2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 7,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/299
Sana16.11.2022
Hajmi7,19 Mb.
#867172
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   299
Bog'liq
1.O\'simlikshunoslik darslik

 
Tashqi muhit sharoitiga talabi
Issiqlikka talabi. 
Javdar mo„tadil iqlim ekini guruhiga mansub. Urug„lari 0 
o
C yuqori haroratda ham ko„karadi. Unib chiqish uchun 52
o
C ni tashkil etadi, unib 
chiqishdan tuplanishgacha 67 
o
C. Javdar 12 
o
C haroratda yaxshi tuplanadi, 3-4 
o

da o„simlikning o„sishi to„xtaydi. Gullash uchun 14-15 
o
C zarur. Faol harorat 
yig„indisi erta pishar navlarda 1000-1700 
o
C ni, o„rta pishar navlarda 1200-1800 
o

va kech pishar navlarda 1300-1850 
o
C ni tashkil qiladi. Harorat nafas olish 
jarayoniga ta‟sir qilib 4 
o
C haroratda nafas olish pasayadi.


118 
Suvga talabi. Javdar namga talabchan ekin. Urug„ni unib chiqishi uchun 48-
55% suv talab qiladi.
Tuproqning namligi 21,8% (75% DNS) tashkil qilganda ko„chat 3 kunda 
chiqqan. Tuproq namligi 18,5% (50% DNS) bo„lganda 7 kunda ko„karib chiqqan. 
Suvga talabi javdar o„simligining tuplanishi va gullash davrida oshadi, pishish 
davrida kamayadi. Olim Tiunov ma‟lumotiga qaraganda bir gektardan 45 s. hosil 
bo„lishida quruq xolda (don va somon) javdar ekini 1 ga maydondan o„sish va 
rivojlanish davrida 1570,5 t suv sarf qilar ekan. Transpiratsiya koeffitsienti 400 ga 
teng. Ulardan 90% bug„lanadi, 9% oziq moddalarni singdirishga va 1% xujayra 
molekulasida va quruq moddada saqlanadi. Bahorgi javdar 1 s quruq modda uchun 
338 s. suv sarf qiladi. 
 
Oziq unsurlariga talabi. 
Javdarning oziq unsurlariga talabi o„sish va 
rivojlanish davriga qarab har xil. Bu o„simlikning axvoliga, ob-havo sharoitiga
tuproq tarkibiga, ishlov berish texnologiyasiga va navning biologik xususiyatlariga 
bog„liqdir. Javdar rivojlanish davrida quyidagi oziqa elementlarini talab qiladi: 
C,H,O (havodan), N, S, P, K, Ca, Mg, Fe, Mn, Zn, B, Cu, Mo. O„simlikning oziqa 
elementlari bilan aloqasi chambarchas bog„liq. Oqsil hosil qilish uchun azot kerak, 
azot xlorofillga, nuklein kislotasiga, fosforit va boshqa organik azotli moddalarga 
zarur. Azot bilan oziqlanganda tuplanishni tezlashtiradi. Nitrat azotga qaraganda 
ammiyakli azotni yaxshi o„zlashtiradi. Fosfor oziqlanishdan tashqari oqsilni 
sintezlash va ildizini rivojlanishi uchun ham zarur. Fosfor yetishmovchiligi 
umumiy hosilni kamayishiga olib keladi. Fosfor yetishmasligi gullash va pishishni 
kechiktiradi. Kaliy unsuri ham zarur hisoblanadi. Donda 0,5%, somonda 0,8-1,5% 
kaliy bo„ladi. Kaliy oqsilni sintezlashda qatnashadi. Karbon suvlarini hosil 
bo„lishida kaliy ishtirok etadi. Kaliyning yordami bilan xlorofill, karotin, ksantofil 
miqdori oshadi.

Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish