TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
208
asoslangan tarzda ifoda etish, fikrlar, muhokama yoki sohaga oid maqola yuzasidan
umumlashgan xulosa chiqarish kabi bilim, ko‗nikma va malakalari namoyon bo‗ladi.
Uning sotsiolingvistik kompetensiyalari: tilning madaniyat jihatlari (masalan,
idiomalar, maqollar va hokazo) dan to‗g‗ri foydalanishi, xulq-atvor, o‗zini tutish va
etiket qoidalariga amal qilishi, noverbal kommunikatsiya vositalarini ishlatishi,
ijtimoiy va ilmiy doiraga xos tarzda tilni moslashtirishi, madaniyatlararo muloqotni
chuqurroq tushunib yetishi, o‗zga millat vakillariga nisbatan hurmat va tolerantlik
sifatlariga ega bo‗lishi, o‗zga madaniyat va turli vaziyatlarga moslasha olishida
namoyon bo‗ladi.
Uning pragmatik va strategik kompetensiyalari nutqni tushunib talqin etishi
va muloqotga tegishli strategiya va uslublardan foydalana olishi, turli diskurslar
tarkibi va mazmunini bilishi, muloqotdagi bo‗shliqlarning oldini olish maqsadida til
kamchiliklarini bartaraf etishga harakat qilishi, rasmiy va norasmiy doiralarda nutqni
bo‗lish, aniqlik kiritish, boshqacha talqin etish, jumlalarni tuzatish, to‗ldirish va kabi
strategiyalarga ega bo‗lishi bilan izohlanadi.
Izlanishlarimiz natijasida bo‗lajak kommunikativ kompetentli ingliz tili
o‗qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasilarini namoyon etuvchi muhim
indikatorlarni aniqladik. Bizning nazarimizda, bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchisi
o‗zining mutaxassisligi bo‗yicha chuqur bilimlar bazasiga ega bo‗lishi, pedagogika,
psixologiya, sotsiologiya, falsafa, lingvistika, psixolingvistika, xususiy metodika,
nutq madaniyati, pedagogik mahorat fanlaridan yetarli ma‘lumotga ega bo‗lishi,
ijtimoiy-siyosiy va media savodxonlik, layokatlilik, tolerantlik, ijodkorlik,
talabchanlik, mas‘uliyatlilik, izlanuvchanlik, kommunikativlik, ma‘naviy komillik,
adolatparvarlik, yangiliklarga intiluvchanlik, tankidiy fikrlovchi, innovatsion va
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, zamonaviy chet tili ta‘lim-
tarbiyasining kommunikatsion maqsadlarni amalga oshiruvchi yangi interaktiv shakl
va metodlaridan amaliyotda samarali foydalanish texnikasini mukammal egallashi
talab etiladi. UNESCO ta‘rifi bilan aytganda, bo‗lajak o‗qituvchi (shaxs) jamiyatda
to‗laqonli va samarali faoliyat olib borishi uchun zarur bo‗lgan egallagan bilimlarini
amalda qo‗llay olish bilan bog‗liq XXI asr ko‗nikmalari:(soft skills: empathy
(empatiya) leadership (yetakchilik), sense of responsibility (mas‘uliyat hissi),
integrity (halollik, haqqoniylik), self-esteem (o‗zini hurmat qilish), self-management
(o‗zini boshqarish, o‗z-o‗zini tarbiyalash), motivation (motivatsiya), flexibility
(moslashuvchanlik), sociability (xushmuomalalik), time management (vaqtni
boshqarish) and making decisions (qabul qilish) muhim ahamiyat kasb etadi[6].
Shuningdek, mustaqil fikrlash, o‗z-o‗zini rivojlantish va baholash, o‗qituvchi
avtonomiyasi, ya‘ni o‗z ustida doimiy mustaqil ishlash, elektron ta‘lim turlaridan
kasbiy malaka oshirishga mo‗ljallangan kurslar, vebinarlar, seminarlar, so‗rovnoma
kabilarda faol ishtirok etish hamda chet tili o‗qitish nazariyasi bo‗yicha ilmiy-nazariy
yangiliklardan o‗z vaqtida xabardor bo‗lishi va mazmun-mohiyatini anglashi uni
zamonaviy, intelektual, kompetentli o‗qituvchisi bo‗lishida muhim rol o‗ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |