14
qarshi norozilik Elzas va Lotaringiya shaharlarida kuchli bo‘lib,
“Yahudiylar
juda ko‘payib, ularning sudxo‘rligi qishloq axolisini xonavayron qilmoqda”
degan bahonalar bilan ularni siqib chiqarish nihoyatda avj oldi.
Asl kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan va ayni paytda Fransiya fuqarolari
hisoblangan Tula va Motso o‘zlarining daftarlarida: “Yahudiylarga o‘zlarining
ehtiyojlarini qondiradigan barcha halol yo‘llar man qilingan va ularga hazrati
oliylarining barcha fuqarolari singari erkin kasb bilan shug‘ullanishlariga ruxsat
berilmagan”
6
deb yozib qoldirganlar.
Elzasda sodir bo‘lgan 1789 yil iyul oyidagi qirg‘inga oid “Buyuk dahshat”
voqeasidan so‘ng minglab yahudiylar qo‘shni Shvetysariyaga
ketishga majbur
bo‘ldilar. Bu vaqtda Fransiyada yashash faoliyati va turmush tarzi bilan bir-biridan
farq qiluvchi har xil yahudiylar paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ular madaniy ijtimoiy
soxada yagona xususiyatga ega edilar. Bundan tashqari XIX asrning boshlarida
Parijda yuzlab “yarim yashirin” yahudiylar, yaʼni yangi g‘oyani qo‘llab-
quvvatlaydiganlar paydo bo‘ldi. Sharqdan nemis yahudiylari o‘zlarining vakillarini
«karam va echki muammosini» yechish uchun jo‘natib,
cheklangan huquqlarni
bekor qilishga bir vaqtda o‘zlarining umumiy avtonomiyalarga, ichki qonunlariga
va ortodaksal anʼanalariga erishishga harakat qildilar. Mazkur harakat bir necha yil
davom etdi va ko‘zlangan maqsadga oz bo‘lsa-da erishildi.
Oradan ancha vaqt o‘tib, aniqrog‘i, Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi muhokama qilinayotganda protestantlar tomonidan rasmiy vakil
sifatida ko‘rsatilgan siyosatchi Rabo de Sent-Etyen
yahudiylarning barcha bilan
huquqiy jihatdan tengligini kafolatlaydigan huquqlar berish kerakligini ilgari
suradi. U o‘zining dindoshlarini himoya qilish bilan bir vaqtda yahudiylarni
Osiyodan surgun qilingan xalq deb ataydi va ushbu so‘zlarni aytadi: “Men
Osiyodan surgun qilingan xalqni, yaʼni doimiy hududga ega bo‘lmagan
sakkiz
asrdan buyon taʼqib qilinayotgan mazkur xalq uchun huquq va erkinliklarni
6
Анна Новикова;. Эмансипация евреев Западной Европы в конце XVIII – XIX веках;.2014
15
so‘rayman. Bu xalq urf-odatlarimiz belgisi, agar bizning qonun ular bilan bizni
qo‘shilishga ruxsat bersa uni muhokama qilishdan maʼno yo‘q. Chunki bizlar uzoq
vaqt davomida ularga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lganmiz”.
7
Yahudiylar emansipatsiyasining tarafdorlaridan, shuningdek, Abbat Greguar
“Yahudiylar tushkunlikka uchramoqda, ular varvar qonunlariga bo‘ysunmoqdalar,
maʼrifatning buyuk qoidalariga muvofiq ular qonunlarni
tiklash va isloh qilishga
harakat qilmoqda”. Hatto cherkov ruhoniysi bo‘lgan Robesper ham yahudiylar
to‘grisida shunday deydi: “Bunday xo‘rlashdan so‘ng shunday yahudiylar
tug‘iladiki, yaxshi fazilatlarga ega bo‘lishni o‘zingiz ko‘rasiz...”.
Portugal yahudiylarining o‘z huquqlarini himoya qilishga qaratilgan
mustaqil harakatlari natijasida 1790 yilning 28 yanvarida
bogaqalar bilan teng
huquqlarga ega bo‘lishdi. 1791 yil 27 sentyabrda Konstitutsiyaviy Majlis yopiq
majlisida bir ovozdan yahudiylarning emansipatsiyasi haqida qonun qabul qilindi.
Majlisda raislik qiluvchi Gene-de Sen-Jon de Anjele ogohlantirish bilan chiqib:
“Men hammani tartibga rioya qilishini talab qilaman. Kim bu taklifga eʼtiroz
bildirsa konstitutsiyaga qarshi chiqqandek qo‘l ko‘tarsin”.
Yahudiy bo‘lgan abbat Jozef Lyukman bu voqeadan yuz yil o‘tgandan so‘ng
o‘zining xotira daftarida yozib qoldirdi: “Bu kun biz uchun juda adolatli bo‘lgan”.
Napoleon Italiya yahudiylarining asosiy qismiga huquqlar olib berdi. Faqat
papa davlatiga tegishli yahudiylar bundan bahramand bo‘la olishmadi.
Amsterdamning yahudiylari ham o‘zlarining huquqiy maqomini oldi, ammo
siyosiy huquqlarini qo‘lga kirita olmadi.
Fransiya Yevropada yahudiylarni emansipatsiya qilinishida muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: