7-MAVZU: DIDAKTIK NAZARIYALAR VA TA’LIM
PARADIGMALARI
REJA:
1.
Didaktika haqida tushuncha.
2.
Didaktikaning predmeti va vazifalari.
3.
Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi.
4.
Ta’lim paradigmalari xaqida tushuncha
5. Ta’lim paradigmalari turlari
Tayanch ibora va atamalar
:
tarbiya, jamoa, shaxs va jamiyat,
O‘quvchilar jamoasi,
ijtimoiy munosabatlar, umumiy faoliyat.
Didaktika (grekcha didasko – o‘qitaman) ta‘lim va ma‘lumot haqidagi
fandir.Insonning tarbiyasi rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida ta‘lim va
ma‘lumot muhim ahaiyatga ega. Ma‘lumot-bu
egallagan
, tizimlashtirilgan bilim,
ko°nikma va malakalar, hosil qilingan dunyoqarashlar majmui.Ta‘lim-o‘qituvchi
rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirilgan, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stiradigan va dunyoqarashini tarkib
toptiradigan jarayondir. Ta‘lim va ma‘lumot bir-biri bilan mustahkam bog‘liq.
Ma‘lumot bu ta‘limning natijasi, ta‘lim esa ma‘lumot olishning asosiy yo‘lidir.
Didaktika fani ta‘lim va ma‘lumotning muhim muammolarini o‘rganish bilan
birga «kimni o‘qitish kerak», «nimaga o‘rgatish kerak», «qanday o‘qitish kerak»
kabi
savollarga
ham
javob
bo‘ladi.
Didaktika sohasida birinchi asar yaratgan olim XVII asrning chex pedagogi Yan
Amos Komenskiy (1592-1670). O‘zining mashhur asari «Buyuk didaktika» (1632y
yozilgan, 1975y o‘zbek tilga tarjima qilingan) sida o‘qitish va tarbiya jarayonlari,
o‘qitishning yo‘llari va didaktik printsiplar maktabda ta‘lim-tarbiya ishlarini tashkil
qilish
kabi
masalalarni
ishlab
chiqdi.
Markaziy Osiyo allomalari merosida ham didaktika sohasida yaratilgan bir qancha
asarlarda ta‘lim qoidalari, ta‘limni tashkil etish, unda o‘qituvchining roli kabi
masalalar bayon etilgan Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) «Tadbiri manozil», Abu
Nasr Farobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida», «Sharxlar», «Evklid
kitobining muqaddimasiga sharxlar», «Hikmat asoslari» kabi bir qator asarlarida,
Burhoniddin Marg‘iloniynng (1150-1187) «Ilmga kirishuvchi uchun birinchi asos»
kabi
asarlari
shular
jumlasidan.
Didaktika quyidagi masalalar bilan: ta‘lim jarayonining mohiyati, ta‘limni
muvaffaqiyatli olib borish shartlari, ta‘limning vazifasi va mazmuni, ta‘limni tashkil
etish shakli va metodlari, o‘quvchilarning bilimini tekshirish va baholash kabi
masalalar bilan «Ta‘lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida «Ta‘lim
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor» deb e‘lon
qilinganligi ta‘kidlanadi. Hozirgi davrda didaktlar vatanimiz va chet ellar
pedagogikasi va psixologiyasi yutuqlariga tayanib o‘quvchilarning faolligini
va
mustaqilligini oshirish
, o‘quvchilarni bilimlarni mustaqil egallashga o‘rgatish,
ularning bilish faoliyatlarini faollashtirish, darsni takomillashtirish, ta‘lim
printsiplari va ta‘limning izchilligi va shu kabi muammolarda tadqiqot ishlari olib
bormoqdalar.Didaktika ikkiga bo‘linadi:umumiy didaktika va xususiy didaktika.
Umumiy didaktika maktablarda o‘rganiladigan barcha predmetlarga xos bo‘lgan
uquv jarayonining umumiy qonuniyatlari tekshiriladi va belgilanadi.Xususiy
didaktikada esa u yoki bu predmetni o‘rgatishga xos bo‘lgan didaktik qonuniyatlar
tekshiriladi
va
belgilanadi.
Didaktika pedagogika fanlari sirasiga kirgani uchun ham ta‘lim sohasini tadqiq
etishda
pedagogik
ilmiy-tekshirish
metodlaridan
foydalaniladi.
1.Kuzatish.
2.Ilg‘or
pedagogik
tajribani
o‘rganish
va
umumlashtirish.
3.Didaktik
eksprement.
4.Hujjat va arxiv materiallarini tekshirish (dars planlari, sinf jurnallari va h.) va
o‘quvchilar ishlari (insho, kontrol, grafik ishlar, o‘quv ustaxonasida bajarilgan
ishlar).
5.Suhbat
va
anketa.
Mustaqil O‘zbekistonda didaktika rivojlanishining hozirgi etapi «Kadrlar tayyorlash
milliy
Dasturi» ta‘lim oldiga qo‘ygan muammolar bilan bog‘liq.
Hozirgi davrda ham didaktikaning muhim vazifasi ta‘limning mazmunini bir asosiy
masalaa barkamol shaxsni tarbiyalash masalasiga qaratish bo‘lib qoldi. Shuning
bilan birga hozirgi va kelgusi didaktika faqatgina shu masalani bajarish bilangina
cheklanib
qolmaydi.
Hozirgi kunda «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» va «Ta‘lim to‘g‘risida»dagi
Qonun ta‘lim oldiga qo‘gan muhm vazifalarni yechish hozirgi zamon didaktikasi
zimmasiga
tushadi.
Bular:
1) boshlang‘ich ta‘lim didaktikasi oldiga o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish
yangi pedagogik texnologiya joriy etishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab
chiqish
zarur;
2) boshlang‘ich ta‘lim standartlarini ishlab chiqishda fan bilan Bolaning bilim
imkoniyatlari o‘rtasidagi birlikni o‘rganish sohasida keng tadqiqotlar olib borish;
3) o‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ilmiy dunyoqarash va erkin
fikrlashga o‘rgatish, mustaqil bilim olish va mustaqillikka o‘rgatish bugungi kun
vazifasi. Chunki boshlang‘ich ta‘limdayoq bo‘larga e‘tibor berilmasa o‘quvchining
mustaqil,
erkin
va
ijodiy
fikrlashga
o‘rgatib
bo‘lmaydi.
4) boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini «Kadrlar tayyorlash Milliy modeli» talablari
asosida tayyorlash. Ularni yuqori professional qobiliyatga ega,
bilimdon
, pedagogik
mahoratli
bo‘lishlariga
erishish.
Uzluksiz ta’lim kadrlarni tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayoyrlash milliy
modelining tarkibiy kismlaridan biri deb, ta’kidlanadi kadrlar tayyorlash milliy
dasturida. Uzluksiz ta’lim tizimi o‘kuv-tarbiya jarayonining hamma boskichlarini
kamrab oladi hamda har tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirish uchun
shart-sharoitlar yaratadi. Shu sababli mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy
dasturi asosida uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari
(prinsiplari) belgilanadi. Bular ta’limning ustuvorligi, ta’limning demokratlashuvi,
ta’limning insonparvarlashuvi, ta’limning
ijtimoiylashuvi
, ta’limning milliy
yo‘nalganligi, ta’lim va tarbiyaning uzviy boglikligi, iktidorli yoshlarni aniklash,
yukori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Jamiyat talab
kilayotgan uzluksiz ta’limga tegishli bu konun-koidalar o‘kitish, bilim berish, ya’ni
ta’lim jarayoniga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogikada ta’limning ilmiy-
nazariy, uslubiy asoslari aloxida, ya’ni didaktika kismida o‘rganiladi. Bu jarayonda
ta’lim
prinsiplariga
ham
aloxida
to‘xtaladi.
Ta’lim va ayrim o`quv predmetlari (jumladan, ona tilini o`qitish) maqsadining ta’lim
tizimi hamda strukturasida egallagan muhim mavqeyi, ta’lim maqsadining ta’lim
mazmuni, usuli, vositalari va pirovard natijasini belgilashda hal qiluvchi omil
ekanligiga qaramay, mazkur muammo pedagogika, didaktikaga oid ilmiy
adabiyotlarda kam o`rganilgan. Juda ko`p hollarda (jumladan, rus olimlaridan
I.Y.Lerner,
M.N.Skatkin,
V.V.Kraevskogo,
V.S.Lednev,
T.A.Ilina,
Y.A.Komenskiy, Y.K.Babanskiy, M.A.Danilov, M.M.Potashnik, N.F.Talizina,
N.V.Savin, L.M.Fridman, o`zbek olimlaridan O.R.Roziqov, A.Q.G`ulomov,
R.G`.Safarova, S.Y.Og`ayev, B.R.Adizov, M.Saidov va boshqalarning ishlarida) bu
masalani o`rganish ta’lim mazmuni va usuli tadqiqiga qo`shib yuborilgan.
Pedagogika hamda didaktika bo`yicha darslik va qo`llanmalarda ham ta’lim maqsadi
o`z-o`zidan tushunarli hodisa sifatida alohida tahlil etilmaydi. Vaholanki, ta’lim
maqsadi ta’lim strukturasida markaziy o`rinlardan birini egallaydi. To`g`ri, didakt
va metodistlarning ta’lim maqsadi tadqiqiga kamroq e`tibor qaratishi ta’lim
maqsadining didaktlar ixtiyoridagi omil emasligi, odatda, u ijtimoiy buyurtma
sifatida davlat va jamiyat tomonidan belgilanishi, tadqiqotchi va amaliyotchilarga
go`yoki tashqaridan yuklatilishi bilan oqlanishi mumkindek ko`rinadi. Biroq mazkur
masalani alohida olingan muayyan o`quv predmeti misolida tarixiy nuqtayi
nazardan, shuningdek, ta’lim maqsadidagi tadrijiylik hamda inkishof jihatlardan
o`rganish davlat va jamiyat taraqqiyoti ahamiyatidagi zarur masalalardandir.
To`g`ri, davlat va jamiyat ta’lim maqsadini o`z taraqqiyoti davomida tug`ilgan
ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun rasmiy ravishda belgilaydi. Biroq davlat va
jamiyat ta’lim maqsadini ijtimoiy
buyurtma sifatida belgilashda
, albatta, ta’lim
peshvolari qanday chora-tadbirlarni ilgari surishlariga tayanadi. Shuning uchun
ta’lim maqsadi muammosini har tomonlama o`rganish barcha davrlar uchun muhim
ahamiyat
kahhf
etadi.
Ta’lim maqsadi silsilasida ona tili ta’limi maqsadi alohida o`rinda turadi. Chunki
maktab ta’limi ona tilini ta’lim oluvchiga o` r g a t m a y d i - ta’lim oluvchi ona
tilini ta’lim dargohiga kelgunga qadar biladi va undan o`z kundalik amaliy
ehtiyojlarini qondirish uchun bemalol foydalana oladi. Ana shu o`rinda bir necha
haqli savollar tug`iladi: Nega zamonaviy ta’limning barcha tur, bo`g`in va
bos`ichlari uchun ona tili ta’limi umumiy va zaruriy o`quv predmeti sifatida
majburiy kiritilgan? Ona tili ta’limi nimaga xizmat qilishi kerak? Ilmiy grammatika,
tilshunoslik ilmi asoslarini o`rganish uchunmi? Jamiyat a`zolarining barchasi
tilshunos
bo`lishi
shartmi?!
Tilshunoslik fani va tilshunos tilga mutlaqo ta`sir o`tkaza olmaydi−til tilshunos va
grammatiklar amriga buysunmaydi. Bu azaldan ma`lum oddiy haqiqat. Jamiyatda
hamma madaniyatli kishilarning tilshunos bo`lishi shart ham emas. Demak,
ta’limning barcha tur, bo`g`in, bosqich va ko`rinishlarida ona tili ta’limining o`ziga
xos
maqsadi
va
zarurati
mavjud,
zarurat
esa
o`rganilishi
lozim.
Bundan tashqari o`zbek sovet pedagogikasida uzoq muddat davomida
"O`zbekistonda ona tili ta’limi faqat Oktabr revolyutsiyasidan keyin amalga
oshirildi" degan g`ayriilmiy o`ydirma, o`zbek xalqi, uning uzoq tarixi va
qadriyatlariga nisbatan noto`g`ri fikr hukmron edi. Buning sabablarini Prezidentimiz
"bizning tariximizni boshqalar yozsa, boshqacha yozadi" degan xulosalarida va bu
bo`limga peshlavha sifatida keltirilgan iqtibosda ochib bergan edilar. Zero,
O`zbekiston Prezidenti ta`kidlaganidek, "qachongacha biz tariximizni birovlarning
nuqtayi nazari, qarichi bilan baholaymiz?".
1
Bu so`zlar yog`dusida ona tilimiz −
milliy o`zbek tilini o`qitish tarixiga nazar tashlash, bu til ta’limida o`qitish
maqsadining tadrijiy taraqqiyotini o`rganish muhim ilmiy-ma’naviy ahamiyat kasb
etishi tabiiy, albatta. Mana shuning uchun ushbu o`quv qo`llanma ona tili va
adabiyot o`quv predmetining bo`lajak o`qituvchilarini ona (o`zbek) tilini
o`qitishning turli davrlarda maqsadi, bugungi ta’lim maqsadining uzoq ildizlari bilan
tanishtirishni ko`zlab tuzildi. Unda ta’lim tili sifatida ona (o`zbek) tilida ta’lim tarixi,
ta’lim maqsadining tarixiy rivoji, milliy istiqlol sharofati bilan ta’lim maqsadining
tubdan yangilanishi, bu maqsadni to`la voqelantirish uchun ona tili ta’limi nazariyasi
va usuliyoti oldida turgan ayrim zarur vazifalar xususidagi mulohazalar ifodalangan.
Shuningdek,
unda:
−"O`zbekistonda ona tili ta’limi faqat Oktabr revolyutsiyasidan keyingina yo`lga
qo`yildi",
degan
fikrning
noto`g`riligi;
−"ona tilida ta’lim" va "ona tilini maxsus o`quv predmeti sifatida o`qitish"
tushunchalari
bir
narsa
emasligi;
− ona tilida ta’lim jarayonida ona tili ham o`qitilishi, bunday holatda ona tili va
ta’lim
tili
tushunchalari
bir-biriga
mos
kelishi
;
−
ona tili ta’limining xat-savod o`rgatish, fikrni uqish va bayon qilish ko`nikmalarini
shakllantirish kabi u m u m i y va uni maxsus - alohida o`quv predmeti sifatida
ta’limini talab etuvchi x u s u s i y maqsadlari farqlanishi;
−ona tilida ta’lim maqsadining tubdan o`zgarishi mazkur o`quv predmeti ta’limi
mazmuni, usuli, vositalarining ham tubdan yangilanishini talab etishi kabi masalalar
batafsil
bayon
etiladi.
Qo`llanma ikki bo`limdan iborat bo`lib, birinchi bo`limi ta’lim maqsadi tushunchasi,
uning ta’lim mazmuni va usullari bilan aloqadorligini sharhlashga, ikkinchi bo`limi
esa ona tilida ta’lim va ona tili ta’limi tushunchalarini farqlash, ona (o`zbek) tilida
ta’lim tarixi silsilasida ona tilini o`qitish maqsadidagi tadrijiy taraqqiyot masalalarini
yoritishga
bag`ishlanadi.
Ta’lim jarayoni – bu mohiyatan ta’lim jarayoni ishtirokchilari –ta’lim oluvchi
(o`quvchi, talaba, shogird, izdosh, payrav; tarixan – murid) va ta’lim beruvchi
(o`qituvchi, muallim, murabbiy, ustoz: tarixan– pir, murshid)
1
orasidagi ta’lim
maqsadi asosidagi faol munosabatidir; ta’lim bilan aloqador barcha munosabatlar,
uning barcha qirralari ta’lim ishtirokchilarida – ustoz va o`quvchida kesishadi. Inson
barcha ijtimoiy munosabatlarning markazi, kesishish nuqtasi bo`lganidek,
ustoz~o`quvchi ham barcha turdagi didaktik munosabatlarning kesishish nuqtasidir.
Shuning uchun biz yuqorida ta’lim maqsadi,
uning mazmuni
, usuli, vositalari,
ularning o`zaro aloqadorligi masalalarini ko`rib o`tyotganda har doim
o`quvchi~ustoz munosabati masalalari bilan to`qnashdik. Chunonchi, ta’lim
maqsadining o`zi, eng avvalo, KIMni, qanday shaxsni yetishtirish masalasini o`rtaga
qo`yadi. Bu shaxs kim? U O`QUVCHIdir! Kim uni yetishtiradi, tarbiyalaydi? U esa
USTOZdir! Ular o`zaro qanday munosabatda bo`lishi kerak? Biz bu haqda yuqorida
(ta’lim usuli bilan bog`liq ravishda) ikki xil yondashish mavjudligini va bu
yondashishlarning
har
biri
o`ziga
xos
shaxsni
–
–
Do'stlaringiz bilan baham: |