112
oziqlantiriladi. Sug„oriladigan yerlarning har gektariga 20 tonna go„ng, 180-200 kg
ta‟sir etuvchi modda hisobida azot va fosfor, hamda 80-100 kg kaliy o„g„itlari
berilishi lozim. Organik o„g„it fosfor va kaliyni hamda azotni 35-40 kilogrammi
birgalikda kuzda yerni haydashdan oldin dalaga sochiladi. Arpaga yuqoridagi
miqdordi organik o„g„it yerga solish imkoniyati bo„lmasa, kuzda kamida 5
tonna
go„ng qo„llanilishi kerak. Namlik ko„p bo„lgan yerlarda arpani o„suv davrida
(ayniqsa, o„simlik tuplanish va nay o„rash davrida) kamida ikki marotaba azotli
o„g„it bilan oziqlantirish hosildorlikni oshirishda katta ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Pivo sanoati uchun yetishtiriladigan arpa maydonlarida kechki muddatda
oziqlantirish tavsiya etilmaydi. Aks holda
donda oqsilning miqdori ortib, pivo
ishlab chiqarishga yaroqsiz bo„lib qolishi mumkin.
Yerni ekishga tayyorlash.
Lalmikor dehqonchilik sharoitida yer 22-25 sm
chuqurlikda haydalib, g„altak bilan zichlanadi, ekish oldidan esa ishlov beriladi
(kultivatsiya) va boronalanadi, sug„oriladigan yerlarda
yerni haydashdan oldin
gektariga 700-800 m
3
miqdorida sug„orilib, yer yetilishi bilan 23-35 sm
chuqurlikda maydalab haydaladi, ekishdan oldin chizellash bilan birga borolanadi.
Ekish.
Ekish uchun yirik bo„lgan, nav sifati yaxshi va hosildorligi yuqori,
tezda ko„karib chiqishni, nihollar hosil qilishini ta‟minlaydi. Arpa urug„lari
ekishdan oldin kasalliklar va hasharotlarga qarshi derazol, raksal,
devident va
boshqa tegishli preparatlar bilan dorilanib, so„ng ekiladi. Urug„ni dorilashda
maxsus qo„llanma va ko„rsatmaga rioya etilishi kerak. Aks holda kutiladigan
natijaga erishmalik va ko„ngilsiz voqealar (zaharlanish) sodir bo„lishi mumkin.
Arpa har bir mintaqaning tabiiy iqlim
sharoiti uchun eng maqbul
muddatlarda ekilishi kerak. Lalmikor dehqonchilik sharoitida arpa tog„li, tog„oldi
zonalarda sentyabr oxiri-oktyabr boshida, adir yoki do„nglik tekislik zonada
oktyabr o„rtasida, tekislik zonada-oktyabr oxiri-noyabr boshida ekiladi.
Nam yerlarda biologik kuzgi arpa navlarini sentyabr oxiri-oktyabr boshida,
yarim kuzgi tipdagi navlarni oktyabrning ikkinchi va uchinchi o„n kunligida ekish
eng maqbul muddat hisoblanadi. Agar yarim kuzgi duvarak
tipdagi arpa navlari
juda ham erta ekilsa, to sovuq tushgunga qadar poya chiqarib qishga chidamsiz
113
bo„lib qoladi va sovuq urib ketishi mumkin. Arpaning barcha turdagi navlari juda
kech ekilsa, sovuq tushib qolishi oqibatida siyrak bo„lib, hatto mutlaq ko„karib
chiqmaslik hollari bo„lishi mumkin. Arpaning yarim kuzgi tipdagi navlari bahorda
ekilganda ekish muddati mart oyidan kechikmasligi lozim.
Arpa ekish me‟yori mintaqa sharoiti, navning biologik xususiyati, urug„ning
yirikligi (1000 donasining vazni) kabi ko„rsatgichlari, qolaversa, urug„likning
ekishga yaroqliligi darajasi hisobga olingan holda belgilanadi.
Lalmikor va nam
yerlarda arpa qator orasi 15 sm bo„lib, sug„oriladigan dehqonchilik sharoitida
ekilishi bilan yoki bir vaqtning o„zida sug„orish egatlari olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: