biri bilimdon, ijrochi, lekin mute, mo`min-qobil, passiv ijrochini
,
–
ikkinchisi esa faol, bunyodkor, mustaqil ijodiy tafakkur sohibi bo`lgan
tadbirkorni
tayyorlashga qaratilganligi haqida suhbatlashgan edik. Haqiqatan ham,
o`quvchi~ustoz munosabati ta’lim jarayonining m a r k a z i y muammosi –ham
ibtidosi, ham intihosidir. Ta’lim maqsadi, ya’ni jamiyatning tarbiya-ta’lim natijasiga
qo`ygan ijtimoiy talabi, birinchi navbatda o`quvchiga qanday yondashish va ustoz
qanday bo`lishi kerakligini, kimni yetishtirishni belgilaydi. Undan keyingina
o`quvchiga nimani berish (ta’lim mazmuni), qanday berish (ta’lim usuli), nimalar
orqali berish (ta’lim vositalari) masalalari turadi. Shuning uchun Prezidentimiz
O`zbekistonda ta’limning tub islohoti dasturi bo`lgan tarixiy ma’ruzalarida bu
masalaga alohida to`xtalib, jumladan, ustoz haqida shunday degan edilar:
"O`qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo
zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o`zi ana shunday bilimga ega
bo`lishi kerak."
1
Shuningdek, zamonaviy o`quvchiga talab ham bu ma’ruzada
"bilimga shanqoq, bilim olishni o`zining oily maqsadi qilib qo`ygan"
2
sifatida
belgilanadi. Prezidentimiz o`quvchi-ustoz munosabatlariga ham alohida to`xtalib:
"O`qituvchi va o`quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o`rnini ongli intizom
egallashi"
lozimligini
, "o`qituvchining bosh vazifasi o`quvchida mustaqil fikr
yuritish ko`nikmalarini hosil qilishdan iboratligini" ta’kidladilar
1
. Shuning uchun
zamonaviy ta’limda o`quvchi o`rganishga intiluvchan, bilimga tashna, ehtiyojli,
ustoz esa uni bu qiziqish va izlanishlari sari san’atkorona olg`a yo`llovchi,
o`quvchining izlab topish baxtidan quvonishi va g`ururi uchun ilhombaxsh
tashabbuskor, homiy va yetakchi bo`lmog`i lozim. Shundagina zamonaviy ta’lim
o`z maqsadiga yetishgan bo`lishi mumkin. Bunday o`qituvchi va o`quvchini
faylasuf shoir G`afur G`ulom mashhur "Yasha,- deyman, - o`g`lim! " she`rida ota va
o`qil
timsolida
ajoyib
tasvirlagan
edi.
Ta’lim (o‘kitish) jarayoni murakkab hamda ko‘p kirralidir. Unda o‘kituvchi natijasi
ta’lim jarayonining konun-koidalari, ya’ni ta’limga ko‘yilgan didaktik talablarga
kay
darajada
amal
kilishlariga
boglik.
O‘kitish bilish faoliyatining ajralmas kismi sifatida, insonning tevarak-atrofdagi
dunyoni bilishning umumiy konunlari asosida sodir bo‘ladi. Shu sababli shaxsni
o‘kitish, tarbiyalash, barkamol avlod kilib yetishtirish jarayonida bir butunlikda
amalga oshirish zarur. O‘kituvchi kachonki ta’lim tamoyillaridan xabardor
bo‘lgandagina uni samarali boshkarish, o‘kitishning samarali usullarini to'g'ri
tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘kitish tamoyillari ta’lim
jarayonining eng muxim masalalarini nazariy va amaliy jixatdan to‘gri xal kilishning
asosiy
negizi
hisoblanadi.
Ta’lim tamoyillari o‘kuv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi.
Ular o‘zaro bir-biri bilan mustaxkam boglik xolda bir sistemani tashkil etadi, har bir
darsda didaktik tamoyillarning bir nechasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida
turgan asosiy maksadlarni xal etishga o‘z hissasini ko‘shadi. Ta’lim tizimi islox
kilinayotgan xozirgi jarayonda o‘kuvchi-talabalarga mustaxkam bilim berish, ularni
erkin, mustakil fikrlay oladigan insonlar kilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarining
moxiyatini chukur anglash va xayotga tadbik etish muxim muammolardan biridir.
O‘kuv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy harakterga ega bo‘lishi fan-texnikaning
so‘nggi yutuk va kashfiyotlarini o‘zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan, o‘kituvchi
ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi lozim, o‘kuv fanlari ham ilm-fan
asosida yaratiladi. O‘kitishning ilmiylik tamoyillari ta’lim jarayonida o‘kuvchi-
talabalarni xozirgi zamon fan-texnika tarakkiyoti darajasidagi ilmiy
bilimlar bilan
kurollantirish
, ayniksa talaba yoshlarni ilmiy-tadkikot usullari bilan tanishtirib
borishga
karatilgan.
Ilmiylik ta’limning mazmuniga ham, usullariga ham alokadordir. Shunday ekan,
bilim, ilm-fan bilan o‘kuv predmeti o‘rtasida hamkorlik o‘zaro bogliklik bo‘lishiga
erishish lozim. Ta’limning hamma boskichlarida ilmiy izoxlardan foydalanmok
lozim.
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan boglab olib
borish ta’limning yetakchi koidalaridan hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya soxasidagi
yutuklar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o‘zaro boglikligiga asoslanadi.
Shundagina o‘kuvchi-talaba o‘rganayotgan o‘kuv materiallarining tub moxiyatini
tushunib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o‘kituvchi
ta’lim jarayonida o‘kuvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmok lozim. Faol
ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o‘zlashtiriishga olib keladi.
Ta’limdagi onglilik va faollik, o‘kuvchidagi ko‘tarinki kayfiyat, ko‘prok
bilishga intilish, mustakil fikrlash va xulosalar chikarishga undaydi. Bilimlarni ongli
va faol o‘zlashtirish o‘kitish jarayonining psixologik tomonlarida o‘z ifodasini
topadi.
O‘kitishda nazariy bilimlar kanchalik kat’iy bayon etilsa, o‘kuvchi talabaning fikr
yuritishi ham shunchalik anik va ravshan bo‘ladi va o‘kuv materiallarini ongli
o‘zlashtirish darajasi ham oshadi. Ta’lim tizimi islox kilinayotgan xozirgi jarayonda
yoshlarning mustakil fikr yuritishi, mustakil suratda bilim olishga intilishi talab
kilinadi. Buning natijasida bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday
sharoitda o‘kituvchi o‘kuvchining mashgulotlarga munosabati va bu jarayonda
o‘zini kanday tutishga e’tibor bermogi lozim. Yoshlardagi o‘kish istagi ta’lim
jarayonining zaruriy va mantikiy kismidir. Shunday ekan, ta’limning samaradorli
o‘kituvchining o‘kuvchilarni o‘kishga izchil va muntazam kiziktirib borishiga
boglikdir. Buning uchun o‘kituvchi, ularni o‘kishga ijodiy munosabatda bo‘lishga,
mustakillikka,
ishchanlikka
odatlantirishi
lozim.
Ta’lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko‘tarilgan xayotiy masalalar yoshlar
tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ta’lim, shaxs shakllanishining asosiy
manbaidir.
O‘kitib, tarbiya berish deganda bizda ta’lim va tarbiyaning bir-biridan ajralmasligini
tushunamiz. Shunday ekan, maktab obro‘si, o‘kituvchi obro‘si, avvalo darsda
shakllanadi. Til va adabiyot darsimi, matematika darsimi har doim ularning
tarbiyaviy imkoniyatlarini ko‘rabilish, tarbiya usullaridan foydalanish lozim.
O‘kuvchi-talaba ilmiy bilimlarni o‘zlashtirar ekan, uning dunyokarashi ham, irodasi
va axlokiy sifatlari, imon-e’tikodi va kobiliyati ham o‘sib rivojlanib boradi.
Ta’limning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o‘kituvchi avvalo ta’limni
uslubiy jixatdan to‘gri tashkil etishga, o‘kuv materiallarining mazmuni bilan boglik
tarbiyaviy maksadlarni anik belgilashga va bilim olishga kiziktira olishga boglikdir.
Shu bilan birga, o‘kituvchining o‘kuvchilar oldidagi obro‘-e’tibori ham muxim
tarbiyaviy
ahamiyatga
egadir.
O‘kitish jarayonini ko‘rgazmali tashkil etish zarur. Ham eshitish, ham ko‘rsatish
orkali o‘kuv materiallarini idrok kilish, ularni ongli va puxta o‘zlashtirish, bilimlarni
turmushdagi zaruriyatini anglab yetishlariga asos soladi, dikkatni barkarorlashtiradi.
Shuning uchun ko‘rgazmali materiallar o‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga mos
kelishi, o‘kuvchi-talabaning yoshi va bilim darajasiga muvofiklashgan bo‘lishi,
hamda ulardan foydalanishning samarali yo‘l va vositalarini ko‘llash va ishlab
chikish lozim. Ko‘rsatmali materiallar o‘kuv predmetlarining harakteri va
mazmuniga
karab
turli-tuman
bo‘lishi
mumkin.
Jumladan:
a) buyum va narsalarni asli tabiiy xolda ko‘rsatish (o‘simliklar, xayvonlar, gerbariy
va kolleksiyalar, laboratoriya mashgulotlariga namoyishlar, ekskursiyalar chogida
ko‘rsatiladigan
buyum,
narsalar).
b) tasviriy ko‘rsatmali materiallarni namoyish kilish (rasmlar,
fotosuratlar
,
diafilmlar
va
diapozitivlar,
kinofilmlar
va
boshkalar).
v) narsa va buyumlarni shartli belgilar orkali ko‘rsatish (o‘kuv haritalari, sxema,
jadval
va
maketlar).
g) ovozli ko‘rsatmali materiallar (gramplastinka, magnitofondagi yozuvlar, ovozli
kinofilmlar).
Bilimlar turli yo‘l vositalari orkali puxta o‘zlashtirilgandagina, u mustaxkam esda
koladi, bu esa o‘kuv materiallarni ongli o‘zlashtirishga, nazariya bilan amaliyotni
boglashga, ko‘rsatmalilikka amal kilishga va bilimlarni takrorlash orkali
mustaxkamlashga boglikdir. Ta’limning bosh maksadi esa bilimlarni sistemali va
puxta
o‘zlashtirishdir.
Ta’lim jarayonidagi muvaffakiyatlarga fakat bilim berishda o‘kuvchi-talabaning
o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olganda erishish mumkin.Shuning uchun
o‘kituvchida bolalar psixologiyasidan tegishli bilimlar yetarli bo‘lishi lozim. Dars
jarayonida shu sinf o‘kuvchilariga tegishli umumiy xususiyatlarni va har kaysi
o‘kuvchiga tegishli xususiyatlar ta’limning har bir boskichida e’tiborga olinishi
darkor. Bunga erishish uchun o‘kituvchi o‘kuvchilarni kuzatishi va ularning ruxiy
olamini o‘rganishi lozim. Fakat shundagina o‘kuvchidagi kamchiliklarning kelib
chikish sabablari aniklanadi va ularni bartaraf kilish uchun izlanishlar olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |