119
dalalarda yuqori hosil beradi. Javdar engil qumoq tuproqlarda, og„ir
tuproqlarga
qaraganda yaxshi rivojlanadi. Bahorgi javdar har hil tuproqlarda yuqori 25 s/ga
hosil beradi (Tiunov).
Navlar
:
O„zbekistonda “Vaxshskaya-116” navi rayonlashtirilgan.
TRITIKALE EKINI
Ahamiyati.
Donning tarkibida oqsil bug„doyga nisbatan 1,0-1,5%, javdarga
qaraganda 3-4% ko„pligi,
oqsil tarkibida lizin, triptofan kabi qimmatli
aminokislotalar ko„pligi uning oziq-ovqat va ozuqalik qiymatini belgilaydi.
Ammo, kleykovinaning sifati bug„doynikidan pastroq. Ozuqabop navlari ko„kat,
silos, o„t talqoni va donadonlashtirilgan ozuqalar tayyorlash uchun ekiladi. Ko„kati
va silosi bug„doy va javdarga nisbatan 0,5-1,0% ko„proq hazmlanadigan proteinga
ega bo„ladi va hayvonlar yaxshi yeydi. O„t talqoni oqsil.
Karatinoid va mineral
moddalarga boy bo„ladi. Somoni hayvonlar uchun ozuqa va to„shamadir. Tritikale
doni to„yimliligi jihatidan arpa va jo„xori donidan qolishmaydi.
Doni va ko„kati ozuqa sifatida qo„llaniladi. Pichanning tarkibida 10-11%,
donida 11-12% oqsil bo„ladi. Tritikaledan don, ko„kat, pichan, un tolqoni, silos,
senaj tayyorlanadi. Undan tayyorlangan aralash yem qoramollarni bo„rdoqiga
boqishda, sog„in sigirlar va qo„ylar uchun juda mosdir.
Somoni hayvonlar uchun
ozuqa va to„shamadir. O„zbekistonda bu ekin don va ko„kat olish uchun oraliq ekin
sifatida ekiladi. Non mahsuloti tayyorlashda sifati bug„doy mahsulotidan pastdir.
Tarixi.
Bug„doy bilan javdarning duragayi 1875 yili Shotlandiya olimi
Vilson tomonidan e‟lon qilingan.
Bug„doy bilan javdarning doimiy (konstant) duragayi 1881
yilda
Germaniyada Rimpau tomonidan ajratib olingan. Hozirgi vaqtda kuzgi yoki
bahorgi yumshoq bug„doylardan javdar bilan chatishtirib oktoploid 56-
xromosomli, qattiq bug„doyni javdar bilan chatishtirib geksaploid 42-xromosomli
tritikale yaratilgan. Keyingi yillarda 3-ta tur (yumshoq, qattiq bug„doylar va
javdar)
duragaylari yaratildi, bular o„zida qattiq, yumshoq bug„doylar va
javdarning irsiy xususiyatlarini jamlagan.
120
Geksaploid duragaylari yuqori sifatli, boshog„ida don ko„p bo„ladi,
oqsili
ko„proq va hosili ham oktaploid duragaylarga nisbatan yuqoriroq. Geksaploid
duragaylari bo„yicha seleksiya ishlari ko„p davlatlarda olib borilmoqda. 2015 yili
tritikale quyidagi davlatlarda ekilgan: Ispaniya 80 ming, Fransiya 16,2 ming,
Avstraliya 100,0 ming, Polsha 65,9 ming, AQSh 180 ming, Avstraliya100 ming,
Bolgariya 100 ming, Germaniya 207,0 ming, MDH 500
ming gektar maydonga
ekilgan.
Sistematikasi.
Tritikale - yumshoq bug„doy va kuzgi javdarning duragayi
hisoblanadi. Bunda bitta o„simlikda ikki xil o„simlikning eng yaxshi xususiyatlari
mujassamlashtirilgan. Uning nomi ya‟ni
Do'stlaringiz bilan baham: