2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 7,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/299
Sana16.11.2022
Hajmi7,19 Mb.
#867172
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   299
Bog'liq
1.O\'simlikshunoslik darslik

2.7. MAKKAJO„XORI
 
Ahamiyati. 
Makkajo„xori eng qimmatli, yuqori hosilli don ekini hisoblanib 
oziq-ovqat, yem-xashak, texnik va agrotexnik ahamiyatga ega.
Oziq-ovqat sifatida makkajo„xorining doni ishlatiladi. Uning doni juda ham 
to„yimli hisoblanib, tarkibida o„rtacha 10,6% kletchatka, 1,4% kul moddalari bor. 
Lekin, makkajo„xori donida oqsil miqdori kam bo„ladi. Shu sababli makkajo„xori 
uniga 25-30% bug„doy uni qo„shib non yopiladi.
Makkajo„xori doni tarkibida yog„ moddasi (4,3-5,0%) ko„p bo„lganligi 
uchun uning uni tez achiydi. Don murtagi maxsus mashinalarda ajratib olinib, 
qolgan qismidan un tayyorlanadi, chunki makkajo„xorining murtagi tarkibida 25-
40% gacha moy moddasi bo„lib, undan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan moy 
tayyorlanadi. Bundan tashqari, makkajo„xori donidan yorma tayyorlanadi, sut-
mum pishish davrida uni qovurilgan (bodroq) va qaynatib pishirilgan xolda oziq-
ovqat sifatida ishlatish mumkin. Shu davrda uning donidan konserva tayyorlash 
ham mumkin. Makkajo„xori ko„p ekiladigan mamlakatlarda (Gruziya, Moldova, 
Ruminiya va boshqa mintaqalarda) u asosiy oziq-ovqat ekini hisoblanadi.
Yem-xashak sifatida makkajo„xorining doni va poyasi ishlatiladi. Uning 
doni juda to„yimli (1 kg makkajo„xori doni 1,34 kg ozuqa birligiga ega) hisoblanib, 
uy parrandalariga va mollarga butunligicha yoki yorma holida beriladi.


130 
Makkajo„xorining poyasi mollarga ko„kligicha beriladi, undan xashak 
tayyorlanadi, doni sut-mum pishish davrida o„rilganda esa uning poyasidan yuqori 
sifatli silos tayyorlash mumkin. Makkajo„xori silosining bir kilogrammi 
to„yimliligi jihatidan 0,20-0,25 ozuqa birligiga, so„tasi bilan birga bostirilganda esa 
0,40 ozuqa birligiga teng bo„ladi.
Makkajo„xorining texnik ahamiyati shundan iboratki, uning donidan 
kraxmal, spirt, glyukoza, sirka kislotasi, poyasidan esa qog„oz, karton, yog„och 
spirti, sun‟iy kauchuk, sun‟iy smola va boshqa har xil mahsulotlar olinadi. 
Makkajo„xori agrotexnik ahamiyatga ham egadir, u qurg„oqchilikka chidamli va 
chopiqtalab o„simlik bo„lganligi uchun yerda begona o„tlarning kamayishiga olib 
keladi.
Makkajo„xori qor to„sish maqsadida ham ishlatiladi, janubiy mamlakatlarda 
makkajo„xorining tezpishar navlarini ekish natijasida bir yilda ikki marta hosil 
olish imkonini beradi va uni boshqa ekinlar bilan birgalikda qo„shib ekish ham 
mumkin.
Tarixi. 
Makkajo„xori juda qadimgi o„simlik, u Markaziy Amerikadan kelib 
chiqqan. Markaziy Amerikaning mahalliy xalqi eramizdan 3400-2300 yil avval 
ekib kelgan. Amerika ochilganda makkajo„xori katta ekin maydonlarini tashkil 
qilganligi ma‟lum. Makkajo„xori XV asrda Amerikadan Yevropaga keltirilgan, shu 
vaqtda Portugaliyaliklar tomonidan makkajo„xori Hindiston, Hindi-Xitoy 
mamlakatlariga keltirilgan, XVII asrda Gruziyada tarqalgan, XVIII asrning oxiri 
XIX asrning boshlarida u g„arbiy Xitoydan Markaziy Osiyoga keltirilgan. 
Yer yuzida makkajo„xori 184,2 mln. gektar yerga ekiladi. U ko„pchilik 
mamlakatlarda, shu jumladan: Braziliya, Meksika, AQSh, Hindiston, Xitoy, 
Rossiya, Ukraina davlatlarida katta yer maydonlariga ekiladi. Makkajo„xori deyarli 
ko„pchilik mamlakatlarda - Kavkaz ortida, Shimoliy Kavkazda, Volga bo„yida, 
Markaziy Qora tuproq zonalarida, Qozog„iston va Markaziy Osiyo davlatlarida 
ham ekiladi.

Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish