishimiz mumkin.
Xalqaro deklaratsiyalar mavjud bo’lib, unga ko’ra 18 yoshga to’lgan shaxs
voyaga yetgan hisoblanadi. Postsovet hududidagi mamlakatlarda (MDH va
Boltiqbo’yi davlatlari) fuqarolarning muomala layoqati 18 yoshdan boshlanadi.
Shuningdek, Avstraliya,
Yangi Zelandiya, aksariyat Yevropa mamlakatlari,
Turkiya, Isroil, Braziliya,
Venesuela, Peru, Chili, Kanadaning uchta viloyatida
(qolgan yettitasida 19 yoshdan) shaxs 18 yoshdan voyaga yetgan hisoblanadi.
Meksika, Janubiy Afrika va AQSHning ko’plab shtatlarida ham 18 yosh voyaga
yetganlik yoshi hisoblanadi.
Biroq, voyaga yetganlik yoshi 18 yoshgacha bo’lgan davlatlar mavjud:
Grenlandiya - 12 yosh, Farer orollari - 14, Kuba - 16, Shimoliy Koreya - 17 yosh,
Janubiy Koreyada - 19 yosh, Tunis va Yaponiyada esa fuqarolar 20
yoshdan
boshlab voyaga yetgan hisoblanadi. AQShning ayrim shtatlarida 21 yosh
amerikaliklar jamiyatning to’liq a’zosi bo’lish davri hisoblanadi. Shu paytdan
boshlab ular politsiyada xizmat qilishlari, saylovlarda
ovoz berishlari va hokazo
huquqlaridan foydalanishlari mumkin. Ammo 25 yoshga to’lgandan keyingina
Amerika fuqarosi Kongressga saylanish va 35 yoshdan boshlab prezidentlikka
nomzod bo’lish huquqiga ega.
12
Bahrayn, Gvineya, Misr,
Madagaskar, Monako, Singapur davlatlari
fuqarolari 21 yoshdan boshlab muomalaga layoqatli hisoblanadi
4
.
Endilikda bizda yuqoridagi statistik ma’lumotlardan
kelib chiqib savol
tug’iladi.
Voyaga yetganlik yoshi nimaga qarab belgilanadi?
Biz, voyaga yetganlik yoshini 4 mezon orqali belgilashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: