TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
212
amaliy mashg‗ulotlar bo‗yicha ko‗rsatma va tavsiyalar, mustaqil ta‘lim va mustaqil
ishlar bo‗yicha ko‗rsatma va tavsiyalar, fan o‗qitilishining natijalari (shakllanadigan
kompetensiyalar), ta‘lim texnologiyalari va metodlari (interfaol keys-stadilar;
seminarlar
(mantiqiy
fiklash,
tezkor
savol-javoblar);
guruhlarda
ishlash;
taqdimotlarni qilish; individual loyihalar; jamoa bo‗lib ishlash va himoya qilish
uchun loyihalar); kreditlarni olish uchun talablar; asosiy va qo‗shimcha adabiyotlar
ro‗yxatidan tashkil topadi.
Auditoriyada o‗qituvchi-talaba hamkorligida olib boriladigan mustaqil ishlar
fan o‗qituvchisining ishchi-o‗quv rejasida ko‗rsatilgan mavzular doirasida ta‘lim
texnologiyalari va metodlaridan samarali foydalangan holda talabalarning
sotsiolingvistik kompetensiyalarini shakllantirishga qaratiladi. Auditoriyadan
tashqarida o‗qituvchi tomonidan nazorat (monitoring) qilinadigan mustaqil ish
mavzulari fan o‗qituvchisi va talabalar tomonidan ishlab chiqilib, mustaqil ta‘lim
mavzulari talabalarni mustaqil bilim olishlariga ongli ravishda yo‗naltirilgan bo‗ladi.
Shuningdek, kafedra mutaxassislari tomonidan har bir mavzu bo‗yicha talabaning
mustaqil o‗qib o‗rganishiga doir vazifa va topshiriqlar ishlab chiqilib, ularni bajarish
uchun aniq ko‗rsatmalar misollar yordamida beriladi.
Chet tilini o‗rganish jarayonida talabalardan interfaol usullar, elektron ta‘lim
vositalaridan keng va samarali foydalanib mustaqil ta‘lim olishga rag‗batlantiriladi.
Talabalardan fan bo‗yicha mustaqil o‗rgangan bilimlarini auditoriyada turli xil
interaktiv uslublar va elektron o‗quv vositalari orqali namoyish qila olishlari va
boshqalarga o‗rgata olishlarini taqozo etadi.
Mazkur ta‘lim tizimi negizida bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchilarining
sotsiolingvistik kompetensiyalarini mustaqil ta‘lim vositasida rivojlantirish
jarayonida:
- bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchisi mustaqil o‗z ustida ishlash ko‗nikmalarini
rivojlantirishi qatorida o‗z-o‗zini tarbiyalab, avtonomiyasini rivojlantiradi;
- axborot kommunikatsiya texnologiyalari, elektron o‗quv vositalari va
ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanishga ishtiyoqi shakllanadi va ehtiyoji ortib
boradi;
- tanlagan kasbi va mutaxassislik fanlarini o‗zlashtirishga nisbatan qiziqishi
va ehtiyoji ortib boradi;
-
turli
ijtimoiy-madaniy
munosabatlarda
yaxshi
tinglovchi/tinglash
ko‗nikmalari, nutq odobi, ijtimoiy etiketga qoidalaridan xabardorligi oshadi;
-kommunikativ maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan og‗zaki va yozma
nutqdan samarali foydalanish qobiliyatlarini rivojlantiradi;
-turli ijtimoiy-madaniy munosabatlarda o‗zining aksiologik (tolerantlik, chet
tili madaniyatiga, an‘ana va qadriyatlarga, kishilariga nisbatan hurmat) tafakkuri
rivojlanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |